T. Bushuy, F. Ruzikulov qiyosiy tipologiyaning dolzarb


Kommunikativ sathdagi gaplar



Download 148,16 Kb.
bet35/40
Sana28.05.2022
Hajmi148,16 Kb.
#614373
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
T. Bushuy, F. Ruzikulov qiyosiy tipologiyaning dolzarb muammolar

Kommunikativ sathdagi gaplar


Gap uchun kommunikativlik, modallik va predikativlik grammatik kategoriyalari xosdir. Bu kategoriyalardan har biri ichki (ma’no) va tashqi (formal belgilari) xususiyatlarga ega.
Kommunikativlik kategoriyasi so‘zlovchining biror narsa haqida odamlarga xabar berish maqsadini bildiradi. Har qanday gapda ushbu xususiyat mavjuddir. Bu kategoriyaning tashqi ko‘rsatgichi intonatsiya hisoblanadi.
Modallik kategoriyasi fikrning voqelikka munosabatini ifodalaydi. Bu munosabat tasdiqlanishi, talab qilinishi, taxmin qilinishi, inkor qilinishi mumkin. Shundan kelib chiqib, gap darak, inkor, undov, his-hayajon va so‘roq gaplarga ajratiladi (modallik kategoriyasi ma’nosiga ko‘ra bo‘linishi). Modallik kategoriyasining tashqi belgilari har bir tilga xos bo‘lgan maxsus qurilmalar, leksemalar, prosodiyaning turli vositalari yordamida ifodalanadi. Ingliz va rus tillarining, asosan, inkor va so‘roq qurilmalarni tipologik qiyoslash katta ahamiyatga ega.


Grammatik inkor kategoriyasi


Y.I.Shendels (1969, c.125) inkor kategoriyasini quyidagicha ta’riflaydi: “…inkor til kategoriyasi sifatida til vositalari yordamida tushunchalar o‘rtasida salbiy aloqalarni ifodalaydi”. Inkor va tasdiq – o‘zaro bog‘langan tushunchalardir. Tasdiq inkorga qarama-qarshi quyilib, uning maxsus ko‘rsatgichlarga, markerlariga ega emas. Inkor esa maxsus ko‘rsatgichlarga, markerlarga ega ekanligi bilan xarakterlanadi.
It was much of the wine. As he said it did not even taste like strawberries. We went back to Capri. One evening I was short of money and George loaned me a hundred lire (E.Hemingway. A Farewell to Arms).
Ingliz va rus tillari sistemalarining har xil bo‘lishiga qaramasdan ba’zi umumiy xususiyatlarga ega.
Inkor kategoriyasining ifodalanishida ham har ikkala tilga xos bo‘lgan xususiyatlarni kuzatish mumkin.
Ingliz tilidan farqli o‘laroq, rus tilida inkor shakli bitta gapda bir necha marta ishlatiishi mumkin: rus. Ничто не предвещало непогоды. (В.Арсеньев). Мальчик ничем никогда не болел и никогда не простужался (В.Инбер).
Ingliz tili gaplari bitta inkor ishkatilishi bilan farqlanadi. Bu inkor formal yoki implitsit (yashiringan) tarzda namoyon bo‘lishi mumkin.
He could not hope to capture that enemy (A.Bierce). Doctor Brown was afraid lest Margaret should think the house bare and cheerless (Baskell).
Hozirgi paytda not yuklamasi ba’zi fe’llarga (to be, to have, to do, shall, will, can, may, ought, need, dare, used) qo‘shiladi. Shekspir zamonida u qariyb hamma fe’llarga qo‘shilgan.
Ma’lum stilistik vositalar qo‘llanilganda inkor kategoriyasida ham taqqoslanayotgan tillar uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlar namoyon bo‘ladi. Bitta gapda ikkita inkorning ishlatilishi inkor ma’nosini neytrallashtirish uchun qo‘llaniladi: ingl. not unwise, not unhappy; rus. не неумный, не безынтересный.
Mazkur tillar uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlardan biri - bu inkorning umumiy yoki yakkahol xarakterga ega bo‘lishidir. Agar inkor kesimning oldida kelsa, u umumiy xarakterga ega bo‘ladi va gapdagi fikrni inkor qiladi. Agar inkor biror gap bo‘lagining oldidan kelsa, unda faqat o‘sha so‘z yoki so‘z birikmasini inkor qiladi: ingl. He does not want to go. – I started early so as not to miss the train. I told him not to go; rus. Он не уехал в Москву. – Он уехал не в Москву. Har ikkala tilda berilgan birinchi gaplarda kesim tomonidan ifodalangan ish-harakat inkor qilinyapti (ingl. want, rus. уехали), ikkinchi gaplarda esa ob’ekt yoki yo‘nalish inkor qilinyapti (ingl. train, rus. Москва).
Taqqoslanayotgan tillarda inkor so‘z-gaplarda (ingl. No., rus. Нет.), modal so‘z – gaplarda (ingl. Of course not. Certainly not. Not really. Not exactly. Decidely not. Definitely not. Indeed not., rus. Конечно нет. положительно нет. Решительно нет.), undov so‘z – gaplarda (ingl. Nonsense. Pshaw. Fie., rus. Чепуха.
Ерунда. Ложь.) ishlatilishi bilan bir qatorda intonatsiya bilan ham (ingl. me go there?, rus. Я пойду туда?) ifodalanishi mumkin.
Mazkur tillarda inkor qurilmalarning ifodalanishida asosiy farq shundan iboratki, ingliz tili gaplarida, asosan, bitta inkor ishlatilsa, rus tili gaplarida esa bir necha inkor ishlatilishi mumkin.

So‘roq shaklidagi qurilmalar


So‘roq shaklidagi qurilmalarning taqqoslanayotgan tillarda ham farqli ham o‘xshash tomonlari mavjud.
So‘roq gaplarning turlari

Savol turlari

Ingliz tili

Rus tili

Umumiy

Is he ready? Do you know her? Shall we
go down to tea? (J.Galsworthy)

Испытываетет ли вы чувство
страха? (А.Грановский)



Maxsus

Which way are you going home, Izz? (Th.Hardy)

Кто не проклинал станционных смотрите-лей?
(А.Пушкин)



Ritorik

How could it be otherwise? (Ch.Dickens)



Каким высоким словом подвиг твой назвать?
(М.Исаковский)

Alternativ (tanlov)

Is he living or is he dead? (M/Twain)



Богомольная ханжа, дающая
медяк нищему, добра или нет? (ГюСеребряков)

do? bilan.
Ingliz tili so‘roq gaplari quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi:

  1. Teskari so‘z tartibi bilan: Shall I go to the booking office? Where shall I go? What are you going to




  1. Who?, where?, what?, when?, how many (much)?, which? kabi maxsus so‘roq so‘zlarga egaligi




  1. Maxsus intonatsiya orqali aytilishi bilan.

Rus tili so‘roq gaplari quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi:

  1. Неужели, разве, ужели, ли so‘roq yuklamalarining ishlatilishi bilan;

  2. Кто?, куда?, где?, какой?, когда? kabi so‘roq so‘zlarining ishlatilishi bilan;

  3. Maxsus intonatsiya orqali aytilishi bilan.

Ingliz tilida so‘roq gaplarda so‘roq yuklamalari ishlatilmaydi, ularning o‘rnida ko‘makchi fe’llar

ishlatiladi: Don’t you know him? – Разве ты не знаешь его? Have not you seen him? – Неужели вы его не видели? She is very busy? – Она очень занята, не правда ли?



Download 148,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish