v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
T.K 5 Milliy va umummadaniy :biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ta’lim va tarbiyaning uzviyligiga, estetik va axloqiy tarbiyaga e’tibor qaratish;
Darsning turi:Aralash, fanlararo bog`lash, kichik guruhlarda ishlash
Darsning usuli: . amaliy ish, mantiqiy fikrlash, hamkorlikda ishlash
Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar,slayd, ilmiy ma`lumotlar
Darsning borishi (reja): 45 daqiqa
1.Tashkiliy qism: 3 daqiqa
Salomlashish, tozalikni aniqlash, davomatni aniqlash,darsga tayyorgarlik ko`rish
2. Uyga vazifani so`rab baholash: 12 daqiqa og`zaki so`rov, daftarni tekshirish, tarqatma materiallar 1.Nima uchun organizmlarda antropogen omillarga nisbatan moslanishlar kamdan kam hosil bo`ladi?.
2. Antropogen omillrga nisbatan yuzaga kelgan munosabatlarga misollar keltiring.
3.Dehqonchilik va chorvachilik tabiat muvozanati buzuvchi omil bo`lishi mumkinmi?
4.Tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish tushunchalari o`rtasidagi farq nima?
3.Yangi mavzu bayoni:17 daqiqa
Antropogen ta’sir ekoiogik omillar yig‘indisi bo`lib,uning asosida insonning xo‘jalik faoliyati yotadi.Antropogen omillarodamvauning xo‘jalik faoliyatiningo‘simlik,hayvon va boshqa tabiat komponentlariga ta’siri bilan bog‘liqomillar guruhidir. Yeming geologik qobiqlari-atmosfera,gidrosfera,litosferaning transport va sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi kabilar kimyoviy antropogen omillarga kiradi.Fizik antropogen omillarga yadro energiyasidan foydalanish,inson faoliyati tufayli, masalan,transport vositalarining ortib borishi oqibatida shovqin kuchining ortishi kabilar misol bo`ladi.Biologik antropogen omillarga oziq-ovqat mahsulotlari,odam organizmi yashash muhiti va oziq manbayi bo`lishi mumkin bo`lgan bakteriyalar,parazithayvonlar kiradi. Ijtimoiy antropogen omillar odamlar jamoasi hamda ularning o‘zaro munosabatlari bilan belgilanadi. Inson o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib tabiatgatasir ko‘rsatibunio‘zgartirar ekan,o‘simliklar, hayvonlaming yashash muhitlari ham o‘zgaradi.Insonning tabiatga ta’siri bevosita va bilvosita bo`lishi mumkin. Insonning bevosita ta’siri to‘g‘ridan to‘g‘ri tirik organizmlarga qaratilganb`ladi. Insonning tabiatga ta’sir kuchi ortib borayotganligitabiatni muhofazaqilish choralarini ishlab chiqishni taqozo etadi.Insonning bilvosita ta’siri iqlim,landshaftlar,atmosfera va suv havzalarining fizik va kimyoviy ko‘rsatkichlari,tuproq, o‘simliklar vahayvonotdunyosini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Bilvosita ta’sirda insontabiatning muayyan obyektigaemas,balkiboshqa obyektlarga ta’sir qiladi. Cho‘llami o‘zlashtirish,o‘rmonlami kesish,pichan o‘rish va mol boqish,suv, tuproq va havoni sanoat chiqindilari,zaharli kimyoviy moddalar,sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslantirish kabi antropogen omillar tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.Yer yuzida ko‘plab hayvon turlari inson ishtirokisiz ham qirilib ketgan. Insonning o‘simlik va hayvonot dunyosiga kuchli ta’siri turlaming qirilish jarayonini tezlashtiradi.Insonning ekologik omil sifatida tabiatga ta’siri xilma-xil bo‘ladi.Inson madaniy o‘simlik navlari, hayvon zotlarini yaratish bilan bir qatorda sun’iyekosistemalar ham yaratadi,tabiiy ekosistemalami tubdan o‘zgartiradi.Bunday o‘zgarishlar ayrim turlaming ko‘payishi varivojlanishi uchun ijobiy, boshqalariga esa salbiy ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |