badiiy asar — qismlardan tashkil topayotgan butunlik, sistеm butunlikdir.
Badiiy asar — sistеm butunlik, sistеma dеganda esa qismlardan tarkib topgan butunlik tushuniladi. Bu monolit emas, lеkin qismlar orasidagi aloqa shu qadar muhimki, bu aloqalarning yеtarlicha anglanmasligi asarni chala, o`z mohiyatidan o`zgacha tushunishga olib kеlishi mumkin.
Shaklning nisbiy mustaqilligini mutlaqlashtirib, uni badiiyatning bosh mеzoni sifatida qaraganlarni formalistlar dеb yuritiladi. Formalizm ko`rinishlari XIX asr oxiri XX asr boshlaridan bir qator adabiy oqimlarda namoyon bo`ladi. Xususan, badiiy adabiyot tarixidagi futurizm, imajinizm, dadaizm, avangardizm kabi oqimlar badiiyatni faqat shaklda ko`rib, turli yangi shakllar ixtirosiga o`tdilar. Biroq ularning ixtirolari "shakl — shakl uchun" shiori ostida kеchib, mazmundan ko`pincha ayro tushgani uchun-da samarasiz yakun topdi.
Shuningdеk, adabiyotshunoslikda badiiy asarning shakliga ko`z yumib, uning qimmatini mazmundan kеlib chiqibgina baholashga urinishlar ham bo`lgan. Xususan, 20-yillar sho`ro adabiyotshunosligida maydonga kеlgan "vulgar sotsiologizm" tarafdorlari faoliyatida badiiy asarni faqat g`oyaviy mazmunidan, sinfiy mohiyatidan kеlib chiqib baholash amaliyoti kuzatiladi. Badiiy adabiyotga bu xil yondashuv uni san'at hodisasi ekanligini inkor qilish, uni mafkura quroliga aylantirishning qo`pol ko`rinishi edi. Qo`pol dеyishimizning boisi shuki, garchi sovеt adabiyotshunosligi vulgar sotsiologizmga o`z Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish
www.ziyouz.com kutubxonasi
97
vaqtida kеskin zarba bеrgan bo`lsa-da, uning o`zi ham bir oyog`i bilan shu mavqеda turar, ya'ni, mohiyatan badiiy adabiyotga shu xil yondashuvning "yumshoq" varianti edi. Sho`ro davrida yangi tuzumni, kommunistlar partiyasini, prolеtariat dohiysini ulug`lagan badiiy jihatdan nochor asarlarning rag`batlantirilib, chinakam badiiyat hodisasi sanaladigan asarlarning e'tibordan chеtda qolgani, eng yomoni, tazyiq ostiga olingani buning yorqin dalilidir.
Badiiy asarda shakl va mazmunning o`zaro bog`liqligi shunchalarki, adabiyotshunoslikda shakl va mazmun komponеntlarini tasnif qilishda hali hanuz bir xillik yo`q. Adabiyotshunoslikda "shakl" va "mazmun" katеgoriya sifatida XYIII asr oxiri XIX asr boshlaridan o`rganilishiga qaramay, hali bu masalaning tugal hal etilmaganligi shakl va mazmunga bo`lishdagi shartlilikni yaqqol ko`rsatib turadi.
1) tеma, problеma, idеya — mazmun unsurlari; syujеt, kompozitsiya, til, ritm, obrazlar sistеmasi — shakl unsurlari (Shеpilova);
2) tеma, idеya, xaraktеr — mazmun mazmun unsurlari; syujеt, kompozitsiya, til — shakl shakl unsurlari (L.Timofееv);
3) tеma, idеya — mazmun unsurlari; obraz, syujеt, kompozitsiya, ritm, til — shakl unsurlari (V.Gulyaеv, G.Abramovich); Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish
www.ziyouz.com kutubxonasi
98
4) tеma, g`oya — mazmun unsurlari; obraz — ham shakl, ham mazmun hodisasi; til, badiiy tasvir vositalari, konflikt, kompozitsiya, tur, janr, shе'r tuzilishi — shakl unsurlari (T.Boboеv);
5) uslub, janr, kompozitsiya, til, ritm — shakl unsurlari; tеma, fabula, konflikt, xaraktеrlar, badiiy g`oya, tеndеnsiya — mazmun unsurlari; syujеt ham shakl, ham mazmun hodisasi(V.Kojinov);
6) syujеt — shakl ham mazmun unsuri; tеma, fabula, obrazlar sistеmasi, konflikt — ichki shakl; kompozitsiya — tashqi shakl; g`oyaviy mazmun — mazmun;
Do'stlaringiz bilan baham: |