MASHG'ULOTNI REJALASHTIRISH
Sport mahoratining yuqori cho'qqisiga erishish to'xtovsiz, ko'p yillik tayyorgarlikni talab qiladi.
Organizm to'g'ri tuzilgan, muntazam Mashg'ulot darslarining oshirilgan talablariga astasekin ko'nika
boradi. Uning ish qobiliyati oshadi, tiklanish jarayoni tezlashadi, birmuncha tig'iz jismoniy vazifalarni
bajarishi mumkin bo'lib qoladi. Shu bilan birga sport mavsumida erishilgan funksional imkoniyatning
rivojlangan darajasini keyingi mavsumda mustahkamlab va rivojlantirib borishga erishish,
suzuvchining sport mahoratini takomillashtirish kerak bo'ladi. Bu butun faoliyatni to'g'ri
rejalashtirishni talab qiladi. Perspektiv-bir necha yilga mo'ljallangan, bir yillik, oylik va haftalik rejalar
shu maqsadga qaratilgandir.
Perspektiv reja. Suzuvchining sport tayyorgarligi uchun belgilangan perspektiv reja ikki yoki
to'rt yilga mo'ljallangan bo'lishi mumkin.
Perspektiv rejalashtirishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun shu muddatdagi suzuvchining
tayyorgarlik darajasi, qo'llaniladigan asosiy vositalar, shuningdek, ularning uslubiy yo'nalishi, jismoniy
nagruzkalar hajmi, sport natijalarining miqyosi va boshqalar aniqlangan bo'lishi kerak.
Perspektiv rejaning asosiy maqsadi-oldingi yillardagi sport natijalarining tahlili asosida sport
tayyorgarligining umumiy vazifalarini bir necha yilga aniqlashdan iborat. Bu o'z navbatida suzuvchi
tayyorgarligining konkret vazifalarini to'g'ri belgilab beradi. Sport Mashg'ulotsini bir necha yilga
rejalashtirishda qo'yilgan vazifalarning muayyan izchillikda bajarilishiga ahamiyat berish muhim.
Perspektiv reja tuzilganda suzuvchining tayyorgarlik darajasi hisobga olinishi kerak. Masalan,
boshlovchi suzuvchilarda Mashg'ulotning umumiy hajmi yildan-yilga orta borishi, malakali
sportchilarda suzish nagruzkasining hajmi yillar davomida yuqori darajada barqaror bo'lishi mumkin.
Lekin umumiy hajmni saqlagan holda treyirovka mazmunini o'zgartirish, shuningdek Mashg'ulot
nagruzkasining hajmini oshirish, tezkor mashqlar sonini ko'paytirish kerak va hokazo.
Kontrol normativlar sistemasi suzuvchi tayyorgarligining ma'lum tomonlarini rivojlantirish bilan
xarakterlanadi, uning bu ishda ahamiyati katta.
Kontrol normativlarni aniqlash uchun quyidagilar:
a)
Har tomonlama jismoniy rivojlanish saviyasi;
b)
sportdagi muvaffaqiyatlar miqyosi;
v)
texnikani zgallash darajasi va hokazolar aniqlanadi.
Har bir konkret vaziyatda sport Mashg'ulotlari vazifalariga muvofiq murabbiy kontrol (nazorat)
normativlarni belgilashi lozim. Uqituvchi kontrol normativlarni qo'llab, suzuvchining jismoniy, texnik
suzish, taktik va iroda tayyorgarligidagi nuqsonlarni aniqlashi mumkin.
Bolalar sport maktablarining yosh suzuvchilari, asosan 11-14 yoshlilar perspektiv rejaning
ahamiyati haqida alohida to'xtalib o'tish kerak. yosh suzuvchilar uchun perspektiv reja 4-8 yilga
mo'ljallab tuziladi. 4-6 yilda 17-18 yoshda (qizlar 15-16 yoshda) yuqori sport mahoratiga erishishga
asos qo'yiladi. Perspektiv reja tuzayotganda yosh suzuvchilar organizmi katta nagruzkalarga tayyor
emasligini hisobga olib yuqori sport natijalarini bevaqt mo'ljallamaslik zarur. Ayniqsa 1-2 yillik
muddatda yuqori sport natijalariga erishishga urinish, yosh suzuvchilar organizmiga zararli ta'sir
qiladi. Vaqtinchalik zafar kelajakdagi haqiqiy natijalarga to'siq bo'ladi.
Perspektiv reja asosida sport tadbirlari hisobga olinib, bir yillik tayyorgarlik reja tuziladi.
Yillik reja. Sport tayyorgarligining bir yillik rejai perspektiv reja bilan uzviy bog'langan holda
tuziladi. Shuning uchun ham Har bir sport mavsumidagi vazifalar ana shu asosda hal etiladi.
Yillik reja hususiyatlari sportchining tayyogarlik darajasi bilan aniqlanadi. Shuning uchun
rejalashtirish masalalari suzuvchilarning sport klassifikasiyasini hisobga olgan holda ko'riladi.
Suzuvchilar yillik Mashg'ulotsining maqsadi-mavsumdagi mas'uliyatli musobaqalarda yaxshi
natijalarni qo'lga kiritishdan iborat. Shu maqsadda yil davomida suzuvchilarni tirish va o'tkazishda
nagruzkani takrorlab va uni asta-sekin oshirib borish zarur.
Muskul ishi ko'p marta takrorlanganda yurak-tomir,, nafas va boshqa snstemalarda muhim
funksional o'zgarishlar sodir bo'ladi. Nagruzkalarni asta-sekin o'stirish prinsipi Mashg'ulot
intensivligini asta-sekin ko'paytirishni ko'zda tutadi. Sportchi mahorati o'sib borgan sari nagruzka
58
hajmi va intensivligi oydan-oyga, yildan-yilga to'xtovsiz o'sib borishi kerak. Lekin bu yuqori
ko'tarilmasdan, to'lqinsimon xarakter kashf etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |