36
TABIIY – ILMIY SAVODXONLIK
BOʻYICHA
OʻQUV DASTUR
1. PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS xalqaro tadqiqotlarining mamlakatimiz
ta’lim tizimidagi ahamiyati. 3 soat
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi
tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil
etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 997-son qaroriga asosan mamlakatimizda
tashkil etiladigan xalqaro tadqiqotlar (PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS) haqida
umumiy ma’lumot. Xalqaro tadqiqotlarning natijalari tahlili (Finlyandiya,
Singapur, Rossiya, Germaniya va boshqa mamlakatlar misolida). Ta’lim
sifatiga ta’sir koʻrsatuvchi omillar. Malakali oʻqituvchi – sifatli ta’lim kafolati.
Xalqaro tadqiqotlarda munosib ishtirok etishda tabiiy yoʻnalishdagi fan
oʻqituvchilarining vazifalari.
Amaliy mashgʻulot:
“Issiqxona samarasi”, “Genetik modifikatsiyalangan
ozuqa”
Mustaqil ish:
“Meri Montegyu”, “Jismoniy mashqlar”
2. Baholash nazariyasining asoslari. Xalqaro va milliy baholash.
3 soat
Baholash maqsadlari. Baholash turlari. Baholash mezonlari. PISA
xalqaro tadqiqotining asosiy yoʻnalishlari (oʻqish savodxonligi, matematik
savodxonlik,
tabiiy-ilmiy savodxonlik, kreativ fikrlash) haqida umumiy
ma’lumot (ta’rifi, tavsifi, maqsadi). Tabiiy-ilmiy savodxonlik tushunchasining
ta’rifi, mazmun-mohiyati.
Amaliy mashgʻulot:
Standart va interfaol PISA topshiriqlarini bajarish,
ularni tahlil qilish (“Asalari oilalarining nobud boʻlish sindromi”, “Issiq havoda
yugurish” topshiriqlari misolida har bir savol tabiiy-ilmiy savodxonlikning
qaysi kompetensiyasi, koʻnikmani baholashini aniqlash).
Mustaqil ish:
“Bioxilma-xillik”, “Veneraning tranziti” topshiriqlarini
bajarish hamda har bir savol tabiiy-ilmiy savodxonlikning qaysi kompetensiyasi
koʻnikmani baholashini aniqlash.
3. PISA topshiriqlari – tabiiy ilmiy savodxonlikni baholash vositasi.
3 soat
PISA topshiriqlarining oʻziga xos jihatlari, topshiriqlarning toifalar
boʻyicha tasniflanishi (kontekst, ilmiy bilish turlari, savolning qiyinlik va
kognitiv
darajalari, savol formatlari).
37
Amaliy mashgʻulot:
“Semmelvays kundaligi”, “Boshqariluvchi
koʻzoynaklar” topshiriqlarini bajarish hamda ularni kontekst, ilmiy bilish
turlari, savolning qiyinlik va kognitiv darajalari, savol formatlari nuqtai
nazaridan tahlil qilish.
Mustaqil ish:
“Tamaki chekish zarari”, “Non uchun xamir” topshiriqlarini
bajarish hamda kontekst, ilmiy bilish turlari, savolning qiyinlik va kognitiv
darajalari, savol formatlarini tahlil qilish.
4. Tabiiy-ilmiy savodxonlik modeli. 3 soat
PISA tadqiqotining tabiiy-ilmiy savodxonlik modeli bilan tanishish.
Oʻquvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni shakllantirish va rivojlantirishda
fanga boʻlgan munosabat (tabiiy
fanlarga qiziqish, tadqiq etilayotgan
masalaga “Bo‘y”, ilmiy yondashish, ekologik muammolardan xabardorlik)
ni shakllantirishning ahamiyati. Tabiiy-ilmiy savodxonlikning oltita darajasi,
ularning ta’rifi va tavsifi.
Amaliy mashgʻulot:
“Barqaror baliqchilik xoʻjaligi”, “Kislotali
yomgʻirlar” topshiriqlarini bajarish va tahlil qilish.
Mustaqil ish:
“Vulqon otilishlari”, “Yonilgʻi qazilma boyliklari”
topshiriqlarini bajarish va tahlil qilish.
5. Oʻquvchilarda hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish
kompetensiyasini shakllantirish, rivojlantirish va baholash yoʻllari. 3
soat
“Sichqonlarning chechak kasalligi”, “Grand Kanyon” PISA topshiriqlari
misolida hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyasi va
koʻnikmalar, ularni shakllantirishga qaratilgan usullar, oʻquv topshiriqlari
bilan tanishish.
Do'stlaringiz bilan baham: