3.Yangi mavzu bayoni:12 daqiqa
Tabiatning tuzilishi, unda ro‘y beradigan voqea-hodisalar haqidagi tushunchalar eramizdan bir necha ming yillar ilgari qadimgi sharq mamlakatlari – Misr, Xitoy, Hindistonda paydo bo‘lgan. qadimgi Misrda donli, sabzavot, mevali daraxtlar ekishgan,. Bir о‘rkachli tuya, mushuk, g‘oz, o‘rdak, kaptar,boqishgan.
Qadimgi Yunonistonda tabiat haqida qarashlar.Qadimgi Yunonistonda tabiatshunoslikning rivojlanishi birinchi muallim nomini olgan Aristotel hayvonlar klassifi katsiyasining asosini tuzgan,solishtirma anatomiya, embriologiya sohasida dastlabki fikrlarni bayon etgan hamda organlar korrelatsiyasi va tabiatdagi asta-sekin rivojlanish to‘g‘risidaba’zi fi krlarni ilgari surgan. Uning fikricha, tabiat sekin-asta jonsiz narsalardan rivojlanadi. Aristotel – hayvonlarning 500 ga yaqin turini bilgan hamda hayvonot olamining klassifikatsiyasiga asos solgan olim.U barcha hayvonlarni 2 ta guruhga qonlilar va qonsizlarga bo‘lgan. Rim olimi Lukretsiy Kar olam o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan,hayvonlar nam yerdan kelib chiqqan,dastlab ularning mayib majruh xillari keyinchalik harakatlanadigan, oziqlanadigan, urchiydigan, dushmandan o‘zini himoya qiladigan normal hayvonlar paydo bo‘lgan deb hisoblagan. Klavdiy Galen tibbiyot asoschilaridan biri bo‘lgan.
Markaziy Osiyoda evolutsion g‘oyalarning paydo bo‘lishi Ahmad ibn Nasr Jayxoniy Hindiston,Markaziy Osiyo, Xitoy o‘simliklari va hayvonot dunyosi haqida qimmatli ma’lumotlar to‘plaganAbu Nasr Farobiy U inson organizmi yaxlitsistema ekanligini, turli kasalliklar oziqlanish tartibining o‘zgarishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatib bergan. Beruniyning qayd qilishicha, Yer yuzida hayvonlar, o‘simliklar rivojlanishi uchun sharoit cheklangan. Shu sababdan tirik mavjudotlar orasida yashash uchun kurash boradi. omillarini ingliz tabiatshunosi Abu Ali ibn Sino tabiatning obyektiv borligiga ishonch hosil qiladi. O‘z asarlarida o‘simliklar, hayvonlar va odam o‘zaro o‘xshash, chunki ularning barchasi oziqlanadi, ko‘payadi, o‘sadi deb uqtiradi. «Boburnoma»da Markaziv Osiyo, Afg‘o niston, Hindiston kabi mamlakatlarning tarixi, geografi yasi, xalqlarning turmush kechirish tarzi, madaniyati bilan birga, o‘simlik va hayvonot olami to‘g‘risida qiziqarli ma’lumot berilgan.
5.Mustahkamlash- 10 daqiqa
1.Qadimgi Sharq mamlakatlaridagi tabiat haqida qarshlar haqida mulohazalaringiz
2.Farobiyning tabiat to‘g‘risidagi fi krlarini gapiring.
3. Beruniy tabiatshunoslikda qanday kashfi yotlar qilgan?
4. Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot fanining rivojlanishiga qo‘shgan hissasinimalardan iborat?
5. Zahiriddin Muhammad Boburning izlanishlari haqida gapirib bering
Do'stlaringiz bilan baham: |