2.2. Elektronik sxemalarni chizishda ishlatiladigan chiziqlar O`quvchilarga sxemalarni o‘qish va bajarish malakalarini yetarlicha chuqur o‘rgangan bo‘lishlari talab qilinadi. Umuman, har bir o‘quv- chi sxemalarni to‘g‘ri o‘qish va undan turmushda foydalana olish malakalarini egallaganligi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun sxemalarni o‘qish va bajarish bo‘yicha asosiy ma’lumotlarni kel- tirishni lozim topdik.Ishlatilish sohasi va mazmuniga ko‘ra, sxemalar chizmachilik kursining asosiy materialini tashkil qiladigan proyeksion chiz- machilikda ko‘p jihatlari bilan farqlanadi. Bu farqlar qisqacha quyidagilardan iborat: • sxemalar ma’lum sohada qo‘llaniladigan tayyor mahsu- lotlarning konstruksiyalarini ochib ko‘rsatmasdan, ularning tarkibiy qismlarini o‘ta soddalashtirilgan shartli belgilar yordamida o‘zaro bog‘lanishi va harakatlarini tasvirlaydi; • sxemalarning vazifasi biror ko‘rinishdagi: mexanik (kine- matik sxemalar), elektrik (elektr sxemalari), siqilgan havo yoki gaz (pnevmatik sxemalar) va h.k. energiyaning harakati hamda o‘zgarishini yaqqol ko‘rsatishdan iborat. Yaqqollikni ta’minlash maqsadida sxemaning hamma elementlari fazoda haqiqiy joylashgan o‘rniga qaramasdan, bitta tekislikka yoyib tasvirlanadi; • sxemalarning vazifasi qurilma tarkibiga kiruvchi ele- mentlarni ko‘rsatib berish emas, balki ularning o‘zaro aloqalari xarakterini ochishdan iborat bo‘lganligi uchun sxema — alo- qalar xarakterining o‘zgarish ehtimoli bilan bog‘liq ma’lumotlarni (mexanik uzatmalarda tezlikning o‘zgarishi, radio- priyomnik to‘lqinlarini turli diapazonlarga to‘g‘rilash, televizor kanallarini almashtirish va h.k.) ham o‘z ichiga olishi kerak; • ko‘p hollarda o‘quvchining texnik bilimlarga egaligi talab qilinmaydigan murakkab bo‘lmagan proyeksion chizmani o‘qishga nisbatan sxemalar bilan ishlash (ularni o‘qish va bajarish), ma’lum darajada o‘quvchilarning shu sohadagi texnik bilimlar saviyasiga bog‘liq bo‘ladi. Elektr sxemalari elementlarining grafik belgilanishlarini bog‘lanish chiziqlari bilan bir xil: 0,2 dan 1,0 mm qalinlikda bajariladi (tavsiya qilinadigan qalinlik — 0,3 dan 0,4 mm.gacha). 5-jadvalda sxemalarda chiziqlarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq ma’lumotlar keltirilgan.
5-jadval
XULOSA
Chizma hozirgi zamon ishlab chiqarish sharoitida mehnat jarayonidan kutilgan natijalar haqida tasavvur hosil qilish asosi hisoblanadi. Chizmada inson ijodiy tafakkuri natijasida yaratiladigan buyum loyihasi yoki konstruktsiyasi yorqin aks etadi. Chizma bo'yicha buyumlar yasalib, inshootlar qad ko'taradi, chizma asosida inson ijodiy tafakkurining turmushga muayyan yo'naltirilgan mehnat harakatlari tizimi rejalashtiriladi. Chizma bo'yicha ijodiy mehnat natijalari amalga oshiriladi va nazorat qilinadi. Ilg'or ishchi o'zining ratsionalizatorlik takliflarini, konstruktor va me'morlar o'z fazoviy tasavvurida etilgan konstruktsiya va loyihalarni chizma vositasida ifoda etadi.
Shu sababli chizma "texnika tili" deyiladi. U barcha ma'lumotli xalq uchun tushunarli bo'lgan xalqaro tildir. Oliy kasbiy-pedagogik ta'lim o'quv yurtlari bitiruvchilari uchun “texnika tili"dan foydalanish va amaliy jihatdan samarali qo'llash malakasi muhim ahamiyatga ega bo'lib, ular kasbiy tayyorgarligining ajralmas va tarkibiy qismi hisoblanadi.
Mazkur kurs ishi “O`quvchilarga detalarnining kinematic va elektr sxemalarini bajarish``faning muhim mavzularidan biri bo'lib, sxemalarni tasvirlashga bag'ishlangan.
Ushbu kurs ishi kompyuterlik matn, kirish, 2 bob, 6 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat. Yuqorida aytilgan rejada prujinani tasvirlash haqida batafsil yo'ritilib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |