3.Yangi mavzu bayoni:15 daqiqa
Suv davriy aylanish jarayonida suv bug‘lanishi, havo oqimlari ta’sirida suvning harakatlanishi, suv bug‘larini kondensatsiyalanishi ,yog‘ingarchilik suvlarining boshqa suv havzalariga qo‘shilishi kuzatiladi. Suv bug‘lanishining ko‘p qismi okeanlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Okean va dengizlar yog‘ingarchilikdan oladigan suv miqdoridan ko‘p suv bug‘latadi, quruqlikning yog‘ingarchilik tufayli oladigan suv miqdori undan bug‘lanadigan suv miqdoridan ko‘p. Biosferada suvning davriy aylanishi. Quyosh energiyasi hisobiga okean va dengiz yuzasidan suv bug‘lanadi. Yog‘inlar tuproqning yuqori qatlamini undagi mineral moddalar bilan birga yuvib, yerosti suvlari, daryolar, dengizlarga qo‘shiladi. Suvning bir qismi tuproqqa shimilib, chuchuk suv manbayi bo‘lgan yerosti suvlarini to‘ldiradi. Tirik organizmlar tanasining yarimidan ko‘p qismi suvdan iborat. Fosforning davriy aylanishi tirik organizmlar faoliyati bilan chambarchas bog‘liq Redutsentlar fosforning organik birikmalarini parchalab, mineral holdagi fosfatlarga aylantiradi. Hosil bo‘lgan fosfatlar o‘simliklar ildizlari tomonidan o‘zlashtiriladi. Azot va ugleroddan farq qilib, fosfor atmosfera tarkibida uchramaydi, uzoq geologik davrlar mobaynida hosil bo‘lgan tog‘ jinslari uning manbayi hisoblanadi. Oltingugurtning davriy aylanishi. Oltingugurt oqsil va aminokislotaning muhim tarkibiy qismidir Tabiatda oltingugurt asosan H2S vodorod sulfid, SO2 – sulfid angidrid kabi gaz holatida, mineral moddalar: sulfidlar va sulfatlar ko‘rinishida hamda erkin holda bo‘ladi. Suvda yaxshi erish xususiyatiga ega bo‘lgan sulfatlar o‘simliklar uchun asosiy oltingugurt manbayi hisoblanadi. O‘simliklar sulfatlarni o‘zlashtirib, oltingugurt saqlovchi aminokislotalar sintez qiladi. Hayvonlar esa oltingugurtni organik birikmalar orqali o‘zlashtiradi. Xemosintezlovchi bakteriyalar H2S ni produtsentlar o‘zlashtira oladigan sulfatlargacha oksidlaydi..Biogen elementlarning davriy aylanishi, bir-biridan aylanish tezligi, jarayonlari bilan tubdan farq qiladi, lekin ular orasida o‘xshashliklar ham mavjud: 1) elementlarning davriy aylanishi energiya oqimi bilan bog‘liq oziq mahsulotlari tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementlar organizmlardagi biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi, bu elementlar anorganik tabiatdan tirik organizmlarga va qaytadan tabiatga qaytariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |