Сузиш спорти турларига умумии характеристика


MASHG'ULOTNI REJALASHTIRISH



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/67
Sana31.12.2021
Hajmi0,56 Mb.
#251563
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   67
Bog'liq
suzish va uni oqitish uslublari

 

MASHG'ULOTNI REJALASHTIRISH 

Sport mahoratining yuqori cho'qqisiga erishish to'xtovsiz, ko'p yillik tayyorgarlikni talab qiladi. 

Organizm  to'g'ri  tuzilgan,  muntazam  Mashg'ulot  darslarining  oshirilgan  talablariga  astasekin  ko'nika 

boradi. Uning ish qobiliyati oshadi, tiklanish jarayoni tezlashadi, birmuncha tig'iz jismoniy vazifalarni 

bajarishi mumkin bo'lib qoladi. Shu bilan birga sport mavsumida erishilgan funksional imkoniyatning 

rivojlangan  darajasini  keyingi  mavsumda  mustahkamlab  va  rivojlantirib  borishga  erishish, 

suzuvchining  sport  mahoratini  takomillashtirish  kerak  bo'ladi.  Bu  butun  faoliyatni  to'g'ri 

rejalashtirishni talab qiladi. Perspektiv-bir necha yilga mo'ljallangan, bir yillik, oylik va haftalik rejalar 

shu maqsadga qaratilgandir.  

Perspektiv  reja.  Suzuvchining  sport  tayyorgarligi  uchun  belgilangan  perspektiv  reja  ikki  yoki 

to'rt yilga mo'ljallangan bo'lishi mumkin.  

Perspektiv  rejalashtirishni  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  uchun  shu  muddatdagi  suzuvchining 

tayyorgarlik darajasi, qo'llaniladigan asosiy vositalar, shuningdek, ularning uslubiy yo'nalishi, jismoniy 

nagruzkalar hajmi, sport natijalarining miqyosi va boshqalar aniqlangan bo'lishi kerak.  

Perspektiv  rejaning  asosiy  maqsadi-oldingi  yillardagi  sport  natijalarining  tahlili  asosida  sport 

tayyorgarligining  umumiy  vazifalarini  bir  necha  yilga  aniqlashdan  iborat.  Bu  o'z  navbatida  suzuvchi 

tayyorgarligining  konkret  vazifalarini  to'g'ri  belgilab  beradi.  Sport  Mashg'ulotsini  bir  necha  yilga 

rejalashtirishda qo'yilgan vazifalarning muayyan izchillikda bajarilishiga ahamiyat berish muhim.  

Perspektiv  reja  tuzilganda  suzuvchining  tayyorgarlik  darajasi  hisobga  olinishi  kerak.  Masalan, 

boshlovchi  suzuvchilarda  Mashg'ulotning  umumiy  hajmi  yildan-yilga  orta  borishi,  malakali 

sportchilarda suzish nagruzkasining hajmi  yillar davomida yuqori darajada barqaror bo'lishi mumkin. 

Lekin  umumiy  hajmni  saqlagan  holda  treyirovka  mazmunini  o'zgartirish,  shuningdek  Mashg'ulot 

nagruzkasining hajmini oshirish, tezkor mashqlar sonini ko'paytirish kerak va hokazo.  

Kontrol normativlar sistemasi suzuvchi tayyorgarligining ma'lum tomonlarini rivojlantirish bilan 

xarakterlanadi, uning bu ishda ahamiyati katta.  

Kontrol normativlarni aniqlash uchun quyidagilar:  

a)  

Har tomonlama jismoniy rivojlanish saviyasi;  



b)  

sportdagi muvaffaqiyatlar miqyosi;  

v)  

texnikani zgallash darajasi va hokazolar aniqlanadi.  



Har bir konkret vaziyatda sport Mashg'ulotlari vazifalariga muvofiq murabbiy kontrol (nazorat) 

normativlarni belgilashi lozim. Uqituvchi kontrol normativlarni qo'llab, suzuvchining jismoniy, texnik 

suzish, taktik va iroda tayyorgarligidagi nuqsonlarni aniqlashi mumkin.  

Bolalar  sport  maktablarining  yosh  suzuvchilari,  asosan  11-14  yoshlilar  perspektiv  rejaning 

ahamiyati  haqida  alohida  to'xtalib  o'tish  kerak.  yosh  suzuvchilar  uchun  perspektiv  reja  4-8  yilga 

mo'ljallab  tuziladi.  4-6  yilda  17-18  yoshda  (qizlar  15-16  yoshda)  yuqori  sport  mahoratiga  erishishga 

asos  qo'yiladi.  Perspektiv  reja  tuzayotganda  yosh  suzuvchilar  organizmi  katta  nagruzkalarga  tayyor 

emasligini  hisobga  olib  yuqori  sport  natijalarini  bevaqt  mo'ljallamaslik  zarur.  Ayniqsa  1-2  yillik 

muddatda  yuqori  sport  natijalariga  erishishga  urinish,  yosh  suzuvchilar  organizmiga  zararli  ta'sir 

qiladi. Vaqtinchalik zafar kelajakdagi haqiqiy natijalarga to'siq bo'ladi.  

Perspektiv reja asosida sport tadbirlari hisobga olinib, bir yillik tayyorgarlik reja tuziladi.  

Yillik  reja.  Sport  tayyorgarligining  bir  yillik  rejai  perspektiv  reja  bilan  uzviy  bog'langan  holda 

tuziladi. Shuning uchun ham Har bir sport mavsumidagi vazifalar ana shu asosda hal etiladi.  

Yillik  reja  hususiyatlari  sportchining  tayyogarlik  darajasi  bilan  aniqlanadi.  Shuning  uchun 

rejalashtirish  masalalari  suzuvchilarning  sport  klassifikasiyasini  hisobga  olgan  holda  ko'riladi. 

Suzuvchilar  yillik  Mashg'ulotsining  maqsadi-mavsumdagi  mas'uliyatli  musobaqalarda  yaxshi 

natijalarni  qo'lga  kiritishdan  iborat.  Shu  maqsadda  yil  davomida  suzuvchilarni  tirish  va  o'tkazishda 

nagruzkani takrorlab va uni asta-sekin oshirib borish zarur.  

Muskul  ishi  ko'p  marta  takrorlanganda  yurak-tomir,,  nafas  va  boshqa  snstemalarda  muhim 

funksional  o'zgarishlar  sodir  bo'ladi.  Nagruzkalarni  asta-sekin  o'stirish  prinsipi  Mashg'ulot 

intensivligini  asta-sekin  ko'paytirishni  ko'zda  tutadi.  Sportchi  mahorati  o'sib  borgan  sari  nagruzka 



 

58 


hajmi  va  intensivligi  oydan-oyga,  yildan-yilga  to'xtovsiz  o'sib  borishi  kerak.  Lekin  bu  yuqori 

ko'tarilmasdan, to'lqinsimon xarakter kashf etadi.  




Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish