Ma’ruza 3
Urg‘u va intonatsiya
Reja
1. Urg‘u va uning turlari.
2. Ingliz tili so‘z urg‘usining rus tili so‘z urg‘usidan farqi.
3. Erkin va muqim urg‘u.
4. Gap urg‘usi.
5. Urg‘uning ma’no ajratishda ahamiyati.
6. Intonatsiya
7. Intonaysiyaning funksiyalari.
So’z tarkibidagi bo’g’inlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq aytilishi yoki ma‘lum bir
butun so’z birikmasining gapda ma‘no yadrosi sifatida kuchliroq aytilishi urg‘udir.
Ko’pgina tillarning fonetikasida keng tarqalgan urg‘u - bu dinamik urg‘udir. U rus tiliga ham, ingliz
tiliga ham xos. Bu tillarda urg‘uli bo‘g‘in urg‘usiz bo‘g‘inga nisbatan kuchliroq aytiladi. Rus tilida unlining
cho‘ziq yoki qisqa bo‘lishi urg‘uga bog‘liq bo‘ladi. Bunday xususiyat ingliz tiliga xos emas. Ingliz tilida
cho‘ziq unlilar urg‘u tushgan yoki tushmaganligidan qat’iy nazar qisqa unlilarga qarama-qarshi qo‘yiladi
(lekin urg‘uli bo‘g‘inda unli biroz cho‘ziqroq bo‘ladi). Tovush sifatining urg‘u tushganda o‘zgarishi borasida
shuni aytish kerakki, ko‘pgina hollarda ular urg‘usiz vaziyatda reduktsiyaga uchrab, unlilar sifatining
o‘zgarishi yuzaga keladi. Lekin unlilar o‘zlarining sifatini saqlab qolgan holatlari ham mavjud, masalan:
import [΄impo:t], transport [΄trænspo:t], increase [΄inkri:s], blackboard [΄blækbo:d], meadow [΄medov].
Rus tilida unlilar urg‘usiz holatlarda kuchli reduktsiyaga uchraydi: вода [вда], водовоз [вдвос], несут
[н΄исýт], красота [кръсата], постановили [пъстънав΄ил΄и].
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, ingliz tili so‘z urg‘usi rus tili so‘z urg‘usidan urg‘usiz unlilar xarakteri bilan
farq qilyapti. Ingliz tilida so‘zda ikki urg‘uli bo‘g‘inlarning ko‘pligi urg‘uning yana bir farq qiluvchi xususiyatlaridan biri
hisoblanadi: ice-cream [΄ais΄kri:m], prewar [΄pri:wo], nevermore [΄nevə΄mo:], new-born [΄nju: ΄bo:n], hamda negotiation
[nigou
i΄ei
n], demonstration [demən΄strei
n], peculiarity [pi΄kju:li΄æriti] va hokazo. Bunday holatlar rus tilida juda
kamdan-kam uchraydi.
So‘z urg‘usi erkin (har joyda) yoki bog‘liq (muqim) bo‘lishi mumkin. Erkin urg‘uli tillarda urg‘u so‘zning
istagan bo‘g‘iniga va turli morfologik unsurlariga tushishi mumkin. Rus tili ham, ingliz tili ham erkin urg‘uli tillardir.
Muqim urg‘u polyak tiliga (oxiridan oldingi bo‘g‘in) chex tiliga (birinchi bo‘g‘inda) arman tiliga (oxirgi bo‘g‘inda)
xos.
Hozirgi zamon rus va ingliz tillarida urg‘u istagan bo‘g‘inga, yani so‘z boshidagi, o‘rtasidagi va oxiridagi
bo‘g‘inga tushishi mumkin. Masalan: ingliz. ΄evening, in΄vestigate, de΄fy; rus.дéвочка, делáми, молокó.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ingliz tilida urg‘uning tushish o‘rniga nisbatan ba‘zi qonunlar saqlanib qolgan:
ko‘pgina hollarda ildizning birinchi bo‘g‘iniga urg‘uning tushish prinsipi, ya’ni qadimgi ingliz tili (aniqrog‘i
umumgerman) prinsipi saqlanib qolgan (΄mother, ΄husband, ΄children, ΄prison); ma‘lum bir suffiks va
prefekslarning mavjudligi so‘z urg‘usining o‘zgarishiga olib keladi (be΄gin, o΄ccasion, sta΄bility, senti΄mental)
(V.A.Vasilyev, 1962, 123-129 b.).
Taqqoslanayotgan tillarda urg‘u ko‘chishi mumkin, boshqacha qilib aytganda, ma‘lum bir so‘zning
turli grammatik shakllarini yasashda so‘zning bir qismidan ikkinchi bir qismiga ko‘chishi mumkin. Demak,
bunday vaziyatlarda urg‘u fonologik vazifani bajaradi. Ingliz tilida urg‘u ot va fe’lni farqlash uchun xizmat
qiladi.
΄object – to ob΄ject
΄contrast – to con΄trast
΄conduct – to con΄duct
΄increase – to in΄crease
Rus tilidagi so‘zlarda urg‘uning ko‘chishi natijasida so‘zlarning grammatik ma’nosi o‘zgarishi
mumkin: вóды – водьí, рýки – руки, дóма – домá. Ba’zi so‘zlar urg‘uning tushish o‘rniga ko‘ra o‘zining
leksik ma’nosini o‘zgartiradi: зáмок – замóк, гвóздики – гвоздики.
Shunday qilib, taqqoslanayotgan tillarda so‘z urg‘usi erkin bo‘lishi bilan bir qatorda bir qancha
o‘xshash xususiyatlarga ega ekanligini ko‘ramiz.
Gap urg‘usi ham so‘z urg‘usi kabi har bir tilda o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Rus tilidagi gapda barcha so‘zlarga urg‘u tushishi mumkin. Lekin gapda urg‘u tushmaydigan predlog,
bog‘lovchi va mustaqil so‘zlarning old tomondan birikadigan so‘zlar (proklitiklar) yoki so’zlarning orqa
tomonidan birikadiggan so‘zlar (enklitiklar) bu qatorga kirmaydi. Misol tariqasida quyidagi gapni olamiz: Mы
работаем в читальном зале каждый день. Bu gapda в predlogidan tashqari hamma so‘zlar urg‘ulidir. Ingliz
tilida barcha so‘zlarning urg‘uli bo‘lishi gapda mustasno sifatida uchrashi mumkin. Urg‘u yordamida ingliz
tilida so‘zlar emas, balki so‘z guruhlari ajratilib, ular о‘zlarining enklitik va proklitiklari bilan kelgan mustaqil
so‘zlardan tashkil topadi. Masalan, Our ΄work had been ΄done in time gapida faqat mustaqil ma’noga ega
bo‘lgan so‘zlargina sintagma ichida urg‘uli bo‘lib, kо‘makchi, fe’l, egalik olmoshi va predlog urg‘usiz
kelyapti. Bundan tashqari ingliz tilida artikl, bog‘lovchi, bog‘lovchi fe’l hamda ko‘pchilik olmoshlar urg‘usiz
bo‘ladi. Ingliz tili ritmikasi sintagmaning urg‘uli bo‘g‘inlari bilan bog‘liq bo‘lib, ularning o‘rtasida mavjud
bo‘lgan vaqt ma’lum darajada muntazam holatda bo‘ladi (stress-timed rhythm deb ataluvchi holat). Rus
tilining ritmik strukturasi esa so‘zlarning aktsentuatsiyasi (urg‘ular sistemasi) bilan bog‘liq emas, balki
bo‘g‘inlarning cho‘ziqligiga asoslanadi (syllable-timed rhythm).
So‘z ma’nosining shaklanishida urg‘u muhim ahamiyatga ega. So‘zning urg‘uli yoki urg‘usiz aytilishi
jumla ma’nosini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ma’no jihatdan muhim sanalgan so‘zni alohida ajratib
ko‘rsatish logik (mantiqiy) urg‘u deyiladi. Logik urg‘u gapdagi istalgan so‘zga tushishi mumkin. Logik urg‘u
hamma tillarga xos hodisadir.
Intonatsiya (melodika) ham ma’no o‘zgartirish xususiyatiga ega. Intonatsiya – bu jumla talaffuz
etilganda intonatsion ohangning balandligi modulyatsiyasidir (o‘zgarishidir). “Modomiki tildan foydalanish
erkinligi nihoyatda chegaralangan ekan, melodiya tabiati va mazmuni bilan ma’lum bir darajada tildan-tilga
ko‘chadigan hodisalar qatoriga kirmaydi” (A.Martine,1963, c.433) Har holda har bir tilda har qanday gap turi
o‘ziga xos intonatsiya bilan aytiladi. Sintagmaning birinchi urg‘uli bo‘g‘indan oxirgi bo‘g‘inga qarab
ohangning pasayish holati ingliz tili uchun xos bo‘lsa, rus tili o‘zgarib turuvchi intonatsion strukturasi bilan
ajralib turadi.
Intonatsiya nutqda turli funktsiyalarni bajaradi. Ularning eng asosiylaridan biri – uning sintaktik
funktsiyasidir. Bir xil sintaktik strukturaga ega bo‘lgan jumla o‘zining melodik xususiyatiga ko‘ra turli
ma’nolarni anglatishi mumkin. Masalan: Он не пришёл. Он не пришёл? Он не пришёл!
Bundan tashqari nutqning emotsional rang-barangligi ham intonatsiyaga bog‘liqdir. Sintaktik
melodika singari emotsional melodika ham turli tillarda o‘ziga хos hususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. “Gap
melodikasi ham o‘zining sintaktik, morfologik va boshqa хususiyatlari bilan bir qatorda boshqa bir necha
tillar bilan taqqoslaymizanda hisobga olinishi kerak bo‘lgan belgilar majmuiga kiradi. Intonatsiyaga qarab
so‘zni eshitmagan holda qaysi tilda gapirayotganliklarini aniqlash mumkin” (M .I.Matusevich,1948, c.76)
Rus va ingliz tillari fonologik sistemasini taqqoslashga qisqacha xulosa qilib shuni aytish mumkinki,
tadqiq qilinayotgan tillarning turli genetik guruhlarga tegishli bo‘lishiga qaramay ularda anchagina tipologik
o‘xshash xususiyatlar borligi ma’lum bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |