T azimov, U. E. Raxmatov organik olamning rivojlanishi va antropologiya (ii-qism)


Odam hulq-atvorining genetik asoslari



Download 1,17 Mb.
bet28/166
Sana23.01.2022
Hajmi1,17 Mb.
#404070
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   166
Bog'liq
A

Odam hulq-atvorining genetik asoslari. Odam xulq-atvori hayvonlar fe’l- atvoridan qanday jihatlari bilan farq qiladi degan masalaga e’tiborni qaratmoq kerak. Ma’lumki odamlar eng yuksak darajada rivojlangan hayvonlardan o‘zining aql-zakovati, fahm-farosati bilan farqlanadi. Itlar, maymunlar, delfinlar so‘zni tushunishlari, tana harakatli tuyg‘uni ifodalash orqali o‘z hohishlarini bildirishlari mumkin. Lekin ular tushunib, fikrlash qobiliyatiga ega emaslar ya’ni ularda narsalarning asosiy xossalari to‘g‘risida abstrakt tasavvur shakllanmaydi. Agar hayvonlarning fikrlashi haqida gap ketsa hamma vaqt uning konkret ekanligini ulardan farqli ravishda insonlarda mavxum umumlashgan, tushunarli, mantiqiy fikrlash rivojlanganligini qayd etish zarur. To‘g‘ri, yuksak darajada rivojlangan hayvonlar bilan odam fe’l-atvori o‘rtasida juda ko‘p o‘xshashliklar bor. Masalan, maymunlar xursand, xafa, g‘am-g‘ussa, ayb ish qilganligini tuyg‘u orqali ifodalaydilar. Yuksak hayvonlarda qiziquvchanlik, diqqat, xotira, xayol hamda hulq-atvorning murakkab shakllari mavjud bo‘lsada, odam biror ish qilishdan oldin uni qanday bajarish rejasini tuzadi. Binobarin odam tushunib fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishi sababli nima qilayotganini biladi. Odamlar hulq- atvori bilan hayvonlar fe’l-atvoridagi ikkinchi tafovut odamlarda ikkinchi signal sistemasi - nutqning taraqqiy qilganligidir.

Hayvonlar bir-birlari bilan tovush signallari yordamida, odamlar esa so‘z orqali aloqada bo‘ladilar. Odamlar hulq-atvorining hayvonlar fe’l- atvoridan uchinchi farqi mehnat sanaladi. To‘g‘ri ayrim hayvon turlari ham «mehnat» qiladilar. Ular o‘zlari uchun in, uya yasaydilar, o‘rgimchaklar to‘r «to‘qiydilar», maymunlar tayoq yordamida mevalami oladilar yoki ozuqalarini suvga chayib iste’mol qiladilar. Lekin hayvonlar mehnat qurollarini yasash qobiliyatiga ega emaslar. Ular atrofdagi muhitga moslashadilar holos, odamlar esa uni o‘zgartiradilar. Shu ma’noda odamni mehnat yaratgan deb aytish mumkin. Shunga qaramay odam hulq-atvori va hayvonlar fe’l-atvori genlarga, xromosomalarga bogdiqligirn ta’kidlash joiz. Hayvonlarning fe’l-atvori genlarga bogdiq ekanligi drozofila meva pashshasida olib borilgan kuzatishlar, tajribalar misolida yuqorida yoritildi.




Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish