Bo‘g‘inning mohiyati va chegarasi kabi masalalar fonetikaning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi.
Bo‘g‘in odatda ikki jihatdan farqlanadi: fiziologik va akustik. Fiziologik jihatdan bo‘g‘in tashqariga ma’lum
bir kuch bilan chiqarilayotgan havo yordamida talaffuz qilinadigan bir yoki bir necha tovushdan iboratdir.
Akustik jihatdan esa bir tovush boshqa tovushlarga nisbatan o‘zining jarangliligi bilan ajralib turadi.
Odatda unli fonemalar monoftonglar ham diftonglar ham bo‘g‘in yasaydi. Rus tilida bo‘g‘in, asosan,
unli fonemalarsiz mavjud bo‘lmaydi. Lekin ingliz tilida bo‘g‘in yasashning farqli tomoni shundaki, unlilardan
tashqari l, n, ba’zi holatlarda m o‘zining oldidan kelgan undosh bilan bo‘g‘in yasashi mumkin. Masalan: table
[tei-bl], garden [ga:-dn], rhythm [ri-ðm], curtain [kз:-tn] va hokazo. Rus tilida so‘z oxirida kelgan bo‘g‘in
tarkibida ikki undosh qo‘llanilishi mumkin. (rus. Вопль, песнь, жизнь). Lekin undosh bo‘g‘in yasovchi
O‘z tuzilishiga ko‘ra bo‘g‘inlar ochiq (bo‘g‘in hosil qiluvchi tovush bilan tugaydigan) va yopiq
(bo‘g‘in hosil qilmaydigan tovush bilan tugaydigan) bo’g’inlarga ajratiladi: кни-га, де-ре-во, там, бан-тик.
Shu narsani esda tutish kerakki, ingliz tilidagi cho‘ziq monoftong va diftonglar yopiq bo‘g‘inda ham
ochiq bo‘g‘inda ham uchraydi: be [bi:], beat [bi:t], may [mei], mine [main]. Qisqa unlilar esa, ba‘zi birlaridan
tashqari, faqat yopiq bo‘g‘inlarda keladi: lot [lot], book [buk], cup [kΛp].
Yopiq bo‘g‘in ko‘proq ingliz tili uchun xarakterlidir. Amalga oshirilgan statistik tahlil
taqqoslanayotgan tillarda ochiq va yopiq bo‘g‘inlar nisbati haqida aniq xulosa qilishga imkon beradi.
Material yig‘ish (hozirgi ingliz va rus yozuvchilarining asarlaridan 2000 tadan so‘z olindi) uzluksiz,
yalpi tanlash metodi asosida olib borildi (yuklamalar, predloglar, bog‘lovchilar, artikllar hisobga olinmadi).
Ochiq va yopiq bo‘g‘inlarning o‘rtacha ishlatilish chastotasini aniqlab, ingliz tilida ochiq bo‘g‘in 63%, yopiq
bo‘g‘in 37 %ni tashkil etishi aniqlandi. Rus va ukrain tillarida esa teskari holat kuzatildi: ochiq bo‘g‘inlar 66
va73 %ni, yopiq bo‘g‘inlar esa 34 va 27 % ni tashkil qildi.
Olingan so‘z formalaridagi bo‘g‘inlar sonini sanash taqqoslanayotgan tillarda qanaqa bo‘g‘in tuplari
mavjudligi haqidagi savolga javob berishga imkon yaratdi. Ingliz tili ko‘proq bir bo‘g‘inli so‘zlardan tashkil
topganligi aniqlandi. Ingliz tilida har bir 100 ta so‘zga 56 ta bir bo‘g‘inli so‘z to‘g‘ri kelsa, rus tilida esa
ularning soni 10 taga to‘g‘ri keladi..Taqqoslashda qulaylik yaratish uchun bir, ikki, uch, to‘rt, besh va undan
ortiq bo‘g‘inli so‘zlarning tillarda o‘rtacha ishlatilish chastotasi jadvalini keltiramiz.
Jadval 3. Bo‘g‘in turlariga ajratish
Tillar
Bo‘g‘inlar soni
1
2
3
4
5
6
Ingliz tili
55,6
30,1
11,0
2,7
0,6
-
Rus tili
10,1
38,0
29,5
15
5,7
1,7
Shunday qilib, aytish mumkinki, ingliz tilida yopiq bo‘g‘inlarning katta salmoqqa ega ekanligi unda
bir bo‘g‘inli so‘zlarning ko‘pligidandir. Rus tilida esa bu aksincha bo‘lib, ikki va uch bo‘g‘inli so‘zlar
sonining ko‘pligi unda ochiq bo‘g‘inli so‘zlar sonining ko‘pligi bilan izohlanadi. Qiyoslanayotgan tillarda
bo‘g‘inlar xarakteri bilan so‘zlarning uzunligi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik borligi kuzatiladi.
Tipologik nuqtai nazardan bo‘g‘inga ajratish usullarini taqqoslash ham katta qiziqish uyg‘otadi.Odatda
bo‘g‘inga ajratilganda bo‘g‘in chegarasida undosh harf turadi: ingl. later [lei-t∂]; rus. пo-гo-дa. Bo‘g‘inga
ajratishda so‘zning orfografik ko‘rinishini emas, balki uning aniq zarb bilan aytilishini ham hisobga olishimiz
kerak. Rus tili uchun bo‘g‘inga ajratishning asosiy qonunlaridan biri – bu ko‘tariluvchi ohang bilan aytilish
qonunidir. Ya’ni, bo‘g‘indagi tovushlar kuchsiz zarb bilan aytiluvchilardan kuchli zarb bilan aytiluvchilarga
qarab joylashadi. Masalan: rus: па-трон, ма-сло, кар-та, вой-на.
Ingliz tilida esa so‘zlarni bo‘g‘inga ajratishda unlilarning cho‘ziqlik va qisqaligi bilan bog‘liq boshqacha
vaziyat kuzatiladi. Bo‘g‘inning fonetik chegarasi cho‘ziq unlidan keyinga o‘tib, undan keyin kelgan undosh yangi
bo‘g‘in hosil qiladi. Agar unli qisqa bo‘lsa, u holda undosh ushbu unliga qo‘shilib keladi. Taqqoslaymiz: farmer
[fa:-m∂], water [wo:-t∂], ruby [ru:-bi], boozy [bu:-zi], naughty [no:-ti], forty [fo:ti], lekin funny [fΛn-i], body [bod-
i], busy [biz-i], city [sit-i], money [mΛn-i], letter [let-∂]. Yuqoridagi birinchi holatda avval ochiq bo‘g‘in, keyin esa
yopiq bo‘g‘in yasalyapti.
Rus tilida bunday holatlarda ochiq bo‘g‘in keladi: rus. во-да, си-то, ре-ка, мя-та.
Rus tilida bo‘g‘in chegarasi unlidan keyin, undoshdan oldin o‘tadi. Ushbu hodisa taqqoslanayotgan
tillarda bo‘g‘in tuzilishidagi asosiy farqlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: