3.Yangi mavzu bayoni:15 daqiqa
V.I.Vernadskiy biosfera evolutsiyasini uch bosqichga ajratadi. Birinchi bosqich – Yerda hayotning va birlamchi biosferaning paydo bo‘lishi. Bu bosqich paleozoy erasining kembriy davrigacha davom etadi. Bu bosqichning asosiy omillari geokimyoviy va iqlim omillari hisoblanadi. Ikkinchi bosqich – ko‘p hujayrali organizmlar xilma-xilligining ortishi tufayli biosfera strukturasining murakkablashuvi. Bu bosqichning asosiy omili biologik evolutsiya hisoblanadi. 1 va 2-bosqichlarni birlashtirib biogenez davri deyiladi. Uchinchi bosqich insoniyat jamiyatining kelib chiqishiga bog‘liq. Bundan taxminan 40–50 ming yillar avval boshlanib, hozirgi vaqtgacha davom etmoqda. Uchinchi bosqich insoniyat jamiyati kelib chiqishi va rivojlanishiga bog‘liq bo‘lgani uchun uni noogenez davri deyiladi. Yerda biosfera birinchi tirik organizmlar bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. Tirik organizmlar evolutsiyasi ta’sirida biosfera ham o‘zgara borgan. Dastlabki tirik organizmlar energiyani asosan glikoliz, bijg‘ish jarayonlari natijasida to‘plagan. Dastlabki tirik organizmlar abiogen usulda hosil bo‘lgan tayyor organik moddalar bilan oziqlanib, biosferaning birlamchi biomassasini to‘plab borgan. organik moddalar kam bo‘lgani uchun geterotrof prokariotlar tez ko‘paya olmas edi. Odam paydo bo‘lgan, hayvon va o‘simlik dunyosi zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan Neogen -sutemizuvchi hayvonlar, qushlar hukmron bo‘lgan, Paleogen - lemurlar, kengtovonlilar, keyinroq – parapiteklar, driopiteklar paydo bo‘lgan. Xaltali va yo‘ldoshli sutemizuvchilar, haqiqiy qushlar paydo bo‘lgan. Suyakli baliqlar hukmronlik qilgan. Yopiq urug‘li o‘simliklar paydo bo‘lgan va keng tarqalgan. Hasharotlar yordamida changlanuvchi o‘simliklar paydo bo‘lgan. Jamoa bo‘lib yashovchi hasharotlar: termitlar, chumolilar, asalarilar, arilar paydo bo‘lgan. Qirqquloqlar va ochiq urug‘li o‘simliklar kamaygan. Sudralib yuruvchilar hukmronlik qilgan. Arxeopteriks paydo bo‘lgan. Boshoyoqli molluskalar keng tarqalgan. Ochiq urug‘li o‘simliklar hukmronlik qilgan Birinchi avtotrof organizmlar karbonat angidridni yutib, kislorod ajratib, atmosferaning tarkibini o‘zgartirgan. Organik olam evolutsiyasidagi muhim hodisalardan biri tirik organizmlarning qu ruqlikka chiqishidir. Olimlarning fikriga ko‘ra, quruqlikka dastlab bakteriyalar va sianobakteriyalar eukariotlar paydo bo‘lishidan 3,5– 3,2 mlrd yil avval chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |