5.Uyga vazifa – 1 daqiqa
Atamalar ma`nosini yozish. 38- betdagi jadvalni to`ldirish, savollarga javob berish
6.Baholash- 2 daqiqa
O`.I.B.D.O` _______ Urazova N M.B rahbar_____Hamidova R O`qituvchi Atabayeva A
Sana: Sinf: 11-a __________________ 11-b _________________
8 -Mavzu: Nazorat ishi -1
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: O`quvchilarga o`tilgan mavzular yuzasidan olgan bilimlarini nazorat qilish
b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda o`z- ozini nazorat qilish xususiyatini oshirish, javobgarlik ko`nikmasini shakllantirish
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarni o`tilgan mavzular bo`yicha o`zlashtirishini nazorat qilish
T.K 2 Axborotlar bilan ishlash o‘quvchi biologiya fanining yangiliklari, rivojlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi zarur ma’lumotlarni izlab topa olishi.
Darsning turi:An`anaviy, atamalrga izoh berish
Darsning usuli: . Yozma so`rov
Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar,nazorat varaqasi
Darsning borishi (reja): 45 daqiqa
1.Tashkiliy qism: 3 daqiqa
Salomlashish, tozalikni aniqlash, davomatni aniqlash,darsga tayyorgarlik ko`rish
2. Uyga vazifani so`rab baholash: 12daqiqa og`zaki so`rov, daftarni tekshirish, tarqatma materiallar
O`tilgan mavzuga oid qisqacha
3.Yangi mavzu bayoni:17 daqiqa
1.Biotop-bios-hayot,topos-joy, tirik organizmlar tomonidan o`zgartirilgan ekotop yoki ma`lum turdagi o`simlik va hayvon turlari yashaydigan hudud
2.Biotsenoz-Biotopda yashovchi tirik organizmlar yig`indisi
3.Biogeotsenozlar—O`zaro moddalar almashinuvi orqali bog`langantarkibiy qismlar biotope va biotsenozlardan tashkil topgan ochiq sistema
4.Ekosistema-Moddalar almashinuvi va energiya oqimi bilan bog`liq bo`lgan tirik organizmlar va atrof muhitning fizik omillari majmuasi
5.Produtsentlar-lot –yaratuvchi,organiл birikmalarni hosil qiluvchila ya`ni avtotrof organizmlar. Bularga yashil o`simliklar, ayrim bakteriyalar kiradi.
6.Konsumentlar- lotincha – istemol qilaman,geterotrof organizmlar bo`lib, tayyor organic birikmalar bilan oziqlanadi. Barcha hayvonlar va parazit o`similar kiradi.
7.Redutsentlar- lotincha –tiklayman geterotrof organizmlar bo`lib,organic birikmalardan anorganik moddalarga parchalovchilar. Ularga saprofit bakteriyalar va zamburug`lar kiradi.
8.Suksessiya-Biotsenozlarni tashkil etgan turlarning tarkiban o`zgarishi va jamoa tarkibiy tuzilishining izchillik asosida o`rin almashishi
9.Ekotop-Tirik organizmlar tomonidan hali o`zgarmagan,o`z tuprog`I, iqlimiga ega ma`lum hudud
10.Edafatop-Tirik organizmlar faoliyati natijasi hisoblangan tuproq
Do'stlaringiz bilan baham: |