Suyakli baliqlar sinfining umumiy tavsifi va sistematikasi. Suyak – tog‘aylilar, shu’la qanotlilar, ikki XIL nafas oluvchilar va panja qanotlilar kenja sinflari vakillarining tuzilishi, asosiy turkumlari



Download 1,34 Mb.
bet8/10
Sana12.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#659068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
suyakli baliqlar sinfining umumiy ta

3.1. Suyakli baliqlar skeleti.
Umurtqa pog’onasi amfisel tipdagi umurtqalilardan tashkil topgan, tana va dum umurtqalariga bo`linadi. Umurtqalardan ustki va pastki yoylar chiqadi. Tana bo`limidagi umurtqalarning ustki yoylari qo`shilib, orqa miya kanalini hosil qiladi. Pastki yoylar ko`ndalang o`simtalarga qo`shiladi. Ko`ndalang o`simtalar pastki yoylardan hosil bo`ladi. Dum bo`limining pastki yoylari qo`shilib, qon tomirlari o`tadigan gemal kanal va gemal o`simta hosil qiladi.
Bosh skeleti o`z navbatida miya qutisi skeleti va vissyeral skeletlarga bo`linadi. Miya qutisining tog’ay hisobidan hosil bo`lgan almashuvchi suyaklari quyidagilar hisoblanadi: engsa qismida engsa teshigi atrofida toq ustki engsa juft yon engsa va toq asosiy engsa suyaklari rivojlanadi. eshitish kapsulasini tashkil qiladigan quloq suyaklari bor, ular beshtadan bo`ladi. Ko`z kosasining devorini toq asosi ponasimon, juft qanotponasimon va ko`zponasimon suyaklar tashkil qiladi.
Hidlov kapsulasining o`rnida toq oraliq hidlov suyagi va juft yon hidlov suyaklari rivojlanadi.
Miya qutisining qoplovchi suyaklariga bosh miyani ustki tomonidan yopib turuvchi juft burun, peshona va tepa suyaklari va miya qutisi ostidan tutib turuvchi toq parasfenoid suyaklari kiradi. Parasfenoid suyagining oldida toq dimoq suyagi joylashadi.
Vissyeral skeletda yoy hosil qilgan suyaklardan tashqari jabra qopqog`i bo`ladi.
Jabra yoylari va til osti yoyi ham xuddi akulalardagidek qismlardan tashkil topgan lekin suyakka aylangan.
Jag’ yoyining ustki qismi akuladagi tanglay-kvadrat tog’ayga gomolog bo`lgan birlamchi ustki jag’i bir juft tanglay suyagi bilan bir juft kvadrat suyakdan iborat, bu suyaklar sistemasi ustki jag’ funksiyasini bajarmasdan miya qutisining ostini hosil qiladi. Ustki jag’ rolini juft qoplovchi suyaklar- ustki jag’ va jigaro suyaklar bajaradi.
Pastki jag’ teri hisobidan hosil bo`lgan va mekkel’ tog’ayini yopib turadigan katta tish suyagidan, burchak suyagidan va almashinuvchi qo`shilish suyaklaridan tashkil topgan.
Ko`krak suzgich qanotlarining skeletida bazaliylari bo`lmaydi va suyak to’g’ridan-to’g’ri kamar suyagiga birikadigan radialiy suyaklaridan shu’lalardan iborat. Ko`krak kamari juft qoplovchi qorakoid va ko`krak suyaklaridan tashkil topgan. Birlamchi kamar hisoblangan bu suyaklarga ikkilamchi kamar suyagi almashinuvchi suyak kleytrum tegib turadi. Qorin suzgich qanotlarining suyak skeleti faqat bir juft plastinkadan iborat. Bazaliy va radikaliy bo`limlari yo`qolib ketib, tashqi suyak shu’lalar bevosita chanoq plastinkalariga tegib turadi.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish