1.Tashkiliy qism: 3 daqiqa
Salomlashish, tozalikni aniqlash, davomatni aniqlash,darsga tayyorgarlik ko`rish
2. Uyga vazifani so`rab baholash: 12 daqiqa og`zaki so`rov, daftarni tekshirish, tarqatma materiallar
1. Mezozoy erasida o‘simliklar yashash uchun kurashda qanday moslanishlar hosil qilgan?
2. Yura davrida o‘txo‘r hayvonlar tanasining yiriklashuviga nima sabab bo‘lgan?
3. Odam evolutsiyasi qaysi davrda tezlashgan?
4. Yer yuzida odamlar populatsiyalarining ortishi dastlab qaysi hayvonlar qirilib ketishiga sabab bo‘lgan?
3.Yangi mavzu bayoni:15 daqiqa
Odam – biologik evolutsiyaning eng yuqori bosqichi sanalib, ijtimoiy mavjudot sifatida fikrlash qobiliyati va ma’noli nutqqa ega bo‘lganligi sababli, avlodlardan qolgan tarixiy-ma’naviy manbalarni o‘rganish, fi kr yuritish,ularni baholash, kelajakni rejalashtirish imkoniyatiga ega. Inson har qanday axborotni kelgusi avlodga yozma yoki og‘zaki tarzda yetkazishi, jamiyat taraqqiyoti uchun barcha sohalarda muvaff aqiyatli faoliyat yuritishi mumkin.Antropologiya – fanlararo sintetik fan bo‘lib, odamning ijtimoiy-biologik
mavjudot sifatida tarixiy rivojlanishi va evolutsiyasini o‘rganadi. Odamning tarixiy rivojlanishi haqidagi zamonaviy fikrlar molekular biologiya, sitologiya, solishtirma anatomiya, fiziologiya, embriologiya paleontologiya dalillariga asoslanadi. Barcha tirik mavjudot tana tuzilishidagi bunday o‘xshashlik, ular bir tarmoqdan kelib chiqqanligini isbotlovchi dalil hisoblanadi. Odamning ilk embrional taraqqiyoti bosqichida hamma xordalilar kabi asosiy o‘zak organlar: nerv nayi, xorda va ichak nayi hosil bo‘ladi.
Odamda boshqa sutemizuvchilarga xos bo‘lgan quyidagi belgilar mavjud: 7 ta bo‘yin umurtqasi, qo‘l va oyoq skeleti qismlari, ter, yog‘ va sut bezlari, alveolalar, diafragma, 4 kamerali yurak, ikkita qon aylanish doirasi, chap aorta yoyi, o‘rta quloqdagi 3 ta eshitish suyakchasi.
Odamda bir qancha rudiment organlar uchraydi. Ularga ko‘richakning chuvalchangsimon o‘simtasi, dum umurtqalari, qisqarish faoliyatini yo‘qotgan dum muskullari va uning bir juft nervi, quloq suprasini harakatlantiruvchi muskullar, tanadagi tuklar, uchinchi qovoq, quloq suprasidagi Darvin do‘mboqchasi va boshqalar kiradi Odamlarda ba’zan atavizm hodisasi ham uchraydi Odamsimon maymunlar bilan odam
skeleti va ichki organlar tuzilishida o‘xshashliklar nihoyatda ko‘p. Qoziq, jag‘ tishlarining soni ham bir xil. Odamsimon maymunlarda va odamda dum bo‘lmaydi. Odam uchun xos to‘rtta qon guruhi gorilla, shimpanze, orangutanlarda ham uchraydi. Xromosomalarni maxsus usul bilan bo‘yash orqali odam va shimpanze xromosomalarining nihoyatda nozik ko‘ndalang chiziqlari ham o‘xshashligi ma’ lum bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |