Darsning borishi (reja): 45 daqiqa
1.Tashkiliy qism: 3 daqiqa
Salomlashish, tozalikni aniqlash, davomatni aniqlash,darsga tayyorgarlik ko`rish
2. Uyga vazifani so`rab baholash: 12 daqiqa og`zaki so`rov, daftarni tekshirish, tarqatma materiallar
1.. Arxey erasidagi aromorfozlarni tushuntiring.
2. Proterozoy erasida o‘simliklar evolutsiyasi qanday kechgan?
3. Paleozoy erasidagi o‘simliklar evolutsiyasidagi aromorfoz hodisalarinitushuntirib bering.
4. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning qirilib ketishiga nima sabab bo‘lgan?
5. Paleozoy erasidagi hayvonlar evolutsiyasidagi aromorfoz hodisalarini tushuntirib bering.
3.Yangi mavzu bayoni:15 daqiqa
Mezozoy erasi175 mln yil davom etgan. Trias davrida iqlim quruq kelgan.O‘rmonlar ignabargli sagovniklar, sporali o‘simliklardan iborat bo‘lgan. Quruqlikda sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi oshgan. Ularning keyingi oyoqlari oldingisiga nisbatan kuchli rivojlangan. Hozirgi vaqtda yashab turgan kaltakesak, toshbaqalarning ajdodlari ham shu davrda paydo bo‘lgan. Yashash uchun kurashda dastlabki sutemizuvchi hayvonlar kelib chiqqan. Yura davrida o‘rmonlarda ochiq urug‘lilar hukmronlik qilgan. Dastlabki gulli o‘simliklarning tuzilishi ibtidoiy bo‘lgan. Sporali va ochiq urug‘li o‘simliklarbyirik bo`lganArxeopterikslar shu davrda paydo bo‘lgan. Bo‘r davrida iqlim keskin o‘zgargan. kamayib, atmosfera quruq va shaff of bo‘lgan. Yopiq urug‘li o‘simliklar esa, aksincha, ko‘paya boshlagan. Bo‘r davrining o‘rtalariga kelib yopiq urug‘li o‘simliklarning bir urug‘ pallali, ikki urug‘pallali sinfl arining ko‘p oilalari rivojlangan. Kaynozoy erasi 70 mln yil davom etgan. Iqlim iliq, mo‘tadil bo‘lgan.gulli o‘simliklar, hasharotlar, qushlar, sutemizuvchi hayvonlar avj olib rivojlangan.Uchlamchi davr o‘rtalarida iqlim quruq va mo‘tadil, oxirida esa keskin sovigan. Iqlimdagi bunday o‘zgarishlar o‘rmonlarning kamayishiga, o‘tsimon o‘simliklarning keng tarqalishiga olib kelgan. Hasharotlar avj olib rivojlangan.
Quruqlikda, havoda qushlar, sutemizuvchilar, suvda esa baliqlar, ikkinchi marta suv muhitida yashashga moslashgan sutemizuvchilar ko‘paygan.Yo‘ldoshli sutemizuvchi hayvonlarning qadimgisi hasharotxo‘rlar turkumi bo‘lib, ularning tuzilishi nisbatan sodda bo‘lgan, ulardan dastlabki yirtqichlar va primatlar kelib chiqqan. Davrning oxiriga kelib odamsimon maymunlar rivojlandi. O‘rmonlarning qisqarishi bilan ba’zi odamsimon maymunlar ochiq yerlarda yashashga majbur bo‘ldi. Kaynozoy erasining to‘rtlamchi davrida Issiqsevar o‘simlik qoplami janubda saqlanib qolgan, ko‘p o‘simlik turlari yo‘qolgan. To‘rtlamchi davrda odam ajdodlari evolutsiyasi tezlashadi.Odamlarning son jihatdan orta borishi, keng tarqalishi o‘simliklar va hayvonot olamiga ta’sir eta boshlaydi. Dastlabki ovchilar faoliyati tufayli o‘txo‘r yovvoyi hayvonlar soni asta-sekin kamaya boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |