Yuksak maymunlar turkumi. Mazkur kenja turkumga keng burunli (Amerikada yashaydi) va tor burunli (Afrika, Osiyoda yashaydi) maymunlar kiradi. Amerikada yashaydigan maymunlarning burun kataklari keng bo’lib, ular o’rtasida tog’ayli to’sig’i bor. Burun kataklari tashqariga qaragan bo’ladi. Afrika, Osiyo mamlakatlarida yashaydigan maymunlarning burun kataklari ensiz, tor bo’lib, teshiklari pastga yo’nalgan. Barcha maymunlarning barmoqlarida tirnoqlari bo’ladi. Ko’zlari boshining oldingi tomonida joylashganligii sababli narsalarni ikki ko’zi orqali ko’radi va narsalar hajmini ungacha bo’lgan masofani hamda rangni boshqa hayvonlarga qaraganda yaxshi aniqlaydi.
Barcha maymunlarning barmoqlarida yassi tirnoqlari bo’lib, ko’z chuqurchasi peshona chuqurchasida ajralgan, ularning bilaklarini oralig’i suyak devori bilan ajralgan. Maymunlarning yuzida hid bilish organi ma’lum darajada reduksiyaga uchragan. Maxsus ta’m bilish organlari ham ma’lum miqdorda reduksiyaga uchragan. Faqat uch juft ko’z usti, yuqorigi va pastki jag’ sezgi organlari saqlangan. Yuzdagi sezgi organlarining reduksiyasi bilan kaft va tovondagi sezgi organlari yaxshi rivojlangan. Odamga o’xshash yuksak maymunlar kenja turkumiga keng burunli maymunlar katta oilasi ham kiradi. Ularning dumi uzun bo’lib, ba’zilarida changalsimon ushlaydigan bo’ladi. Ular kunduzi faol bo’ladilar va to’da bo’lib yashaydilar. Ular Markaziy va Janubiy Amerikada yil davomida urchiydilar.
Bu katta oila o’z navbatida ikki oilaga: o’ynaqi maymunlar va sebidi maymunlar oilalariga bo’linadi.
1) O’ynaqi maymunlar oilasini vakillari juda kichik gavdali. Ulaming eng yirigi arslon o’ynaqi maymuni bolib gavda hajmi 450 - 550 gr. Gavdasining uzunligi 22 - 37sm, dumi esa 30 - 36sm, karlik o’ynaqi maymunning gavda uzunligi 22 - 37 sm bo’ladi. O’ynaqi maymunlar ba’zan olmaxonsimon maymunlar ham deb ataladi. Bu maymunlarning barmoqlaridagi yon tomon bukilgan tirnoqlari o’tkir. Bashmaldoq boshqa barmoqlarga qarama - qarshi emas. Orqa oyoqlari oldingi oyoqlarga nisbatan uzun. Dumi uzun mayin yungli ushlovchi emas. Ko’zlari katta, afti qisman yungsiz. Miya po’stlog’i tekis egatlarsiz. Yungi yumshoq kulrang, qizil, qo’ng’ir, oltin rangacha bo’ladi, sut bezlari ikkita. O’ynaqi maymunlardan oddiy o’ynaqi maymunlarning 8ta turi bor. Ular Amazonka daryosini janubida, Braziliyaning seryomg’ir ekvatorial o’rmonlarida yashaydi. Doimo daraxtdan daraxtga o’tib hayot kechiradi. Dumidan muvozanat organi sifatida foydalanadi. Ba’zan oyoqlariga osilgan holda yotadi. Daraxt kovaklarida kechasi uxlaydi 3 - 8 ta ba’zan ko’proq bo’lib oila bo’lib yashashadi. O’ynoqi maymunlar hasharotlar, mevalar bilan oziqlanadlar. O’ynoqi maymun turlari o’zaro tana, dum, quloq va yuzlarining rangi bilan farqlanadilar. Ko’pchiligining quloqlarida uzun yunglar bo’lib, ular oq, qora va sariq ranglidir.
Sebidi oilasiga kiruvchi maymunlarning gavda hajmi o’rtacha va uzun oyoqlidir. Dumlari ham uzun ilashuvchi yoki ushlaydigan, tirnoqlari bor. Oyog’ining bosh barmog’i yaxshi rivojlangan, qo’lining bosh barmoqlari esa kalta, ba’zilarida reduksiyaga uchragan. Sebidilar to’rt oyoqlab yuradilar va oyoq, qo’l panjalariga tayanadilar. Yungi qalin rangi turlichadir. Bir juft sut bezlari bo’lib, bittadan bolalaydi. Bu maymunlar Markaziy va janubiy Amerikada yashaydilar. Doimo daraxtda poda bo’lib faol hayot kechiradilar.
Sebidi oilasi - tungi maymunlar, shayton maymunlar, revun maymunlar va o ’rgimchaksimon maymunlar kenja oilalariga bo’linadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |