Sxemalar to`g`risida umumiy tushunchalar


Prinsipial elektr sxemalaridagi shartli grafikaviy belgilar



Download 2,52 Mb.
bet5/7
Sana25.02.2022
Hajmi2,52 Mb.
#462173
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
fotima 307

2.1. Prinsipial elektr sxemalaridagi shartli grafikaviy belgilar
(rOCT2. 722-68; 2. 723-68; 2. 725-68; 2. 727-68; 2. 728-68; 2. 729-68; 2. 732-68; 2. 730-68 lar bo'yicha)

4-jadval

4-jadval Sxemani o‘qish doimiy tok elektr dvigatelidan boshlanadi. Sxemadagi elektr dvigatelning tasviri 4- jadvaldagi shartli belgiga o‘xshash. Ulash simi elektr dvigatelning «+» klemmasidan sxemada to‘rtburchak ko‘rinishida tasvirlangan regulirovka qilinmaydigan rezistorga (qarshilikka) ulangan. Akkumulator batareyasi rezistor bilan ketma-ket ulangan. Elektr zanjirini ulash va ajratish uchun vikluchatel xizmat qiladi. Tok kuchi miqdorini ampermetr ko‘rsatadi, voltmetr esa elektr zanjiridagi kuchlanishni ko‘rsatadi. Elektr sxema elementlarining nomlari asosiy yozuv ustida joylashgan ro‘yxatga yozib qo‘yilgan. Sxemalardagi elementlarning shartli grafik va harfli-raqamli belgilanishlari. Shartli grafik belgilarning tuzilish prinsiplarining xususiyatlari 9-chizma keltirilgan bir nechta misollar bilan ifodalanadi:
Yagona bir belgi (9-chizma) shartli belgilanishda joylashishiga ko‘ra bir nechta ifodalarni tasvirlashi mumkin. Masalan, nuqta belgisini ko‘ramiz. Bu belgi yordamida o‘tkazgichlarning tutashgan joyini (1), impulsli quvurlarning tarmoqlanish joyini (2), kontaktlarning harakatlanuvchi qismini (3), ionli qurilmalarning gaz to‘ldirish nuqtasini (4), ko‘p fazali chulg‘amlarning neytral nuqtasini (5), chulg‘amning boshlanish nuqtasini (6), ko‘p karrali kontaktlarning yopiq holatdagi nuqtasini (7) va boshqalarni ifodalash mumkin. 2. Turli tipdagi sxemalarda ayni bir belgi berilishiga ko‘ra, turli belgilarni ifodalashi mumkin. Masalan, to‘g‘ri to‘rtburchak prinsipial sxemalarda qo‘llanganda, rele chulg‘ami magnitli ajratkichni va kontaktorni ifodalaydi; strukturali va funksional sxemalarda ishlatilganda qurilmalarning funksional qismlarini, o‘tkazgichlarni loyihalashda ishlatilganda shchit, pult, shtativ va boshqalarni ifodalaydi. 3. Ishlab chiqarish belgilarini tuzishda, u yoki bu aniq hollarda, umumiy belgilar yetishmay qolgan bo‘lsa, asosiy olinadigan umumiy belgilari standard bo‘yicha o‘rnatiladi. 4. Shartli-grafik belgilarning ayrim qismlari va elementlari bitta tipdagi sxemalar uchun bir emas, bir nechta belgilarga ega bo‘lib, ularning har birini muayyan holatlarda qo‘llash kerak. 9-chizma transformator chulg‘amining 3 ta standart ko‘rsat- kichlari berilgan. 16-ko‘rsatkich yorug‘lik ta’minlash va quvvat- lantirish sxemalarida qo‘llaniladi. Uning yordamida transformator tasvirlangan (19-ko‘rsatkich). Chulg‘amlarning birikmasini aniq ko‘rsatish uchun 17-ko‘r- satkich qo‘laniladi. 18-ko‘rsatkich ulanishning turini belgilash uchun ishlatiladi. Ko‘rib chiqilayotgan misoldagi 2-chulg‘amli transformator chul- g‘amlari (19) va (20): birlamchisi yulduz ko‘rinishida, ikki- lamchisi neytral nuqta bilan chiqarilgan yulduz ko‘rinishida ulan- gan. 1. Yagona bir belgi (56-shakl) shartli belgilanishda joylashishiga ko‘ra bir nechta ifodalarni tasvirlashi mumkin. Masalan, nuqta belgisini ko‘ramiz. Bu belgi yordamida o‘tkazgichlarning tutashgan joyini (1), impulsli quvurlarning tarmoqlanish joyini (2), kontaktlarning harakatlanuvchi qismini (3), ionli qurilmalarning gaz to‘ldirish nuqtasini (4), ko‘p fazali chulg‘amlarning neytral nuqtasini (5), chulg‘amning boshlanish nuqtasini (6), ko‘p karrali kontaktlarning yopiq holatdagi nuqtasini (7) va boshqalarni ifodalash mumkin. 2. Turli tipdagi sxemalarda ayni bir belgi berilishiga ko‘ra, turli belgilarni ifodalashi mumkin. Masalan, to‘g‘ri to‘rtburchak prinsipial sxemalarda qo‘llanganda, rele chulg‘ami magnitli ajratkichni va kontaktorni ifodalaydi; strukturali va funksional sxemalarda ishlatilganda qurilmalarning funksional qismlarini, o‘tkazgichlarni loyihalashda ishlatilganda shchit, pult, shtativ va boshqalarni ifodalaydi. 3. Ishlab chiqarish belgilarini tuzishda, u yoki bu aniq hollarda, umumiy belgilar yetishmay qolgan bo‘lsa, asosiy olinadigan umumiy belgilari standard bo‘yicha o‘rnatiladi. 4. Shartli-grafik belgilarning ayrim qismlari va elementlari bitta tipdagi sxemalar uchun bir emas, bir nechta belgilarga ega bo‘lib, ularning har birini muayyan holatlarda qo‘llash kerak. 56-shaklda transformator chulg‘amining 3 ta standart ko‘rsat- kichlari berilgan. 16-ko‘rsatkich yorug‘lik ta’minlash va quvvat- lantirish sxemalarida qo‘llaniladi. Uning yordamida transformator tasvirlangan (19-ko‘rsatkich). Chulg‘amlarning birikmasini aniq ko‘rsatish uchun 17-ko‘r- satkich qo‘laniladi.

  1. 18-ko‘rsatkich ulanishning turini belgilash uchun ishlatiladi. Ko‘rib chiqilayotgan misoldagi 2-chulg‘amli transformator chul- g‘amlari (19) va (20): birlamchisi yulduz ko‘rinishida, ikki- lamchisi neytral nuqta bilan chiqarilgan yulduz ko‘rinishida ulan- gan.


9-chizma Sxema elementlarining shartli grafik belgilarini tuzishga misollar.
Ayrim elementlar va ularning qismlari sxemalarning turiga qarab ozmi-ko‘pmi aniqlikda ko‘rsatiladi. Agar kabelni yo‘llovchi o‘chirgichga borishi rejada ko‘rsatilishi kerak bo‘lsa, buni eng sodda usulda ko‘rsatiladi (9-chizma, e yuqorida). Agarda kontaktlar qaysi zanjirga kiritilganligini (chiqarilganligini) ko‘rsatish kerak bo‘lsa, unda o‘sha putevoy o‘chirgichni aniqlashtirib ko‘rsatadi. 9-chizma, e markazda; 9-chizm\, a pastda kontaktsiz putevoy o‘chirgich ko‘rsatilgan, u kontrollashtiruvchi obyekt bilan (aloqa, masalan induktivli) mexanik bog‘lanishga ega emas (ichki kontaktga). Bundan tashqari, uning sxemasi kontaktsiz elementdan tashkil topgan bo‘lib, ular drossellar, kondensatorlar, triodlar va bosh- qalardan tashkil topgan. Kontaktsiz putevoy o‘chirgich planda yuqorida ko‘rsatilgan tarzda ko‘rsatiladi (56-shakl, e ustidan), lekin sxemada to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishda ifodalab qo‘yiladi va unga manba o‘tkazgichlari ulanadi (1 va 2) hamda sxemaga ulash uchun undan chiquvchi o‘tkazgichlari (3, 4, 5) chiqarib qo‘yiladi. Bu yerda putevoy o‘chirgich o‘zining xususiy maxsus prinsipial sxemasiga egaligini unutmaslik kerak.Murakkab prinsipli sxemalariga ega bo‘lgan boshqa uskunalar va murakkab elementlarning faqat kirish va chiqish qismlari ko‘r- satiladi. Standart bo‘yicha bunday uskunalar sxemaning elementlari kabi ko‘rib chiqiladi. 9-chizma, f da misol tariqasida kechiktirilgan ijro raqamli element ko‘rsatilishi tariqasida x — kirish va y1y2 va y3 chiqish nuqtalar belgilangan qo‘shimcha maydonda kechikish vaqti ko‘rsatkichlari, har bir chiqish bo‘yicha kechikish vaqti ko‘rsat- kichi ko‘rsatilgan. (—) belgisi «kechikkan» (logik operatsiya)ni anglatadi. Stabilizatorlar, kuchaytirgichlar, chastota generatorlari, quvvat manbalari va boshqalar soddalashtirilgan usulda detallashtirilmasdan ko‘rsatiladi. 9-chizma, g da misol tariqasida kuchlanishi 220 V bo‘lgan o‘zgaruvchan tokning kuchlanishi 4 V ga teng doimiy tokka o‘zgartirib beruvchi quvvat manbasi ko‘rsatilgan. Agar standart bo‘yicha kerak bo‘lgan ko‘rsatgich bo‘lmasa, unda uning ishlash prinsipiga qarab tuzib chiqariladi yoki bo‘lmasa, analogli ishlovchi apparatlar tuzilishiga ega bo‘lgan usku (mashinalar)da standart bo‘yicha ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Masalan, bir chiziqli ko‘rsatkichlar, ko‘p chiziqli ko‘rsatkichlar asosida tuziladi va h.k. Misol tariqasida bir holatni ko‘rib chiqamiz. Bunga bog‘lamli, ferromagnit o‘zakli, 5 qismli boshqarish qismiga, qo‘shimcha yordamchi o‘zgaruvchan tokli dvigatelga ega bo‘lgan hamda parallel bo‘lgan chulg‘amlar (II va III) va o‘lchovchi yo‘lda birlamchi transformator kerak bo’ladi . IV va V chulg‘amlar ekranlashtirilishi, ekran esa korpusga biriktirilishi kerak bo‘ladi. Birlamchi chulg‘am (chiquvchi qismga ega bo‘ladi. Bunday transformator 9-chizma, i da keltirilgan. Uning ko‘rinishi standart ko‘rsatkichlar yordamida tuzilgan, ya’ni: chulg‘amlar (21) chulg‘amlarning boshlang‘ich qismi (22), ekran (23), difmanometr yurakcha (24), qismli (pog‘onali) boshqaruv belgisi (27), o‘zgaruvchan tok belgisi (28), korpus belgisi (29) va elektrik ulanishlar (30). Ko‘rib chiqilgan misolda kerakli ko‘rsatkichlar standartlardan olingan bo‘lib, qo‘shimcha tushuntirish kerak bo‘lmaydi. Lekin ayrim hollarda qo‘shimcha belgilar kiritishga to‘g‘ri keladi. Shu yuzadan shchit bo‘yicha o‘lchov tarmog‘ini o‘tkazish kerak bo‘lsin, bu esa boshqa zanjirlardan ajratilgan holda joylashtirishni talab qiladi. Bu yerda bir xil sxemadagi oqim uzluksiz chiziqlar bilan chiziladi (bu standartga xos), boshqa oqimlarni esa uzuq (punktir) chiziqlar bilan chiziladi (9-chizma, h), bularga esa tushuntirish xati keltiriladi. Elektrik va quvurli o‘tkazgichlarni kombina- tsiyalangan sxemalar orqali tasvirlanganda shunga o‘xshash savollar uchraydi. Elektrik va quvurli aloqalar grafik tasvirlash KXYT standarti bo‘yicha reglamentlashtirilgan. Rostlovchi, o‘zgartiruvchi, ijro etuvchi, o‘lchovchi asbob va qurilmalarni belgilash, ya’ni tizim standarti bo‘yicha amalga oshiriladi (SPDS). Bu tizimlarning standartlari ishchi hujjatlarni ishlab chiqarish, loyihalash jihatlari, qurilish, yangidan qurilayotgan obyektlarning rekonstruksiyasi va uni yangidan qurish, ularni yig‘ish va ishlatish talablarini o‘z ichiga oladi. Ular konstruktorlik hujjatlarini bajarish talablari bilan farq qiladi. Hozirgi kunda boshqarish va texnologik nazorat sxemalarida har xil normativ hujjatlar bo‘yicha ijro etuvchi mexanizmlar, qurilmalar va rostlovchi qismlarning shartli belgilarini uchratish mumkin. Bu sanab o‘tilgan elementlar ГОСТ 36.27-85 bo‘yicha elementlarning shartli belgilari o‘xshash ГОСТ 21.404-85 mavjud. Ko‘rsatilgan standartlar СЭВ 488-771 asboblar va avtomat- lashtirish vositalari standartini hisobga olgan holda bajarilgan. Texnologik avtomatlashtirish jarayonlari shartli belgilari xalqaro loyihalash standarti elektrik sxemalar qatoriga ГОСТ 27.55-87 bo‘yicha bajarilgan shartli belgilar, ГОСТ 27.725-6, ГОСТ 2.75574 bo‘yicha ishlatiladigan sxemalar belgilarini ham uchratish mumkin. Ya’ni hozirgi vaqtda ishchi hujjatlarni yig‘ish va ishla- tishni, standart bo‘yicha shartli belgilarni o‘z ichiga oluvchi belgi- larni uchratish mumkin. Avtomatik boshqarish va texnologik nazorat qilishni birinchi o‘rinda, funksional va montaj sxemalarini o‘qib, ularning u yoki bu quvurli o‘tkazgichlarda yoki asboblarda bosimining ko‘rinishini baholash va qayd qilishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ularning har birining tavsifnomasini juda yaxshi bilish va tushunish lozim. ГОСТ 356-80 (CT СЭП 253-83) ushbularni aniqlaydi: a) shartli bosim Pu bilan belgilanadi. U o‘zi bilan, hatto ortiqcha bosimni ko‘rsatadi, 20°C li haroratda, muhitning berilgan o‘lchovlarida armaturalar va quvurli o‘tkazgich detallarning uzoq vaqt ishlashiga ruxsat beriladi. ГОСТ 26349-84 da shartli bosimni nominal bosim deyiladi va shunga asosan RN deb belgilanadi; b) probali bosimning belgilanishi Rpr, u o‘zida qoldiq bosimni ko‘rsatadi, ya’ni u armatura va quvurli o‘tkazgich detallarining gidravlik sinovlarida tajribao‘tkazishda mustahkamlik va zichlikni tekshirishda, agarda normativ va texnik hujjatlarda suv haroratining aniq qiymati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, uning harorati 5°C dan 70°Cgacha deb olinadi. Me’yoriy cheklanish ± 5 % namunali bosimdan oshmasligi kerak; d) ishchi bosim Pr bilan belgilanadi, u katta bo‘lmagan qoldiq bosimdan iborat bo‘ladi, armaturalar ekspluatatsiyasi va trubo- o‘tkazgich detallari teskari rejimda ta’minlanadi.


Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish