eukariotlar kenja olami;
hayvonot dunyosi;
ko‘p hujayralilar kenja dunyosi;
ikki tomonlama simmetriyalilar bodimi;
ikkilamchi ogdzlilar kichik bodimi;
xordalilar tipi;
umurtqalilar kenja tipi;
sut emizuvchilar sinfi;
tirik tug‘uvchilar kenja sinfi;
yoddoshlilar kichik sinfi;
tor burunli maymunlar seksiyasi;
odamsimonlar kenja turkumi;
odamlar oilasi;
odamga o‘xshash maymunlar katta oilasi;
gominidlar oilasi;
aqlli odam turi.
Dunyodagi barcha insonlar Homo sapiens turiga kiradi. Ularning bir turga kirishi ichki, tashqi organlarining tuzilishida, funksiyalarining o‘xshashligida bo‘lib, irqlar, millatlar orasidagi nikohlardan tug‘ilgan farzandlar normal nasl qoldirishga qodir ekanligida namoyon bo‘ladi.
Odam bilan o‘simliklar orasidagi o‘xshashliklar, odam bilan umurtqali hayvonlar o‘rtasidagi o‘xshashaliklar, odam bilan baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar, shuningdek, odamsimon maymunlar orasidagi o‘xshashliklarni asoslash kerak.
Odam bilan organik olamning boshqa vakillarining evolyutsiyasini isbotlovchi molekulyar biologik, sitologik fan dalillarini olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |