3-Mavzu: Chilangarlik tiskilari haqida ma’lumot. Egovlarni turlari, tuzilishi, ishlatilishi. Tekis yuzalarni egovlash, egovlash usullari. Tiskining dastasi aylantirilganda yurish vinti buralib gaykaga kiradi yoki undan chiqadi va ko‘zg‘aluvchi jag‘ni u yoq-bu yoqqa suradi. Qo‘zg‘aluvchi jag‘ qo‘zg‘almas jag‘ga yaqinlashganda zagotovkani siqadi, undan uzoqlashganida esa zagotovkani bo‘shatadi. Zagotovkani yanada ishonchliroq mahkamlash uchun jag‘lar yuzasiga xochsimon bo‘rtiqlar qilingan bo‘ladi.
Dastgohning balandligi o‘quvchining bo‘yiga mos bo‘lishi kerak. Buning uchun o‘quvchi dastgoh yonida turib o‘ng qo‘lini 90° bukishi lozim. Shunda uning tirsagi tiskining yuqori qismiga tegib tursa, dastgohning balandligi to‘g‘ri tanlangan bo‘ladi Dastgohning balandligi o‘quvchining bo‘yiga mos bo‘lmasa, u ishlayotganida darrov charchab qoladi va ishining sifati ham past bo‘ladi.
rasmda.
Ishlash vaqtida asboblar va zagotovkani dastgoh ustiga ulardan foydalanish qulay xolda joylashtirish lozim. O‘ng qo‘l bilan ushlanadigan asboblar o‘ng tomonda va chap qo‘l bilan ushlanadigan asboblar chap tomonda turishi kerak. Agar isho‘rni to‘g‘ri tashkil etilsa, vaqt tejaladi, mehnatning unumdorligi va sifati ortadi
Ishlovchining bo‘yiga qarab tiskining poldan balandligini tanlash Mehnat unumdorligi tiskilarning o‘rnatilish balandligiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Tiskilar noto‘g‘ri o‘rnatilsa, mehnat unumdorligi pasayibgina qolmasdan, balki o‘quvlarning shakllanishiga xalaqit beradi, odam ko‘proq charchaydi.
Mehnat unumdorligining tiskilarning poldan balandligiga bog‘liqligini ifodalovchi diagrammada (rasm, a) tiskilarning poldan eng qulay balandligi egovlashda 102 sm ekanligi (ishlovchining bo‘yi 168 sm bo‘lganida) ko‘rinib turibdi. Bu balandlikdan boshqacha balandlik olpnsa, zagotovkadan egovlab olinadigan metall miqdori kamayadi va ishlovchi tez charchaydi. Egov yoki dastarra bilan ishlashda bilak bilan yelka orasidagi burchak 90° bo‘lishi kerak (rasm, b).
Tiskilar past joylashganida (rasm, v) bilak yelka bilan o‘tmas burchak hosil qiladi - bilak muskullari kuchli taranglanadi, harakat qiyinlashadi, o‘ng va chap qo‘llar bilan bir xilda bosish buziladi, qad bukiladi, ishlovchi no muvozanat holatida turadi; u muvozanatini saqlash uchun engashadi va chap qo‘l bilan qattiqroq bosadi, bunda detalning chap cheti qiya egovlanib qoladi.
Tiski baland joylashganda ( rasm, g) bilak va yelka o‘tkir burchak hosil qiladi: ishlash sharoiti yanada yomonlashadi, chunki kesish kuchini yelkadan asbobga uzatish
Ishlovchining bo‘yiga qarab tiskilarshshg poldan balandligini tanlash
a—mehnat unumdorligining tiskilarning poldan balandligiga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi diagramma; b—egovlashda tiskilarning eng qulay balandligi; g—tiskilarning baland
.
o‘ta zo‘riqishni talab qiladi, hatto bunga o‘quvchining kuchi yetmay qolishi ham mumkin. Bunda kuch ko‘proq o‘ng qo‘lga to‘g‘ri keladi, bu esa detal o‘ng chetining qiya egovlanishiga olib keladi.