O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
Kimyo yo’nalishi 2- kurs 20.64-guruh talabasi
Lakimova Munojatning
“FIZIK KIMYO” fanidan
“SUYUQLIKNING TO’YINGAN BUG’ BOSIMI ”
mavzusidagi
KURS ISHI
Bajardi: _________________
Qabul qildi: _________________
SUYUQLIKLARNING TO`YINGAN BUG’ BOSIMI
Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
I.BOB. Suyuqlik va bug’ haqida.
1.1 Suyuqlik va bug’.
1.2 Suyuqliklarning to`yingan bug’ bosimi.
II.To’yingan bug’ bosimi.
2.1 To`yingan bug’ bosimining haroratga bog’likligi .
2.2 Suyuqlikning to`yingan bug’ bosimini dinamik usulda aniqlash .
Xulosa .
Foydalanilgan adabiyotlar.
I.KIRISH
Mamlakatimizda kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirish, ushbu yo’nalishlarda ta’lim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish “ Ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili’’ Davlat dasturining ustuvor vazifalari qatorida belgilangan. Zero, o’g’il-qizlarimizni kimyo va biologiya fanlari bo’yicha chuqur o’qitish hududlarda yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, yuqori qo’shilgan qiymat yaratadigan farmatsevtika, neft, gaz, kimyo, tog’-kon, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini jadal rivojlantirishga turtki beradi hamda xalqimiz turmush sharoiti va daromadlarini oshirishga puxta zamin yaratadi. Shu bilan birga, umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi kimyo va biologiya fanlarini o’qitish sifati bugungi davr talablariga javob bermasligini, o’qitish metodologiyasi va laboratoriyalar eskirganligini, o’qituvchilarning mehnatini munosib rag’batlantirish mexanizmlari joriy qilinmaganligini alohida qayd etish zarur. Shuningdek, o’rta maxsus, professional, oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda sohadagi ishlab chiqarish korxonalari o’rtasida kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanish borasida uzviy bog’liqlik, samarali muloqot va hamkorlik yo’lga qo’yilmagan. Kimyo va biologiya fanlari bo’yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, umumta’lim maktablarida ushbu fanlarni o’qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o’quv jihozlari bilan taminlash, ushbu yo’nalishlarga malakali o’qituvchi-murabbiylarni jalb etish, kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o’rtasida o’zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsad.
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi keyingi o’rinlarda Agentlik Innovatsion rivojlanish vazirligi Fanlar akademiyasi, Xalq talimi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, kimyo, farmatsevtika, neft va gaz sanoati korxonalari, kimyo va biologiya fanlari bo’yicha uzoq yillik tajribaga ega ustoz-murabbiylar, o’qituvchi va ilmiy xodimlarning quyidagi takliflariga rozilik berilsin respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 14 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar keyingi o’rinlarda tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish, bunda Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatini ushbu maktablar maqomiga moslashtirish; respublika, tuman, shaharlarida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan 150 ta maktablar keyingi o’rinlarda ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish; tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarda kimyo va biologiya fanlarini samarali o’qitishni muvofiqlashtirish uchun ularga oliy talim muassasalarining 55 ta kafedralarini biriktirish; ishlab chiqarish tarmoqlari uchun o’rta bo’g’in kadrlar tayyorlash tizimini samarali yo’lga qo’yish yuzasidan kimyo va biologiya yo’nalishlariga tegishli mutaxassisliklar bo’yicha o’rta bo’g’in kadrlarini tayyorlaydigan 47 ta professional talim muassasalariga ishlab chiqarish korxonalarini biriktirish; oliy ta’lim muassasalarida kimyo va biologiya yo’nalishlarida samarali o’quv jarayonini tashkil etish, fanlarni rivojlantirish uchun ularning 74 ta kafedralariga 11 ta Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish.
Kimyo va biologiya yo’nalishlariga tegishli mutaxassisliklar bo’yicha o’rta bo’g’in kadrlarini tayyorlaydigan professional talim muassasalariga ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish ro’yxati 3-ilovaga muvofiq;
Oliy talim muassasalari kafedralariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish ro’yxati 4-ilovaga muvofiq;2020- 2025 yillarda kimyo va biologiya yo’nalishida uzluksiz talim sifatini hamda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlari natijadorligini oshirish bo’yicha maqsadli dastur keyingi o’rinlarda Maqsadli dastur 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini qo’shimcha moliyalashtirish, ularni jihozlash, o’qituvchilarga ustama haq to’lash hamda kimyo va biologiya fanlarini o’qitish bo’yicha boshqa tadbirlarni moliyalashtirish uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan maxsus jamg’armalar tashkil etilsin. Quyidagilar maxsus jamg’armalarning mablag’larini shakllantirish manbalari hisoblanadi: Davlat budjeti mablag’lari; har bir hudud uchun kamida 1 milliard so’m jami 14 milliard so’m miqdoridagi mahalliy budjet mablag’lari; Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qo’shimcha manbalari va budjetdan tashqari mablag’lari;
- jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
a)2020/2021 o’quv yilida umumiy o’rta talim muassasalarida kimyo va biologiya fanlariga qiziqishi bo’lgan o’quvchilar uchun tajriba-sinov sifatida joriy etilayotgan tabiiy fanlar yo’nalishidagi variativ o’zgaruvchan o’quv rejalarini bosqichma-bosqich o’quv jarayonida foydalanishni yo’lga qo’ysin, shuningdek,
o’quvchilarning amaliy ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida tabiiy fanlar o’quv dasturlarida amaliy mashg’ulotlarning ulushini ko’paytirish choralarini ko’rsin;
b) Agentlik, Moliya vazirligi va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ixtisoslashtirilgan maktablarning kimyo va biologiya fanlari o’qituvchilarining bilimi va pedagogik mahoratini baholash va saralab olingan nomzodlarning malakasini oshirish rejasini tasdiqlasin.
Do'stlaringiz bilan baham: |