2. Uyga vazifani so`rab baholash: 12 daqiqa og`zaki so`rov, daftarni tekshirish, tarqatma materiallar
1. Hayot paydo bo‘lishi haqida qanday qarashlar mavjud?
2. Hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi nazariyasi tarafdorlarining fikrlarini ayting.
3. Hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligi qanday tajribalarda tasdiqlandi?
4. Panspermiya nazariyasiga o‘z fi kringizni bildiring.
5. Biokimyoviy evolutsiyaning mohiyatini tushuntiring.
3.Yangi mavzu bayoni:15 daqiqa
Hayotning anorganik moddalardan abiogen molekular evolutsiya natijasida hosil bo‘lishi to‘g‘risidagi nazariya rus olimi A. I. Oparin va ingliz olimi J. Xoldeyn tomonidan yaratilgan.Yer bundan taxminan 4,5–5 milliardyillar oldin paydo bo‘lgan. Dastlab Yer changsimon holatda, harorati juda yuqori bo‘lgan. Hayot avval kimyoviy, keyin esabiologik evolutsiyaning mahsulidir.Yerning birlamchi atmosferasi tarkibi suv bugʻlari, erkin vodorod, karbonat angidrid, qisman metan, vodorod sulfid, ammiak va gazlardan iborat boʻlgan. Ultrabinafsha va rentgen nurlar, chaqmoqning kuchli elektr zaryadi, yuqori harorat taʼsirida gazlardan birmuncha murakkab birikmalar sintezlangan. A. I. Oparin hayotning paydo bo‘lishini tajribada o‘rganish mumkinligi g‘oyasini birinchi bo‘lib olg‘a surdi. Darhaqiqat, S. Miller tajribada H va
birlamchi Yer sharoitining modelini yaratdi. U qizdirilgan metan, ammiak, suv bug‘lariga elektr uchquni ta’sir etib asparagin, glitsin, glutamin aminokislotalarini sun’iy sintezladi. Bu sistemada gazlar birlamchi atmos ferani, elektr uchquni esa yashinni imitatsiyalaydi.D. Oro vodorod sianid, ammiak va suvni qizdirib adeninni sintezladi.Metan, ammiak va suv aralashmasidan ionlashtiruvchi nurlar ta’sirida dezoksiriboza riboza sintezlandi. Evolutsiya jarayonida monomerlar biologik polimerlarga aylangan. Bu farazlar ham tajribalarda tasdiqlandi. S. Foks aminokislotalar aralashmasini qizdirib proteinoidlarni sintezladi. Koatservatlarga o‘xshagan birikmalar A. I. Oparin va uning shogirdlari tomonidan tajribada hosil qilingan va ularning xususiyatlari yaxshi o‘rganilgan.Protobiontlar ham hali hayot shakli emas. Protobiontlarning haqiqiy hujayralarga aylanishida oqsillar va nuklein kislotalar funksiyalarining o‘zaro muvofi qlashuvi natijasida matritsali sintezning usuli paydo bo‘lishi katta ahamiyatga ega bo‘lgan.Evolutsiya jarayonida tabiiy tanlash ta’sirida avtotrof organizmlar kelib chiqqan. Fotosintez xususiyatiga ega organizmlar – birlamchi ko‘k-yashil suvo‘tlarining kelib chiqishi eng yirik aromorfozlardan biri hisoblanadi. Fotosintez atmosferani kislorod bilan boyitadi. Fotosintez natijasida atmosferada ozon ekranining paydo bo‘lishi ultrabinafsha nurlarining halokatli ta’siridan organizmlarni himoya qiladi. Atmosferada erkin kislorod
paydo bo‘lishi natijasida organizmlar aerob nafas olishga o‘ta boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |