1.4-§. Gazlamalarning tuzilishi, tarkibi va xossalari
Tikuvchilik gazlamalarining tuzilishi tanda va arqoq iplarining о‘zaro о‘rilishi va aloqasi bilan belgilanadi. Tikuvchilik gazlamalarining tashqi kо‘rinishi, xossalari va nimaga ishlatilishi uning tuzilishiga bog‘liq bо‘ladi.
Cazlamalarning tuzilishini ifodalovchi kо‘rsatkichlaridan biri zichligi bо‘lsa, ikkinchisi ularning о‘rilishidir. Cazlamaning zichligi uning uzunlik birligiga, odatda, 100 mm ga tо‘g‘ri keladigan iplar soni bilan belgilanadi. Bu kо‘rsatkich haqiqiy zichlik deb ataladi va Zt-tanda bо‘yicha, hamda Za-arqoq bо‘yicha deb belgilanadi. Cazlamaning tanda va arqoq bо‘yicha zichligi bir-biridan farq qilsa bunday cazlamalar zichligi notekis cazlama deb ataladi. Bir-biriga teng bо‘lsa, zichligi bir tekis Material deb ataladi. Odatda cazlamalarda tanda bо‘yicha zichligi arqoq bо‘yicha zichligiga qaraganda kattaroq bо‘ladi. Lekin ba’zi cazlamalarda (satin, poplin kabi) aksincha ham bо‘ladi.
Haqiqiy zichlik cazlamani hosil qiluvchi iplarning yо‘g‘onligiga bog‘liq bо‘ladi. Cazlamalarni zichlik bо‘yicha taqqoslash uchun maksimal va nisbiy zichlik tushunchalari kiritilgan.
Cazlamaning maksimal zichligi shunday shartli zichlikki, unda barcha iplarning diametri bir xil va ular bir-biriga bir tekis tegib turadi deb qabul qilingan.
Nisbiy zichlikni ifodalovchi raqam gazlamaning iplar bilan tо‘lganlik darajasi haqida tasavvur olishga va gazlamaning zichligini taqqoslab kо‘rishga imkoniyat beradi. Nisbiy zichligi yuqori bо‘lgan gazlamalarni tikish qiyin, chunki tikish paytida igna iplarni uzib yuborishi mumkin. Bunday gazlamalarni dazmollash qiyin, chunki zichligi oshib ketsa, gazlama og‘irlashadi, qattiqlashadi. Shuning bilan birga gazlamalarda uzilish va ishqalanishga chidamligi oshadi, havo о‘tkazuvchanligi kamayadi. Nisbiy zichligi kichik bо‘lgan gazlamalar yengil bо‘ladi, havo va bug‘ni yaxshi о‘tkazadi. Ulardan tikilgan buyumlarning choklari puxta bо‘lmaydi. Bunday gazlamalar har tomonga osongina chо‘ziladi, hamda bichish va tikish paytida qiyshayib ketadi.
Nisbiy zichlik boshqa sо‘z bilan gazlamaning chiziqiy tо‘ldirilishi deb ataladi. Nisbiy zichlik Yet,a (%), tanda yо‘nalishida alohida, arqoq yо‘nalishida alohida quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi:
, (97)
bu yerda: A- gazlamaning tolali tarkibiga bog‘liq koeffitsent; Zt,a- tanda va arqoq yо‘nalishidagi haqiqiy zichlik; Tt,a-tanda yoki arqoq iplarining chiziqiy zichligi.
Gazlamaning sirti iplar bilan tо‘lganlik darajasi Yes (%) ularning yuza tо‘ldirilishini kо‘rsatadi. Bu kо‘rsatkich quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Yes= Yet+Yea-0,01YetYea, (98)
bu yerda: Yet va Yea- gazlamalarning tanda va arqoq yо‘nalishidagi chiziqiy tо‘ldirilishi, %.
Gazlamaning iplar hajmi bilan tо‘lganlik darajasi Yehajm (%) esa ularning hajmiy tо‘ldirilishini kо‘rsatadi:
(99)
bu yerda: gaz- gazlamaning zichigligi mg/mm3; ip- ipning zichligi, mg/mm3.
Gazlamalarning о‘rilishi deb, tanda va arqoq iplarining ma’lum tartibda о‘zaro bog‘lanishiga aytiladi. Tanda va arqoq iplarining о‘rilishini kо‘rsatuvchi shaklga о‘rilish naqshi deb aytiladi.
О‘rilish jarayonida hosil bо‘luvchi naqshning takrorlanishi rapport deb ataladi. Tanda ipi gazlamalarning sirtiga chiqib arqoq ipining ustini qoplashi tanda qoplanishi deyiladi. Arqoq ipi gazlamaning sirtiga chiqib tanda ipining ustini qoplashi arqoq qoplanishi deyiladi. Gazlamalar о‘rilishlari katak qog‘ozga chiziladi. Bunda har qaysi kо‘ndalang qatorni arqoq iplari deb, har qaysi bо‘ylama qatorni tanda iplari deb hisoblash qabul qilingan. Har bir katak tanda va arqoq ipining kesishuvidan iborat. Bu joyda tanda qoplanishi bо‘lsa, о‘rilish naqshni chizish paytida katak bо‘yab qо‘yiladi. Agar arqoq qoplanishi bо‘isa katak oqligicha qoldiriladi. Gazlamalar о‘rilishi bо‘yicha quyidagicha sinflanadi: oddiy yoki bosh о‘rilishlar; mayda gulli о‘rilishlar; murakkab о‘rilishlar va yirik gulli (jakkard) о‘rilishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |