3.Yangi mavzu bayoni:15 daqiqa
Hayvonlarning tana qoplami evolutsiyasi. Hayvonlarning tana qoplami, asosan, tashqi muhit ta’sirlari va zararli omillardan himoya qilish vazifasini bajaradi. Funksiyalar ortishi teri qoplami tuzilishining murakkablashuvi, unda turli hosila va bezlarning paydo bo‘lishi natijasida amalga oshadi. Boshskeletsizlarda teri qoplamining epiderma va derma qavati kuchsiz rivojlangan.. Baliqlarda teri bezlari bir hujayrali, lansetnikiga o‘xshash ular ham shilimshiq suyuqlik ajratadi, mazkur suyuqlik baliq tanasi va suv o‘rtasidagi ishqalanish kuchini kamaytirib, baliqlarning suvda erkin harakatini ta’minlaydi. Baliqlarning tanasi qaysi sistematik guruhga mansubligiga qarab turli tangachalar bilan qoplangan,dentindan tuzilgan, tog`ayli baliqlarda tangachalar oziq tutish vazifasini o‘taydi. Suyakli derma hisobiga rivojlanadi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning tanasi yupqa teri bilan qoplangan nafas olishdaham ishtirok etadi. Sudralib yuruvchilar terisi quruq bo‘lib, nafas olishda ishtirok etmaydi. Epidermisning tashqi qavati shox moddadan iborat tangachalar bilan qoplangan, himoya qilish vazifasini bajaradi .Qushlarning terisi quruq, bezlari bo‘lmaydi ,ba`zilarida dumg‘aza bezlari bo‘lib, yog‘simon modda bilan patlarini yog‘laydi. Qushlarning tanasini qoplab turuvchi pat va parlar epidermis hosilasi. Sutemizuvchilarning tana terisi jun bilan qoplangan yog‘, sut, ter, hid bezlar bor,ter bezlari ixtisoslashib, sut bezlariga aylangan,yog‘ bezlari faqat sutemizuvchilarga xos. Yog‘ bezlari ajratadigan yog‘ teri yuzasi, jun qoplamini yog‘lab, namlanishning oldini Sutemizuvchilarga xos belgilardan biri epidermis hosilalari: jun, tirnoq, tuyoq, shoxlarning paydo bo‘lishi sanaladi. Hayvonlarning harakat organlari evolutsiyasi. Bir hujayrali va umurtqasiz hayvonlarda ichki, gidrostatik va tashqi skelet bo‘ladi. Bir hujayrali dengiz hayvonlari skeleti hujayra markazidan chiquvchi ignaga o‘xshash bo‘lib, kremniy oksididan tuzilgan zararlanishdan saqlash va suvli muhitda harakatlanishga imkon beradi. Gidrostatik skelet to‘garak va halqali chuvalchanglarda uchraydi. Tashqi skelet bo‘g‘imoyoqlilarda uchraydi. xitindan iborat.Xitin qoplami bo‘g‘imoyoqlilarning tanasidan suv yo‘qotilishining oldini oladi. Harakatlanish tufayli hayvonlar dushmandan himoyalanadi, oziq izlab topadi, naslini himoya qiladi.Umurtqalilarning muskullari skeleti bilan birikkan bo‘lgani uchun skelet muskullari deyiladi. Umurtqali hayvonlar quruqlikda, havoda, suvda harakatlana oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |