T. Bushuy, F. Ruzikulov qiyosiy tipologiyaning dolzarb muammolari ma’ruzalar matni



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/58
Sana28.12.2020
Hajmi0,75 Mb.
#53951
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58
Bog'liq
qiyosiy tipologiya dolzarb muammolar (1)

Tayanch so‘z va iboralar 

So‘z yasash, so‘z hosil qilishda asosiy usullar va vositalar, konversiya 



Savol va topshiriqlar 

1. So‘z yasalish deb nimaga aytiladi? 

2. So‘z yasalish borasida V.V.Vinagradov qanday fikrlarni olg‘a suradi? 

3. So‘z yasalishda, asosan, qanday usullar mavjud? 

4.  Konversiya nima? 

5.  Konversiya nima uchun so‘z yasashning leksik-morfologik usuliga kiritiladi? 

 

 

Ma’ruza 5 



So‘z yasash tipologiyasi: Prefiksаtsiya. Suffiksatsiya. Kompozitsiya. 

 

Reja 



1.  Prefiksatsiya mohiyati. 

2.  Prefikslarning semantik xususiyatlari. 

3.  Prefikslar yordamida ot va fe’llarning yasalishi. 

4.  Suffiksatsiya-prefiksatsiya so‘z yasash usuli. 

5.  Qo‘shma so‘zlar tuzilishini qiyoshlash. 

6.  Qo‘shma so‘zlar sistemasi umumiy tavsifi. 



Prefiksatsiya 

Prefiksatsiyada suffiksatsiyadek o‘zakka qo‘shish orqali  emas, balki so‘z  yasashda prefiks butun bir 

so‘zga qo‘shish orqali yangi so‘z yasaladi. Prefikslar yordamida bir xil so‘z turkumiga taalluqli bo‘lgan yangi 

so‘zlar  yasaladi:  otlardan  otlar  (ученик-соученик),  fe’llardan  fe’llar  (готовить  -  приготовить)  yasaladi  va 

hokazo. 

Agar suffiksatsiya ot so‘z turkumiga tegishli bo‘lgan so‘zlarni yasashga xos bo‘lsa, prefiksatsiya ingliz 

tilida ham, rus tilida ham fe’llarni yasashda mahsuldor vosita hisoblanadi. Pefiks yordamida yasalgan otlar va 

sifatlar soni juda kam. 

Semantik  belgisiga  ko‘ra  prefikslarni  bir  necha  guruhga  bo‘lish  mumkin.  Inkor  va  qarama-qarshilik 

ma’nolarini  o‘zida  mujassamlashtirgan  prefikslar  son  jihatdan  ko‘pchilikni  tashkil  etadi.  Ulardan  keyin  son 

jihatdan zamon va makon munosabatlarini hamda ish-harakatning takrorlanishini ifodalovchi prefikslar turadi.  

Har  bir  til  o‘z  prefikslаriga  hamda  boshqa  tildan  o‘zlashtirgan  prefikslariga  ega.  Kirib  kelgan 

prefikslarning bir qismi  (roman va  grek tillariga  tegishli  bo‘lgan)  baynalminal  xarakterlidir. Shuning uchun 

ular  ham  rus  tilida,  ham  ingliz  tilida  o‘z  aksini  topgan.  Bular  quyidagi  ot  yasobchi  prefikslarlardir:  anti  – 

(anticyclone, антифашист), ultra – (ultramodern, ультрафиалетовый), a – (anomalous, аморальный), inter – 

(internationak, интерполяция) va hokazo. 

Ingliz tilidagi ko‘pgina ot yasovchi prefikslar leksik jihatdan rus tilidagi prefikslarga mos keladi: in-, 

un-,  не  –  (unpleasant  -  неприятный),  pre-  ,  до-  (prehistoric  -  доисторический),  sub-,  под-  (subdivision  - 

подразделение),  past-,  после-  (postwar  -  послевоенный),  counter-,  противо-  (counterbalance  - 

противовес). 

Fe’l  prefikslari  sistemasi  har  bir  tilda  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega.  Ingliz  tilida  fe’l  yasovchi 

mahsuldor  prefikslarga  quyidagilarni  kiritish  mumkin:  de-  (deform,  detune),  dis-  (dislike,  disapprove),  un- 

(unfasten, unfold), mis  – (mistrust, misjudge), re- (rewrite, re-elect), up- (uplift, uprise), under  – (underline, 

underrate), over- (overcloud, overdo) va hokazo. 




Prefikslar yordamida fe’l yasash nafaqat ingliz tilida mahsuldor bo‘lmay, u rus tilida ham mahsuldor 

hisoblanadi.  Ammo  rus  tilining  farqli  tomoni  shundan  iboratki,  pefikslar  yordamida  biror  old  qo‘shimcha 

ishlatilmagan fe’ldan leksik  ma’nosida qo‘shimcha ma’no ottenkasi  paydo bo‘ladigan  yangi  fe’l  (ko‘pincha 

bir  qator  fe’llar)  yasash  mumkin.    Masalan:  рус.  бежать  –  вбежать,  взбежать,  выбежать,  добежать, 

забежать, отбежать, перебежать, побежать, прибежать пробежать, сбежать, убежать. 

Umuman  olganda,  rus  tilida  prefiksatsiya  so‘z  yasash  vositasi  singari  suffiksatsiyadek  ingliz  tilidan 

shaklining turli-tumanligi va ko‘pligi bilan farq qiladi. 


Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish