v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning ekologiya sohasida, tirik organizmlarning yashash muhiti bo`yicha o`rgangan bilimlarini tahlil qilish
T.K 4 Ijtimoiy faol fuqarolik jamiyatda o‘z o‘rnini bilgan holda tabiatdagi voqea va jarayonlarga daxldorlikni his etish
Darsning turi:An`anaviy, atamalar izohi
Darsning usuli: . yozma so`rov
Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, nazorat varaqasi
Darsning borishi (reja): 45 daqiqa
1.Tashkiliy qism: 3 daqiqa
Salomlashish, tozalikni aniqlash, davomatni aniqlash,darsga tayyorgarlik ko`rish
2. Uyga vazifani so`rab baholash: 12daqiqa og`zaki so`rov, daftarni tekshirish, tarqatma materiallar
1.Quruqlik muhitining komponenti sifatida havoning xususiyatlarini tushuntiring?.
2. Havoning bevosita va bilvosita ta`sir xarakterini tushuntirig.
3.Tuproqning yashash muhiti sifatidagi xususiyati va evolyutsiya jarayonidagi moslanishlar qanday?
4.O`simlik va hayvonlardagi quruqlik muhitiga moslanish belgilarini tushuntiring?.
3.Yangi mavzu bayoni:17 daqiqa
Tirik organizmlar parazit va simbioz hayot kechiradigan organizmlar uchun yashash muhiti hisoblanadi.Bir organism ikkinchi organism uchun yashash muhiti sifatida foydalanishi ilgaridan ma`lum hodisa.Tanasi boshqa organizm uchun yashash muhiti hisoblanadigan organizm xo`jayin hisoblanadi.Tirik organizmlarda yashash muhiti sifatida foydalanuvchilar uchun bir qancha qulayliklar bor, biroq tarqalish imkoniyati cheklanganligi,yashash muhiti torligi,xo`jayin organizmningichki himoya reaksiyalari kabi qiyinchiliklar mavjud. Zamburug`lark o`k yashil suv o`tlarining birga yashashi simbioz munosabatga misol bo`ladi.
Bir organizmning ikkinchi organizmhisobiga yashashi parazitlik deyiladi.Ektoparazitlar(tashqi) burga ,bit,kana, qandala, endoparazitlar (ichki)bezgakplazmodiysi,qilbosh, tasmasimon chuvalchang, askarida. Endoparazitlarda xo`jayin organizmida yashash uchun tana kichikligi, himoyali tana qoplamiga egaligi, nasl ko`pligi kabi moslanishlar yuzaga kelgan.
Xo`jayin organizmida yashash uchun qulayliklar bo`lgani sababli tana tuzilishida, hazm organlari reduksiyaga uchragan.Kislorodsiz muhitda yashash tufayli anaerob nafas olishga otishda ajralgan energiya sarfi ularga yetadi.
Parazitlar tashqi muhit omillari bevosita ta`siri ostida bo`lmaydi. Shuning uchun nerv sistemasi va sezgi organlari soddalashgan.Organizmlarning hazm yo`llarida yashaydigan parazitlar bevosita xo`jayin organizmning hazm fermentlari ta`siri ostida bo`ladi.Shuning uchun hazm fermentlari ta`siridan himoya qiladigan tana qoplami paydo bo`lgan.
Parazit organizmlar hayot siklida asosiy va oraliq xo`jayin almashinadi.Bu esa bir xo`jayin organizmida parazitlar soninig oshib ketishni oldini oladi, xo`jayin organizmning nobub bo`lishiga yo`l qo`ymaydi.Parazit o`simliklarda xo`jayin o`simlik shirasi bilan oziqlanishi hisobiga ulardagi fotosintez jarayoni mexanizmi va xlorofill pigmenti yo`qolishiga olib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |