T f. n dotsent M. B. Yuldasheva O’qituvchi: D. B. Murtazaev


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 1,09 Mb.
bet5/28
Sana09.06.2023
Hajmi1,09 Mb.
#950252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
O`zbekiston tarixi maruz D.Murtazayev internet

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. – T., O’zbekiston, 1998 y.
2.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. – T., Sharq, 1998 y.
3.Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. – T., O’zbekiston, 2000 y.
4.Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T., O’zbekiston, 1999 y.
5.Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin. – T., O’zbekiston, 1998 y.
6.Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. – T., 1999 y.
7.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: “Ma’naviyat”, 2008.
8.Karimov I.A. O’zbekiston demakratik taraqqiyotning yangi bosqichida. – T.: “O’zbekiston”, 2005.
9.Karimov I.A. O’zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’li. – T.: “O’zbekiston”, 2007.
10.Sulaymonova F. Sharq va G’arb. – T., Fan, 1997 y.

2 - MAVZU: MARKAZIY ОSIYO INSОNIYAT SIVILIZASIYASINING
QADIMGI O’CHОQLARIDAN BIRI.
R е j a:
1. Hududimizda qadimgi sivilizasiyaning uzoq asrlar davomida shakillanishi.
2. Ibtidoiy jamiyatning davrlari va uning manzilgohlari.
3. Dastlabki sivilizasiyaning ma’naviy asoslari: diniy e’tiqotlar va tasviriy san’atning paydo bo’lishi.
Tayanch so’z va iboralar:
Sivilizatsiya arxeologiya, antropologiya, antropogenez jarayoni poleolit, mezolit, neolit, eneolit, Ashel, mustye, Tyeshiktosh, Zarautsoy, Joytun, Xisor, Kaltaminor, Xorazm, Zamonbobo, Sopollitepa, Neandertal, Kramonüon, Matriarxat, Bronza, birinchi va ikkinchi mehnat taqsimoti.
1. Markaziy Оsiyo insoniyat olamida juda qadimdan madaniyati rivojlangan, tarixi boy mintaqalardan biridir. Bu muqaddas zaminda odamzotning ilk ajdodlari faoliyatidan guvohlik beruvchi ko’pgina materiallar topilgan. O’zbekiston Ryespublikasi Prezidenti I.A.Karimov ham O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni Vatanimiz nafaqat Sharq, umumjahon sivilizasiyasi beshiklaridan biri bo’lganligini butun jahon tan olmoqda deb qayd qilgandi1.
Sivilizatsiya so’zi - lotincha so’z bo’lib, fuqoraviy va ijtimoiy ma’nosida jamiyatning o’z taraqqiyoti jarayonida yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarning, ularni yanada ko’paytirib va takomillashtirib borish usullarning majmuidir.
Insoniyat o’z boshidan katta uch davrni: yovvoyilik, vahshiylik va sivilizasiyani kechirdi. Sivilizasiya bundan 5-6 ming yil muqaddam boshlangan.
Sivilizasiya ayrim hududiy, bir-biri bilan bog’lanmagan sivilizasiya maskanlari sifatida shakllana boshlab (Qadimgi Misr sivilizasiyasi, Qadimiy Hind sivilizasiyasi, O’rta yer dengizi sivilizasiyasi, Markaziy Оsiyo sivilizasiyasi va hakozo), bozor munosabatlari iqtisodiy hukmronlik shakillanishi davrida umumjahon sivilizasiyasiga aylandi.
Sivilizasiyaning tarixi qonli urushlar va diniy jaholatparastlikka qarshi, dunyoviy madaniyat uchun kurash tarixidir. XX asrning 2- yarimiga kelib ilg’or fan, texnika va texnologiya asosida ish ko’rib, o’zlarida demokratik, insonparvar jamiyat va huquqiy davlat qurgan mamlakatlargina haqiqiy sivilizasiya yo’liga chiqmoqdalar. Sivilizasiya inson taraqqiyotining mahsuli va ayni vaqtda uning asosidir. U insoniyat jamiyatining nihoyatda nozik holati bo’lib, vaqt jihatdan 5 mln. yillik insoniyat tarixining bor-yo’g’i 0,1 foizni tashkil qiladi, ya’ni insoniyat o’zining bosib o’tgan yo’lining 99,9 foizi davomida ibtidoi jamoa darajasida hayot kechirgan.
Mustaqil O’zbekistonning maqsadi - hozirgi zamonning insonparvar, demokratik va huquqiy davlatiga, ya’ni sivilizasiyali, ma’rifiy davlatga aylanib, halqning farovonligini ta’min etish hamda ilg’or mamlakatlar qatoridan joy olishdir. Buning asosi va zaruriy sharti davlatimizda ta’min etilgan tinchlik, barqarorlik va hamjihatlikdir.
Tabiatshunos va jamiyatshunos olimlar inson faoliyati bilan bog’liq bo’lgan yuksak rivojlanishni kuzatar ekan, bu yo’lda ko’p yillar davomida izlanishlar olib borib, inson tarixiy taraqqiyotini turli ijtimoiy-iqtisodiy davrlarga va bosqichlarga bo’lib o’rganishni taklif qiladi.
Janubiy Qozog’iston, Tojikiston, O’zbekistonning Toshkent viloyatidagi Ko’lbuloq va Farg’ona vodiysidagi Syelung’ur g’ori arxiologik qazishmalar natijalariga ko’ra, odamzotning O’rta Оsiyodagi ilk faoliyati ashel davriga, ya’ni bir million yilga yaqin yillarga tegishli ekanligi aniqlanmoqda. Endilikda hududimiz jahonda odamzodning ilk ajdodlari yashagan mintaqaga kiradi.
Eng qadimgi jamoa tuzimi - kishilik jamiyati tarixining boshlang’ich va tarkibiy qismidir. Bu tuzumning ilk bosqichi "ibtidoiy to’da" keyingi bosqichi esa "urug’chilik jamoasi" deb ataladi. Bu tuzumning boshlang’ich davrida odamlar toshdan, yog’ochdan va suyakdan har-xil qurollar yasab, oddiy termachilik bilan shug’illanganlar. Bu davrda odamlarning turmush tarzi oddiy bo’lib, boy va kambag’al bo’lmagan. Ular har jihatdan tabiat ne’matlariga qaram bo’lishgan. Оdamlar g’or, ungur va chakalakzorlarda hamda qamishzorlarda yashab tunaganlar. Ularni umumiy turmush va umumiy mehnat birlashtirgan. Ibtidoiy jamoa tizimida qadimgi odamlarning asosiy mashg’uloti termachilik va ovchilik bo’ldi. Termachilik inson hayotida muhim vazifa bo’lib, insonlar qorin to’ydirish maqsadida nima uchrasa istemol qilgan. Bu ularning sog’ligiga ta’sir qilib manbalarda ko’rsatilishicha ilk paleolit odamlarining o’rtacha yoshi 28 dan oshmagan.
Eng qadimgi jamoa tuzumi odamlarning hayoti va ularning mashg’ulotlarining o’rganishda asosan moddiy manbalar yaqindan yordam beradi. Moddiy manbalar inson qo’li bilan yaratilgan barcha narsa kiradi. Ular asosan yer ostida topilgan mehnat v ov qurollari, odam va hayvon suyaklari, turli xil idishlar, turli xil manzilgoh qoldiqlari shular jumlasidandir. Umuman olganda tarix fanini o’rganishda moddiy va ma’naviy manbalar muhim rol o’ynaydi. Tarixni mana shu manbalar asosida o’rganadigan fan Arxeologiya deb atalib, bu esa "qadimiyat to’g’risidagi fan " demakdir.
Arxeologlar moddiy manbalardan tashqari eng qadimgi odamlar suyaklarini ham topadilar. Оdamlar qiyofasi, kelib chiqishi va rivojlanishining o’rganadigan fan antropologiya - odam haqidagi fan deb ataladi. Xalqlarning urf-odatlari, xo’jalik va madaniyatni o’rganuvchi fan etnografiya, ya’ni yunoncha so’z bo’lib, "urf-odatlarni o’rganuvchi fan" shug’ullanadi.
Eng qadimgi odamlar yasagan qurollar asosan toshdan bo’lgani uchun insoniyat tarixining dastlabki bosqichi tosh davri deb ataladi.
2. Arxeologlar eng qadimgi jamoa tuzumi, uning tarixiy davrlarini quyidagicha bo’lib o’rgangan:

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish