Suyakli baliqlar sinfining umumiy tavsifi va sistematikasi. Suyak – tog‘aylilar, shu’la qanotlilar, ikki XIL nafas oluvchilar va panja qanotlilar kenja sinflari vakillarining tuzilishi, asosiy turkumlari


Qon aylanish va ayirish sistemasi



Download 1,34 Mb.
bet10/10
Sana12.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#659068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
suyakli baliqlar sinfining umumiy ta

3.4. Qon aylanish va ayirish sistemasi.
Hamma suyakli baliqlarda vena sinusi bo`ladi. Bu yurak bo`lmasiga, yurak bo`lmasi esa yurak qorinchasiga ochiladi. Suyakdor baliqlarda arterial konus yo`qolib ketadi. Qorin aortasining yurak qorinchasiga yaqin joyi kengayib, aorta so`g`onini hosil qiladi. Aorta so`g`oni silliq muskulli bo`lib, yurak singari mustaqil ravishda urib tura olmaydi. Qorin aortasidan to`rt juft jabraga olib keluvchi arteriyalar chiqadi va jabra yaproqlarida yuvilib, oksidlanadi. Arterial qon jabra yaproqlaridan olib ketuvchi (bu ham to`rt juft) arteriyalarga yig`iladi, bulardan orqa aorta ildizlariga to`planadi. Aorta ildizlari oldingi tomondan uyqu arteriyalarini ajratib, keyingi tomonda qo`shiladi va toq orqa aortani hosil qiladi. Uyqu arteriyalari ham qo`shilib, suyakli baliqlarga xos bo`lgan bosh doirani hosil qiladi. Toq orqa aorta umurtqaning osti bo`ylab dum arteriyasi bilan tugaydi.
Dum vena gavda bo`shlig`iga kirib, chap va o`ng buyrak qopqa venalariga ajraladi. Lekin bu vena ko`pchilik suyakli baliqlarning o`ng buyragida tarmoqlanib, to`r hosil qilmaydi. Buyraklardan keyingi chap va o`ng kardinal venalar chiqadi. Gavdaning bosh qismidan vena qoni juft oldinga kardinal venalarga yig`iladi. Bularda yon venalar bo`lmaydi. Ko`krak suzgich qanotlaridan vena qoni o`mrovosti venalariga yig`iladi. Kyuve naychasi va o`mrovosti venalari vena sinusiga quyiladi. Ichak, oshqozon, tomoqdan yig`ilgan vena qoni jigar qopqa venasini hosil qiladi va bu ham vena sinusiga quyiladi. Suyakli baliqlarning qon bosimi boshqa tog`ayli baliqlarga nisbatan biroz yuqori (18-120 mm simob ustuni) bo`lsa, tog`ayli baliqlarda 7-45 mm simob ustuniga tengdir.
Ayirish organlari. Ayirish organlari bo`lib juft qorin (mezonefritik) buyrak xizmat qiladi. Bu lentasimon shaklga ega va umurtqa pog`onasining ikki yonida turadi. Keyingi tomonda chap va o`ng buyraklar birga qo`shiladi. Volf naychalari siydik yo`li vazifasini bajaradi.
Siydik yo`llari buyrakdan chiqib qo`shiladi va siydik pufagini hosil qiladi, siydik teshigi bilan tashqariga ochiladi.
Urchish organlari. Suyakli baliqlarning jinsiy bezlari, odatda juft bo`ladi va buyrakning ostida joylashadi. Erkaklarida Volf nayi siydik nayi vazifasini bajaradi, urug`don naychalari urug` yo`liga ochiladi. Urug` yo`llari tashqariga siydik-tanosil teshigi orqali ochiladi. Urg`ochilarida Myullyer nayi yo`qolib ketadi. Tuxumdondan tuxum yo`li siydik-tanosil teshigiga ochiladi.
Pishib yetilgan jinsiy hujayralar tashqariga chiqariladi va tashqarida (suvda) urug`lanadi.
Mavzuga doir prezentatsiya



1 Georg Zappler, ElenaT. Ivy. –Texas Freshwater Fishes. Texas Paeks and Wildlife 2007. 33 b, 40 b, 41 b.



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish