3.3-jadval
Suvo`tlar bilan tozalangan Zarafshon daryosining suv namunalarining fizik-kimyoviy ko`rsatkichlarining
o`zgarishi (n=3)
Ko`rsatkichlar
|
O`lchov birligi
|
Standart
|
Tozalashdan oldin
|
Eichhornia crassipes
|
Pistia stratiotes
|
Ta`mi
|
Ball
|
2,0
|
1,78 ± 0,02
|
1,94 ± 0,02
|
1,96 ± 0,04
|
Hidi
|
Ball
|
2,0
|
1,76 ± 0,04
|
1,93 ± 0,04
|
1,96 ± 0,02
|
Rangi
|
Daraja
|
20,0
|
18,4 ± 0,24
|
19,4 ± 0,14
|
19,7 ± 0,04
|
Loyqaligi
|
mg/dm3
|
1,5
|
1,74 ± 0,02
|
1,54 ± 0,02
|
1,51 ± 0,03
|
Umumiy qattiqlik
|
mg/dm3
|
7,0
|
9,2 ± 0,37
|
7,2 ± 0,02
|
7,0 ± 0,22
|
Nitratlar
|
mg/dm3
|
45,0
|
53,6 ± 0,4
|
46,6 ± 0,3
|
46,0 ± 0,4
|
Xloridlar
|
mg/dm3
|
250,0
|
266,4 ± 3,7
|
252,2 ± 2,2
|
251,1 ± 1,24
|
Mg (magniy)
|
mg/dm3
|
12,0
|
14,2 ± 0,37
|
12,1 ± 0,21
|
12,2 ± 0,17
|
Ca (kalsiy)
|
mg/dm3
|
23,0
|
23,2 ± 0,04
|
23,1± 0,02
|
23,0 ± 0,04
|
3.4-rasm. Suvo`tlar bilan tozalangan Zarafshon daryosining suv
namunalarining fizik-kimyoviy ko`rsatkichlarining o`zgarishi
3.3-jadval va 3.2-chizmadagi ma`lumotlarni tahlil qilsak, Zarafshon daryosidan olingan suv namunalarining fizik-kimyoviy ko`rsatkichlari eyxorniya va pistiya bilan tozalangandan keyin suvo`tlar bilan tozalashdan oldingi holatidan o`zgarganligini ko`rishimiz mumkin, ya`ni barcha ko`rsatkichlar ko`rsatkich me`yori standarti tomon o`zgargan.
XULOSA
Tirik organizmlar uchun suvning tutadigan o`rni, suv resurslari va ulardan xalq xo`jaligida foydalanish, suvni ifloslovchi manbalar, suvdan oqilona foydalanish va oqava suvlarni tozalash usullari to`g`risida tushuncha oldim. Suv tabiatda keng tarqalgan bebaho boylik bo`lib, u tiriklikning asosidir. Binobarin, dastlabki tirik hujayra koatservat tomchilari sifatida suv muhitida paydo bo`lgan va evolyutsion taraqqiyot jarayonida ulardan suvda yashovchi bir va ko`p hujayrali organizmlar kelib chiqqan. Yer yuzidagi biror tirik organizm suvsiz yashayolmaydi, chunki undagi to`qimalarning asosiy qismini suv tashkil qiladi. Masalan, 18 yoshdan 50 yoshgacha bo`lgan kishilarning organizmida gavda og`irligining 61% ni suv tashkil qiladi. Ayollarda, semiz kishilarda va keksalarda bu ko`rsatkich biroz pastroq bo`ladi. Odam tanasidagi suvning 70% hujayra protoplazmasini, 23% to`qimalararo suyuqlikni, qolgan 7% esa qon plazmasini hosil qiladi. Organizmda suvning bir yo`la 10% ga kamayishi odamni og`ir ahvolga solib qo`yadi, uning 20-25% ga kamayishi esa kishini halok qiladi. Suv ayniqsa suvda yashovchi hayvonlar tanasida ko`pdir. U, masalan, medo`zada gavda og`irligining 99,7% ni tashkil qiladi. Biosferadagi suv resurslarining zahirasi juda katta bo`lib, u qariyb 1,5 mlrd. km. kubga teng. Bu zahiralar 2 turga bo`linadi – asriy zahiralar ya'ni abadiy muzliklar va qayta tiklanadigan zahiralar ya'ni tabiatda aylanib turadigan suvlar. Yerdagi suvning bug`lanishi va uning yog`inlar sifatida qayta tushishi biri – birining o`rnini to`lidirib turadi, ya'ni suyuq holdagi suvlar tabiiy balansda aylanib turadi. Okeanlar yuzasidan yiliga 116 – 124 sm qalinlikda suv bug`lanadi va ular yuzasiga 107 – 114 sm qalinlikda yog`in yog`adi, quruqlikdan esa yiliga taxminan 47 sm qalinlikda suv bug`lanadi va 71 sm. qalinlikda yong`in yog`adi. Dengiz va okeanlarda bug`lanish bilan qaytib tushish o`rtasidagi farqni daryo oqimlari tekislay boradi. Daryolardan dengiz va okeanlarga yiliga 45 ming km. kub atrofida suv quyiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., “Sharq”, 1998.
I.A.Karimov. O’zbekiston buyuk kelajak sari. T., “O’zbekiston”, 1998.
I.A.Karimov. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T., “O’zbekiston”, 1999.
Jabborov N. Kimyo va atrof muhit. T., “O’qituvchi”1992.
Barotov P. Tabiatni muhofaza qilish. T., “O’qituvchi”1991.
Shodimetov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. I, II qism, T., “O’qituvchi”1994.
Otaboyev Sh. Nabiyev M. Inson va biosfera. T., “O’qituvchi”1995.
8. Tursunov X.T. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. “Saodat RIA”,
9. To’xtayev A.S. Ekologiya. T., “O’qituvchi”1998.
10. Qodirov E.B. va boshqalar. Tabiiy muhitni muhofazalashning ekologik asoslari. T., “O’zbekiston”, 1999.
11. Ergashev A., Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. T., “Yangi asr avlodi”, 2005.
12. Xolmurodov J. Ekologiya va qonun. T., “Adolat”. 2000.
13. www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |