I.BOB. Suyuqlik va bug’ haqida.
1.1 Suyuqlik va bug’
Moddalar uch xil agregat holatda (gaz, suyuq, qattiq) bo`lib, ularning fizik xususiyatlari holat parametrlari o'zgarishi bilan bir-biridan farq qilishi yoki o`xshash bo`lishi mumkin. Masalan, normal sharoitda gaz molekulalari orasidagi masofa ularning o`lchamligiga nisbatan juda katta bo`lib, zichligi kichik va siqiluvchan bo`ladi, ya’ni gaz molekulalari orasidagi o’zaro tortishish kuchi kichik bo`lganligidan u o‘zi solingan idish hajmini to`la egallaydi va idish shaklini oladi.
Suyuqlik molekulalari esa bir-biriga juda yaqin joylashgan bo`lib, ular orasidagi o'zaro ta’sir kuchi gaz molekulalari orasidagi o’zaro tasir kuchidan bir necha yuz marta katta bo`lib, zichligi gazlar zichligdan yuz martalab katta. Bu xususiyati jihatidan suyuqliklar qattiq jismga yaqin turadi.
Suyuqlik materiya agregat holatlaridan biri boʻlib, unda hajm saqlanadi, biroq shakl oʻzgaradi. Suyuqlik bir-biri bilan kimyoviy bogʻlangan atom va molekulalardan iborat. Yerda eng keng tarqalgan suyuqlik suvdir. Suyuqlik gaz kabi oquvchan va idish shaklini oladi. Baʼzi suyuqliklar bosimga chidamli bo`ladi. Gazdan farqli oʻlaroq suyuqlik kengayib butun idishni toʻldirmaydi , o`zini zichlikni saqlaydi. Suyuqlikning farqli xossasi sirt tarangligidir , u namlanish hodisasiga sabab boʻladi. Suyuqlik zichligi qattiq moddanikiga yaqin, gaznikidan esa ancha yuqori.
Suyuqliklardagi sirt tarangligi tufayli yuza torayishga intiladi, natijada erkin tushayotgan suyuq suv sharsimon tomchiga aylanadi.
Suyuqlik — moddaning qattiq va gazsimon holatlari oʻrtasidagi agregat holat. Suyuqlikning baʼzi xossalari gaznikiga, baʼzi xossalari qattiq jismnikiga oʻxshab ketadi. U qattiq jismga oʻxshab maʼlum hajmni egallaydi, idishga quyganda esa, gaz singari, idish shaklini oladi. Kimyoviy tarkibiga koʻra suyuqlik;
komponentli (sof),
komponentli (binar),
koʻp komponentli (4 va undan ortiq komponentli) suyuq aralashmalar (eritmalar)ga boʻlinadi.
Fizik tabiatiga koʻra suyuqliklar normal (odatdagi), suyuq kristallar va kvant suyuqliklarga boʻlinadi. Odatdagi suyuqliklar faqat bitta fazaga ega. Geliy He ikki suyuq fazada — normal va oʻta oquvchan fazalarda, suyuq, kristall moddalar esa normal va bir yoki hatto bir necha anizotrop fazalarda boʻlishi mumkin. Normal suyuqlik tashqi taʼsir boʻlmaganida makroskopik bir jinsli va izotrop boʻladi. Xuddi shu xossalari bilan suyuqlik gazga oʻxshaydi, ammo anizotrop kristall qattiq jismlardan keskin farq qiladi. Amorf qattiq jismlar (masalan, shisha) oʻta sovitilgan suyuqlik boʻlib, odatdagi suyuqlikdan kinetik harakteristikalari son qiymatlari bilan farq qiladi. Agar suyuqlik qizdirila boshlansa, uning issiqlik oʻtkazuvchanlik, yopishqoqlik, diffuziya kabi xossalari gazlarning shunday xossalariga yaqinlashib boradi. Kristallanish temperaturasiga yaqinlashganda esa, ko`pchilik odatdagi suyuqliklarning zichligi, siqiluvchanligi, issiqlik sigʻimi, elektr oʻtkazuvchanligi kabi xossalari mos ravishdagi qattiq jismlarning shunday xossalariga yaqinlashadi.
Suyuqliklarda molekulalar bir-biriga yaqin turadi. Shuning uchun har bir molekula oʻzining atrofidagi qoʻshni molekulalar bilan oʻzaro taʼsirlashib turadi. Suyuqlik molekulalari gaz molekulalari kabi erkin harakat qilmasdan, qandaydir vaqt oraligʻida oʻtroq holat deb ataluvchi holatdagi muvozanat vaziyat atrofida tebranib turadi. Vaqt vaqti bilan suyuqlik molekulasi oldingi muvozanat vaziyatdan oʻz oʻlchamlariga yaqin boʻlgan masofacha uzoqlikka oʻtib, yangi muvozanat vaziyatni egallab boradi. Shu tarzda suyuqlik molekulalari suyuqlik hajmi boʻyicha betartib ravishda sekinlik bilan koʻcha boshlaydi. Suyuqlik aniq hajmga ega boʻlishiga qaramay, maʼlum shaklni saklab qola olmaydi va idishning oʻzi egallagan qismining shaklini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |