T. Bushuy, F. Ruzikulov qiyosiy tipologiyaning dolzarb



Download 148,16 Kb.
bet27/40
Sana28.05.2022
Hajmi148,16 Kb.
#614373
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40
Bog'liq
T. Bushuy, F. Ruzikulov qiyosiy tipologiyaning dolzarb muammolar

O‘tgan zamon


Zamonlar ichida semantik jihatdan aniqroq ajralib turadigani o‘tgan zamon hisoblanadi (Л.С.Бархударов, Д.А.Штелинг, 1973б с.272-273; А.В.Бондарко, 1998, с.20-21; В.В.Виноградов, 1972, с.281-282; Г.Н.Воронцова, 1960, с.241-243; J.L.Bybee, 1988, c.130-131; Duden, 1998, c.414-416). U o‘tgan
zamon bilan bog'liq ish-harakatni, ya'ni nutq momentigacha tugagan ish-harakatni ifodalaydi (A.Lamprecht, 1972, c.190-192; R.B.Long, 1961, c.320-321; J.van Marle, 1990, c.269-270).
Taqqoslanayotgan tillarda fe'llarning tus ma'nosi o‘tgan zamon shakllarining o‘z ma'nosidan kelib chiqadi (В.Д.Аракин, 1979б с.114-115; W.Mayerthaler, 1987, c.40-42).
Ingliz tilida tus ma'nosiga korrelyatsiya kategoriyasi ma'nosi, ya'ni vaqtning o‘zaro bog‘liqlik kategoriyasi ma'nosi qo‘shiladi (W.U.Wurzel, 1987, c.71-72; N.M.Rayevskaya, 1976, c.247-248).
Rus tili grammatikasi (1970) mualliflari rus tilida o‘tgan zamonning uchta shaklini farqlashadilar: imperfekt (o‘tgan zamonda davom etib turgan, lekin tugallanmagan ish-harakat), perfekt (o‘tgan zamonda tugallangan, lekin hozirgi zamon bilan umuman aloqasi bo‘lmagan ish-harakat) va aoristik (o‘tgan zamonda sodir bo‘lgan, lekin nutq momenti bilan bog‘liq bo‘lgan ish-harkat).
Ingliz tili o‘tgan zamonida yuqorida sanalgan shakllarning uchchalasi ham mavjud, lekin perfekt shakli unchalik xos emas (A.Lamprecht, 1972, c.181-182; R.B.Long, c.322-323). Ushbu shakl hozirgi zamon perfekt va hozirgi oddiy zamon shakllari orqali ifodalanadi. Masalan:
“I am Nisus Gallanos. I have come from Sirnos which was distroyed” (Alridge) va “My name is Angus Burke. I came up from Candia” (ib).
Semantik jihatdan aniq bo‘lgan o‘tgan zamon uchun transpozitsiya xos emas. Lekin rus tilida uchrashi mumkin. Masalan: “Я пошёл” (yaqin kelajakda amalga oshadigan ish-harakatni ifodalaydi); «Если завтра не будет ответа, все пропало».
Ingliz tilida bunday transpozitsiya holati uchramaydi (M.Aronoff, 1976, c.24-25; Th.Becker, 1992, c.30-31; 1993, c.20-21; H.Bochner, 1993, c.100-101).
Ingliz tilida o‘tgan zamon perfekt shaklining ishlatilishi haqida gapirib o‘tadigan bo‘lsak, bu shakl o‘tgan zamonda biror bir ish-harakatdan oldin bajarilgan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatiladi. Masalan:
«They told how they had come up the Inktas» (J.Alridge).



Download 148,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish