2. Uyga vazifani so`rab baholash: 12 daqiqa og`zaki so`rov, daftarni tekshirish, tarqatma materiallar
1. Hayotning kimyoviy evolutsiyasining asosiy bosqichlarini aytib bering.
2. Hayotning biologik evolutsiyasi qachon boshlanishini tushuntiring.
3. Koatservatlar hosil bo‘lishi jarayonini tushuntiring.
4. Hozirgi zamonda hayot abiogen sintez yo‘li bilan qaytadan hosil bo‘lishi mumkinmi?
5. Abiogen sintezni tasdiqlovchi qanday ma’lumotlarni bilasiz?
3.Yangi mavzu bayoni:15 daqiqa
Yer Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralar bilan birgalikda 5 mlrd yililgari paydo bo‘lgan. Yerning va undagi turli qatlamlarning yoshini aniqlashda, radioaktiv elementlarning parchalanishi asosiy mezon qilib olinadi.Arxey erasi 900 mln yil davom etgan. Eraning qatlamlari yuqori harorat va bosim ta’sirida ko‘rinishini o‘zgartirib, o‘zidan hech qanday hayot izlarini qoldirmagan. Dastlabki tirik organizmlar arxey erasida paydo bo‘lgan. Organik birikmalardan ohaktosh, marmartosh, ko‘mirli moddalar
bo‘lishi arxey erasida tirik organizmlar, bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlari bo‘lganidan dalolat beradi. Dastlabki fotosintezlovchi organizmlar prokariotlar, ya’ni ko‘k-yashil suvo‘tlari – sianobakteriyalar bo‘lgan.Proterozoy erasi 2000 mln yil davom etgan. Proterozoy oxiriga kelib, ko‘p hujayrali organizmlar rivojlanadi. Kovakichlilar, yassi chuvalchanglar, keyinchalik halqali chuvalchanglar, molluskalar paydo.
Paleozoy erasi 340 mln yil davom etgan.Kembriy davrida iqlim mo‘tadil bo‘lib, o‘simlik va hayvonlar dengizdatarqalgan., hayvonot dunyosi xilma-xil bo‘lgan hayvonlarning barcha tiplari mavjud bo‘lgan. Ikki pallali, qorinoyoqli, boshoyoqli molluskalar, halqali chuvalchanglar, trilobitlar keng tarqalgan Ordovik davrida dengizlar sathi ortib, unda yashil, qo‘ng‘ir, qizil suvo‘tlari, boshoyoqli, qorinoyoqli molluskalarning xilma-xilligi ortdi. Korall rifl arining hosil bo‘lishi avj oldi. Bulutlar kamaydi. Silur davrida tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari kuchayib, quruqlik sathi ortdi. Boshoyoqli molluskalar nihoyatda ko‘paygan. Silur davrida atmosfera havosidan nafas oladigan dastlabki quruqlikda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar paydo bo‘lgan. Devon davrida dengizlar sathi kamayib, quruqlik ortishi yanada davom etgan. Iqlim mo‘tadil bo‘lgan. Dengizlarda tog‘ayli baliqlar rivojlanib, «qalqondor» baliqlarning yashash uchun kurashda kamaya borishi ro‘y bergan. So‘ngra suyakli baliqlar kelib chiqqan. Sayoz havzalarda ikki yoqlama nafas oluvchi Devon davrining o‘rtalariga kelib suv hamda quruqlikda yashovchilarning dastlabki turlari vujudga kelgan. Toshko‘mir davrida iqlim nam, havoda karbonat angidrid ko‘p bo‘lgan. Ulardan qirqquloqlar, qirqbo‘g‘imlar, plaunlar o‘sgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |