Swot tahlil bu- yangi goyalar va tashabbuslar buyicha strategik rejalashtirish va qaror qabul qilishda yordam beradigan usul



Download 143,74 Kb.
bet20/41
Sana15.09.2022
Hajmi143,74 Kb.
#849004
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
Bog'liq
Ish-ch menejmenti va loyiha tuzish YN savollari

Boshqaruv uslubi - bu rahbar tomonidan foydalaniladigan masala- larni yechishni eng xarakterli va barqaror usullarining majmuasi, uning qoʻl ostidagilarga nisbatan hulqining odatlari. Boshqaruv uslubi jamoa va umuman korxo na (tashkilot) fao liyatining samaradorligiga katta ta’sir koʻrsatadi. Haqiqiy sharoitlardagi boshqaruvning aniq uslubi ob'yektiv va sub'yektiv xarakterdagi quydagi omillarni belgilab beradi:

  • jamoaning vazifalari va xizmatlari;

  • jamoaning ish sharoitlari;

  • jamoaning oʻlchamlari va tuzilishi;

  • rahbarning shaxsiy sifatlari va tajribasi;

  • menejerning kasbiy mahorati;

  • mehnat jamoasi a’zolarining kasbiy tayyorgarlik darajasi va ongliligi;

  • mehnat jamoasining pishib yetilganligi va birlashganligi darajasi va boshqalar.

Rahbarlik uslublarining kengligi toʻliq demokratiyadan to mutloq avtokratiyagacha yoyilib ketadi. Ruhshunoslar va sotsiologlar tomonidan oʻtkazilgan rahbarlarning har xil turlari va ular faoliyati samaradorligining tadqiqotlari rahbarlikning uchta eng koʻp uchraydigan uslublar: avtoritar yoki avtokratik, demokratik va liberalni ajratishga imkon bergan, ammo amalda mutloq u yoki bu uslubga rioya qiluvchi rahbarlar kamroq uchraydilar.
Hozirgi sharoitlarda menejer faoliyatining sharli ravishda vaziyatli shaxsiy deb ataluvchi uslubi afzalroq boʻlishi mumkin.
Menejerning imidji - bu uning obrazi, ushbu menejerning unga alohida oʻziga xoslikni beruvchi va uni bir qator boshqa rahbarlardan ajratib turuvchi farqlanuvchi va mutloq ta’riflari haqidagi mustahkam tasavvurdir. Imidjning asosini ishning maqsadga qaratilgan holda tashkil qilinayotgan va qoʻllab quvvatlanayotgan uslubi va menejerning shaxslararo munosabatlari va rasmiy atributlari (belgilari) tashkil qiladi.
"Imidj" inglizcha soʻz boʻlib, "obraz", "shuhrat"ni bildiradi. Bu kimningdir, nimaningdir ommaviy ongda vujudga kelgan va sterotip xarakterga ega boʻlgan hissiyotli boʻyalgan obrazidir. Oʻzining imidji haqidagi gʻamxoʻrlik bu uni odamlar ongida gavdalanishi, oʻzini oʻzi eng yaxshi tanishtirishdir.
Imidj tushunchasi personifikatsiya (gavdalantirish, tasvirlash)ga yaqinroq boʻladi, ammo oʻzining ichiga shaxsning nafakat tabiiy xususiyatlarini, balki maxsus yaratilganlarini ham oladi. Bundan tashqari, u odamning tashqi qiyofasi va ichki dunyosi haqida, uni psixo logik turi haqida gapiradi.
Kasbiy imidjni olish ishbilarmon kishi, yetakchi uchun birdan bir maqsad emas. Ammo unga ega boʻlish unning gʻoyatda muhim shaxsiy va kasbiy ta’rifini tashkil qiladiki, bu chukur amaliy ma’noga ega.
"Imidj" tushunchasining ma’nosi har xil yigʻilganlardan vujudga keladi. Uning eng muhim qismi ahloqiydir. Gap shundaki, ahloqli odam insoniy tajriba tomonidan tekshirib chiqilgan ahloqiy nasihatlar boʻyicha yashash zarurligini his qiladi, ahloqsiz esa hamma vakt shaxsiy ehtiroslari va ehtiroschalarining asiri boʻladi va uning ideali - hamma narsaga yoʻl qoʻyilganlikdir.
Bizning jamiyatimizga oʻzini oʻzi hammadan avval ma’naviy takomillashtirishga qodir ahloqan ishonchli menejer zarur. Uning e'tiborini insoniyat madaniyatining barcha boyliklarini qamrab olishi kerak, ya 'ni u keng gumanitar bilimlarga ega boʻlishi kerak.
Imidjni shakllantirishning asosiga qoʻyidagi tamoyillar qoʻyilishi mumkin:
takrorlash tamoyili;
ta’sirni uzliksiz kuchaytirish tamoyili;
"ikki yoqlama chaqiruv" tamoyili.
Takrorlash tamoyili inson xotirasining xususiyatlariga suyanadi: takrorlanuvchi axborotlar esda yaxshi qoladi. Odamlarga qabul qilingan xabarni oʻziniki qilish uchun vaqt kerak boʻladi. Koʻp martalab takrorlash esa odam ruhiyatini moslashtiradi.


  1. Download 143,74 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish