T. A. Ochilov, B. B. Axmedov, S. U. Patxullayev, F. R. Taniberdiev, sh. S. Mengnarov



Download 14,46 Mb.
bet30/134
Sana31.12.2021
Hajmi14,46 Mb.
#279814
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   134
Bog'liq
Tikuvchilik materialshunosligi

Oddiy yoki bosh о‘rilishlar. Oddiy о‘rilishlar sinfiga polotno, sarja va satin (atlas) о‘rilishlari kiradi. Barcha oddiy о‘rilishlarga xos umumiy xususiyatlar shundaki, tanda bо‘yicha rapport arqoq bо‘yicha rapportga teng bо‘ladi, bitta rapport ichida har bir tanda ipi har bir arqoq ipi bilan faqat bir martagina о‘rilishadi.

Polotno о‘rilish - tо‘quvchilik gazlamalari ichida eng oddiy va kо‘p tarqalgan о‘rilish bо‘lib, tanda va arqoq bо‘yicha rapporti ikki ipga teng. Rapportda tanda va arqoq iplari navbatma-navbat gazlamaning о‘ng tomoniga chiqadi (1.53-rasm). Masalan, toq tanda iplari toq arqoq iplari ustidan qoplab о‘tsa, juft tanda iplari juft arqoq iplari ustidan qoplab о‘tadi. Polotno о‘rilishda tanda iplari arqoq iplari bilan juda yaxshi bog‘lanadi, natijada gazlamalar mustahkam, о‘ng va teskarisi bir xil, tekis va sutrang bо‘ladi. Agar polotno о‘rilishda tanda iplari arqoqqa qaraganda ingichka bо‘lsa, gazlamada kо‘ndalang yо‘llar hosil bо‘ladi (poplin, tafta va boshqa gazlamalar). Bunday о‘rilish soxta reps deb ataladi.





1.53-rasm. Polotno о‘rilishi.

Polotno о‘rilish ip gazlamalar (chit, batist, polotno va boshqalar), zig‘ir tolali gazlamalar (bortovka, polotno, parusina va boshqalar), ipak gazlamalar (krepdeshin, krep-shifon, krep-jorjet, polotno va boshqalar), jun gazlamalar (ba’zi kо‘ylaklik va kostyumlik gazlamalar) tо‘qilishida ishlatiladi.

Sarja о‘rilishli gazlamalarning о‘ziga xos tomoni shundaki, ularning о‘ng tomonida diagonal bо‘ylab ketgan yо‘llar bо‘ladi. Bu diagonal yо‘llari gazlamalarning о‘ngida odatda chapdan о‘ng tomoniga pastdan yuqoriga (о‘ng sarja), ba’zan esa о‘ngdan chapga qarab ketadi (chap sarja). О‘ng sarja о‘rilishi kо‘proq ishlatiladi. Sarja rapportidagi iplar soniga, hamda tanda va arqoq zichligiga qarab sarja о‘rilishidagi yо‘llarning qiyalik burchagi har xil bо‘lishi mumkin. Agar tanda va arqoq iplarining zichligi va yо‘g‘onligi bir xil bо‘lsa, sarja yо‘llarining qiyalik burchagi 450 ni tashkil qiladi (1.54-rasm).

Sarja о‘rilishining tuzilishi quyidagilarga bog‘liq: rapportdagi iplarning soni uchtadan kam bо‘lmaydi: Rmin=3; har bir tanda yoki arqoq qoplanish har mahal bitta ipga siljiydi: Z=1. Ana shu siljish tufayli gazlama yuzasida diagonallar paydo bо‘ladi. Sarja о‘rilishlari kasr bilan belgilanadi. Uning suratida rapportning har qaysi qatoridagi tanda qoplanishlarning soni, maxrajda-arqoq qoplanishlarning soni kо‘rsatiladi. о‘rilishning rapportdagi iplar miqdori Shu sonlarning yig‘indisiga teng. Agar gazlamaning о‘ngida tanda iplari kо‘p bо‘lsa, bu о‘rilish tandali sarja о‘rilish deb ataladi. Agar gazlamaning о‘ngida arqoq iplari kо‘p bо‘lsa, bu о‘rilish arqoqli sarja о‘rilishi deb ataladi. Tandali sarjalar 2/1, 3/1, 4/1 va arqoqli sarjalari esa 1/2, 1/3,1/4 va hokazo deb belgilanadi. Odatda ipak tandali va ip arqoqli yarim ipak gazlamalar tandali sarja о‘rilishda tо‘qiladi. Tandasi paxta ip, arqog‘ini jun ip tashkil qilgan yarim jun gazlamalar arqoqli sarja о‘rilishda tо‘qiladi.





1.54-rasm.Sarja о‘rilishi.

Sarjali о‘rilish bilan tо‘qilgan ip gazlamalardan - djinsi, bumazeya, sarja, kashemir; jun gazlamalardan - triko, kashemir va yana bir qator kо‘ylaklik va kostyumlik gazlamalarni; paxta gazlamalardan - astarbop sarja, kо‘ylaklik gazlamalarni eslab о‘tsa bо‘ladi. Sarja о‘rilishli gazlamalar yumshoq, mayin, lekin polotno о‘rilishli gazlamalarga qaraganda mustahkamligi pastroq va diagonal yо‘nalishida chо‘ziluvchan bо‘ladi.

Satin va atlas о‘rilishdagi gazlamalarning о‘ng tomoni silliq bо‘ladi va tovlanib turadi, chunki bu о‘rilishlarda tanda (atlas) yoki arqoq (satin) iplari chо‘ziq qoplanishlar hosil qiladi. Satinning о‘ngini arqoq qoplanishlar atlasning о‘ngini tanda qoplanishlari tashkil qiladi (1.55-1.56-rasm).






1.55-rasm.Satin о‘rilishi.









1.56-rasm.Atlas о‘rilishi.

Satin (atlas) о‘rilishining tuzilishi quyidagicha bо‘ladi: rapportdagi iplarning soni beshtadan kam bо‘lmaydi: Rmin=5; qoplanishlarning siljishi birdan katta va 1 dan kichik bо‘ladi; rapport va siljishini kо‘rsatuvchi sonlar bir-biriga bо‘linmasligi kerak (1.55-rasm).

Keng tarqalgan satinlarning rapportlari 5,8 va 10 ga teng. Bu holda siljish sonlari quyidagicha bо‘ladi: R=5 bо‘lsa, unda Z=2 yoki Z=3 bо‘ladi; R=8 bо‘lsa, unda Z=3 yoki Z=5 bо‘ladi; R=10 bо‘lsa, unda Z =3 yoki Z=7 bо‘ladi.

Satin (atlas) о‘rilishlari kasr bilan belgilanadi. Suratda о‘rilish rapportining miqdori, maxrajda - siljish soni kо‘rsatiladi. Demak, satin (atlas)lar 5/2, 5/3, 8/3, 10/7 va hokazo deb belgilanadi.

Satin о‘rilishi keng tarqalgan satin nomli paxta materialini ishlab chiqarganda qо‘llaniladi. Atlas о‘rilishi lastik, tik-lastik paxta materiallari, satin-dubl, xon-atlas va boshqa ipak materiallari, kо‘pgina astarlik ipak va yarim ipak materiallarni ishlab chiqarishda ishlatiladi.


Download 14,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish