MUNDARIJA
KIRISH
|
……………………………………………………………………
|
9
|
I BOB.
|
Sxemalar to`g`risida umumiy tushunchalar………..………….
|
10
|
|
Kinematik sxemalar…………………….…………………….
|
15
|
|
Pnevmatin va gidravlik sxemalar………………………...
|
16
|
II BOB.
|
Elektronik sxemalarni bajarish va o`qish……………….…..
|
17
|
|
21. Prinsipal elektr sxemalardagi shartli grafikaviy belgilar…………………………………………………………..
|
19
|
|
2.2.Elektronik sxemalarni chizishda ishlatiladigan chiziqlar………………………………………………………….
|
29
|
|
|
|
XULOSA ………………………………………………………………….
|
32
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………….
|
33
|
ILOVALAR……………………………………………………………..
|
34
|
|
|
KIRISH.
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan keyingi qisqa vaqt ichida bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li asrlarga tatigulik mazmun va samara kasb etmoqda. O’zbekiston Respublikasida Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish maqsadida 1997 yil “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahriri qabul qilindi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” tasdiqlandi.
Bu borada O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: “Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning: “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo’lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo’lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o’zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyasiga bog’liq” degan fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib elayotgan o’g’il qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim”1deb ta’kidlaganlar.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning yaratilishida mazkur jihatlar to’la o’rganildi. Milliy dastur asosini O’zbekistonning taraqqiyotini ta’minlay oladigan, uni jahonning ilg‘or mamlakatlari darajasiga ko’tarilishiga hissa qo’shuvchi dadil, mustaqil fikrlovchi, bilimli, malakali mutaxassis, shuningdek, ijobiy sifatlarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish jarayoni tashkil etadi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdaniborat . O’qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida o’zida bir qator sifatlarning tarkib topishiga erishishi zarur. Chunonchi, u eng avvalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan, mavjud ziddiyatlarni barataraf etishning uddasidan chiqa olishi zarur. O’quvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrini aniq va to’la bayon etilishiga ahamiyat qaratishi maqsadga muvofiq. Ular bilan munosabat jarayonida so’zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan emas, aksincha, o’quvchi (yoki hamkasbi, ota-onalar)ning muvaffaqiyatlarini e’tirof etishi, ularning yanada boyishiga ishonch bildirishi u bilan tillasha olishiga imkon beradi. Muloqot jarayonida o’qituvchining so‘zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrihohlik, samimiylik, do’stona munosabat sezilib turishi, shuningdek, imkon qadar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lishi zarur.
Biz bilamizki chizmachilik fanining vazifasi ishlab chiqarishning asosiy texnik hujjatlaridan biri chizmalardir. Mashina va mexanzmlarning detallarini yasash hamda ularni yig'ish, shuningdek, bino va inshootlarni qurish uchun ularning chizmalari bo'lishi zarur. Chunki chizmalar bo'yicha buyumning shaklini va o'lchamlarini, qanday materiallardan yasalgan yoki yasalishi kerakligini, buyum detallarining bir-briga nisbattan bog'lanishlariga tegishli bo'lgan talablarni va shunga o'xshash boshqa ma'lumotlarni aniqlash mumkin. Bundan tashqari, chizmalardan tayyor buyumlarning to'g'ri ishlashini aniqlashda va ularni remont qilishda ham foydaniladi.
Ishlab chiqarish turiga qarab, unda foydaniladigan chizmalar har xil nom bilan yuritiladi, masalan, turli mashina va mexanzmlarning detallarini yasash hamda ularni yig'ish uchun tuzilgan chizmalar mashinasozlik chizmalari deb ataladi. Chizmachilik fanining mashinasozlik chizmalarini chizish usullarini o'rgatadigan qismi mashinasozlik chizmachiligi deyiladi. Bino va inshootlarni qurishda ishlatiladigan chizmalar qurilish chizmalari deb ataladi. Mashinasozlik vaqurilish chizmalari birgalikda texnik chizmalar deb yuritiladi. Bu asosan mashinasozlikda ishlatiladigan chizmalarni chizishga oid qonun,qoida va normalar bayon etiladi.
Sxemalar va qurilish chizmalari haqida esa umumiy, ya'ni asosiy tushunchalar berildi xolos. Chizmachilik fanining birinchi qismi chizmalarni davlat standartlari talabiga muvofiq bajarish, geometrik chizmachilik, chizma geometriya, detallarni aksonometrik proeksiyalarni yasash, proeksion chizmachilik, texnik rasmlar solish usullarini o'rganish, shuningdek , vint chiziq hamda vint sirtlarning hosil bo'lishi va chizilishiga bag'ishlangan. Mashinasozlik chizmachiligi esa birikmalar, purjinalar, tishli uzatmalar, mashina detallarini eskizlari, ish chizmalarini va yig'ish chizmalarini bajarish hamda har xil sxemalarni, qurilish chizmalarini chizish to'g'risida ma'lumot berilgan, ularni o'qish qoidalari va usullari bayon etilgan. Chizmalarni bajarishda har bir o'quvchi chizmachilikning nazariy asosi - chizma geometriya fani va umumitifoq davlat standatlarida bayon etilgan qoida va normalarga qat'iy rioya qilish hamda ularni so'zsiz bajarishi zarur. CHizma geometriya davlat standatlarida talablariga rioya qilinmay bajarilgan har qanday chizma brak sanaladi va ishlab chiqarishda qabul qilinmaydi. Aytilganlarga ko'ra har bir o'quvchi biror temaga tegishli chizmani bajarishdan oldin shu temaga oid materiallar va normalar bilan yaxshi tanishib chiqish kerak. SHundagina chizmani tushunib va to'g'ri bajarish mumkin bo'ladi. CHizma to'g'ri va norma talabiga javob bera oladigan bo'lishi bilan birga, yaxshi sifatli chizilishi zarur. Bunga har bir talaba chizmachilik bo'yicha ko'p mashq qilishi natijasida erisha oladi. O'z mehnatini ijodiy tashkil etish har bir kasb, jumladan o'qituvchilik kasbi ham oldida turgan ijtimoiy vazifadir. O'z kasbiga oid fan asoslarini ijodiy o'zlashtirgan mutaxassis - bo'lajak o'qituvchi maktabda ham ijodiy ishlay oladi, bolalarning o'quv- biluv faoliyatini ijodiy tashkil eta biladi. Shu jihatdan qaraganda, oliy o'quv yurtlarida pedagogik kadrlar tayyorlash talab darajasida emasligini ham tan olish lozim. Ta'limning talabalar xotirasiga mo'ljallanganligi, hali ham izohli-illyustrativ ta'limning ustuvorligi, ijodiy ishlarga oz vaqt ajratish, kasbga oid fanlarni o'qitish jarayonida talabalar tafakkurini rivojlantirishga etarli e'tibor bermaslik va boshqalar hozirgi oliy ta'lim tajribasidagi nuqsonlardir. Bu kamchiliklar boshqa ijtimoiy institut bilan - oliy ta'lim - muammolarini ilmiy tadqiq etish, o'rganish, umumlashtirishga taaluqli bo'lib, ular haligacha oliy ta'limni ijodiy tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish xususiyatlari o'ganilmaganligi, talabalarning ijodiy ishlari mezonlari ajratilmaganligi, standart va nostandart topshiriqlarning farqlari belgilanmaganligi, izohli-illyustrativ va muammoli ta'lim o'rtasidagi tafovutlar qayd etilmaganligi bilan izohlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |