4.Mustahkamlash- 10 daqiqa
1. Hayvonlarning tana qoplamlari qanday funksiyalarni bajaradi?
2.Baliq va baqaning tana qoplamlarini taqqoslang
.3.. Kaltakesak, qush, sutemizuvchilarning tana qoplamlarini taqqoslang.
4.Qush, sutemizuvchilarning skeleti qanday bo‘limlardan tashkil topgan?
5.Uyga vazifa – 1 daqiqa
Atamalar ma`nosini yozish. 208-213 -betlarni o`qish, Hayvonlar skeletini taqqoslash
6.Baholash
O`.I.B.D.O` _______ Karimova.N M.B.rahbari________ Toshpulatova.S O`qituvchi Is`hoqov
Sana: Sinf: 11-a __________________ 11-b _________________
63-Mavzu: Nazorat ishi -7 Hayotning ekosistema darajasidagi umumbiologik qonuniyatlar
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: O`quvchilarga o`tilgan mavzular yuzasidan olgan bilimlarini nazorat qilish
b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda o`z- ozini nazorat qilish xususiyatini oshirish, javobgarlik ko`nikmasini shakllantirish
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarni o`tilgan mavzular bo`yicha o`zlashtirishini nazorat qilish
T.K 5 Milliy va umummadaniy :biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ta’lim va tarbiyaning uzviyligiga, estetik va axloqiy tarbiyaga e’tibor qaratish;
Darsning turi:An`anaviy, nazorat
Darsning usuli: . Test topshirig`i
Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar,nazorat varaqasi
Darsning borishi (reja): 45 daqiqa
1.Tashkiliy qism: 3 daqiqa
Salomlashish, tozalikni aniqlash, davomatni aniqlash,darsga tayyorgarlik ko`rish
Yangi mavzu-25 daqiqa
Nazorat shakli:Test topshiriqlari.
1.Quruqlik ekosistemalarining Yer yuzida joylashuvini qaysi omillar belgilaydi?
A) harorat va suv B) inson faoliyati C) namlik va o`simliklar D) harorat va yog`in miqdori
2.Bir xil iqlim mintaqalarida joylashgan ekosistemalar yig`indisi nima deb ataladi?
A) biomlar B) bioritmlar C) biomassa D)biosenoz
3.Sahrolarda yashovchi organizmlarni belgilang. 1.baland bo`yli daraxtlar 2. boshoqli o`simliklar 3. kserofit o`simliklar 4, qutb boyqushi 5. turli maymunlar 6.yumronqoziqlar
A)1,2,4 B) 3,5,6 C) 3,6 D)2,5
4.Markaziy Osiyoning qum-tuproqli cho`llarida qanday o`simliklar o`sadi?
A) qizil sho`ra , sarsazan B)sag`an, qumtariq C) buyurg`un, shuvoq D) baliqko`z,iloq
5.O`zbekiston to`qaylarida qanday o`simliklar o`sadi?
A) qamish, qog`a, shirinmiya B) bambuk, izen, baliqko`z C) iloq, juzg`un, shirinmiya D) qizg`aldoq, selin , ro`vak
6.O`zbekistonning tog` o`rmonlarida muhofazaga molik o`simliklardan qaysilari o`sadi?
1.yong`oq 2. archa 3. lola 4. do`lana 5.zirk. 6. kovrak 7. tobulg`i 8. shirach
A)1,2,3 B)2,4,8 C)5,6, 7 D)3,6,8
7.Yaylov mintaqasida o`suvchi o`simliklarni belgilang.
1.yong`oq 2. archa 3. lola 4. do`lana 5. yunona 6.yostiqo`t 7. kirpio`t 8.shirach
A)1,2,3 B)2,4,8 C)5,6, 7 D)3,6,8
8.Yaylov mintaqasida qaysi qushlar uchraydi? 1.burgut 2. kaptar 3.boltayutar 4. chug`urchuq 5. tog` zog`chasi 6. musicha 7.laylak 8. qaldirg`och
A)1,2,3 B)2,4,8 C)1,3,5 D)3,6,8
9.Agroekosistemalarni belgilang. A) archazor, yong`oqzor B)shaharlar, qishloqlar
C)bug`doyzor, tokzor D)yaylovlar, paxta dalalari
10.Suksessiya nima?
A)ekosistemalarning tashqi omillar ta’sirida izchillik bilan boshqa ekosistemalarga almashinishi
B) organizmlarning noqulay muhitga moslashishi
C)organizmlarning noqulay muhitga moslasha olmay nobud bo`lishi
D) Insonlar tomonidan chidamli navlarning yaratilishi
11.Biosfera-tabiatdagi barcha tirik organizmlar va ularning qoldiqlari,atmosfera, gidrosfera , litosferaning tirik organizmlar yashaydigan yoki ular hayotiy faoliyati izlariga ega qismlarini o`z ichiga oladi . Ushbu ta’limotni kim yaratgan?
A)E.Gekkell B) Ch. Darvin C)Vinogradskiy D) A.Tensli
12.Biosfera (a)ning yuqori qatlamini, (b) ning barcha qatlamlarini, (c) ning quyi qatlamini o`z ichiga oladi. a,b, c nima?
A)a-tuproq, b-suv, d-olov B)a-atmosfera, b-litosfera , c- gidrosfera
C)a- biosfera , b-atmosfera, d-gidrosfera D) a-litosfera, b- gidrosfera, c-atmosfera
13.Biogen moddalarni belgilang.
A)o`simlik va hayvonlar B) tuproq va suv
C) neft, toshko`mir D) meteoritlar, kosmik zarralar
14.Tirik organizmlar biomassasining eng ko`p qismi qaerda joylashgan?
A)tundra B) sahro C) tog`larda D) tropik o`rmonlarda
15.Yomg`ir chuvalchanglari 1ga maydonda (a) t 2 tuproqni o`z ichaklari orqali o`tkazib, (b) sm qalinlikda unumdor tuproq hosil qiladi?
A)a-25 t,b-0,5sm B) 25 kg, 1 sm C)15 t , 2 sm D) 10 t, 4sm
16..uglerodning (1), kislorodning(2), suvning (3) to`liq aylanish davrini belgilang.
17..Dastlabki quruqlikka chiqqan o`simliklarni belgilang.
18.Biosferaning inson tomonidan o`zgartirilgan yangi qobig`i…
19.Troposferadan 50-55 km balandlikda joylashgan qobiq-_____________________
20.Tirik organizmlarning faoliyati mahsuloti yoki ularning organik qoldiqlaridan hosil bo`lgan moddalar yig`indisi-_____________________
Do'stlaringiz bilan baham: |