Suvga cho’kkan odamga, muzlagan, elektr toki urgan odamlarga birlamchi tibbiy yordam ko’rsatish



Download 24,27 Kb.
bet1/9
Sana20.03.2023
Hajmi24,27 Kb.
#920482
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

23-MAVZU:

SUVGA CHO’KKAN ODAMGA, MUZLAGAN, ELEKTR TOKI URGAN ODAMLARGA BIRLAMCHI TIBBIY YORDAM KO’RSATISH.



REJA:
1. Birinchi yordam ko’rsatishdan maqsad.
2. Suvda cho’kkan odamga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.
3. Elektr toki urgan odamga tibbiy yordam ko’rsatish.


TAYANCH IBORALAR:


Amaliy suzish, qutqarish, cho’kish turlari, cho’kish sabablari, sun’iy nafas oldirish, massaj qilish, elektr toki urish sababi, qutqarish choralari.


Birinchi tibbiy yordamni o’rganishdan maqsad, biz kim bo’lishimizdan qatiy nazar birinchi tibbiy yordam ko’rsatishni bilishimiz zarur. Chunki baxtsiz xodisalar har qadamda uchrashi mumkin, ya’ni vrach bor-yoki yo’q joyda, kasalxonaga yaqin yoki kasalxonaga uzoq joyda, shuning uchun har bir inson tibbiyot xodimlari yetib kelguncha, birinchi yordam, elektr tokidan shikastlanganda.
Shikastlangan odamning umumiy xolatiga qarab, hushdan ketganligi yoki ketmaganligini hisobga olib, nafas olish to’xtatishini yoki to’xtamaganligini, yurak faoliyatining juda pasayib ishlayotganligini yoki to’xtab qolishi mumkinligini hisobga olgan xolda, yordam ko’rsatishni tashkil qilish lozim. Bunda qo’yidagi choralar ko’riladi: elektr toki ta’sirini zudlik bilan to’xtatish, o’chirish, (quruq tayoq bilan olish, rezina qo’lqop bilan olish,) zarurat bo’lganda suniy nafas berish (og’izdan-og’izga, og’izdan –burunga yoki maxsus apparat yordamida), yurakning tashqiy massaji belgilangan usullar asosida hamda yurakka ta’sir etuvchi dori vositalarining (kordiamin, adrenalin, prednizolon). Ko’p sonli jarohatlanish va kasallanishlarda shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish. Ma’lumki, baxtsiz xodisalar, falokat, tabiiy ofat va boshqalar vaqtida voqea sodir bo’lgan joyda ko’p sonli jarohatlanganlar bo’ladi. Bunday xolatlarda tez yordam qanday tashkil qilinadi? Qanday yordam va u qanday ketma-ketlikda ko’rsatiladi? Bunday xollarda voqea sodir bo’lgan joyda tibbiyot xodimi yoki birinchi tibbiy yordam ko’rsatish ko’nikmalariga ega bo’lgan shaxs voqea oqibatlarini bartaraf qilish uchun qo’llaniladigan chora-tadbirlarni o’tkazishbo’yicha javobgar bo’ladi. U hamma jarohatlanganlarga yordam berilmaguncha yoki tez yordam brigadasi yetib kelmaguncha o’sha joyda qolishi kerak. Bu xolatda hal qilinishi lozim bo’lgan asosiy masalalar quyidagilardan iborat: shikastlanish turi bo’yicha jarohatlanganlar guruhlarini tashkil qilish, hayotiy ko’rsatmalar bo’yicha tez tibbiy yordam ko’rsatish, jarohatlanganlarni tezkorlik bilan, ularning xolati va jarohati darajasiga qarab, navbat bilan davolash muassasasiga evakuatsiya qilish. Jarohatlanganlarga yordam ko’rsatishni tashkil qilish bo’yicha umumiy boshqaruv mahalliy sog’liqni saqlash organlariga yuklatiladi. Amaliy boshqaruvni operativ bo’lim orqali, o’choqdagi (tabiiy yoki baxtsiz xodisa yuz bergan joydagi) mas’ul tibbiy xodim va tez tibbiy yordam stansiyasining mas’ul navbatchi vrachi amalga oshiradi. O’choqda barcha ishlarga mas’ul feldsher tez tibbiy yordam stansiyasining mas’ul vrachiga bo’ysunadi. U voqea sodir bo’lgan joyga yetib kelishi bilan sharoitni baxolab, barcha tibbiy xodimlarni birinchi tibbiy yordam ko’rsatishga yo’naltirishi, so’ngra o’z o’rnini belgilashi kerak. U jarohatlanganlar sonini aniqlaydi va shunga mos ravishda radio yoki telefon orqali qo’shimcha tez yordam mashinalarini chaqirish masalasini hal qiladi. Fyeldsher muassasa rahbariyati, militsiya va avariya qutqaruv xizmati bilan aloqa bog’laydi va jarohatlanganlar evakuatsiyasi yo’nalishini aniqlaydi. Jarohat turiga qarab, tibbiy saralash va birinchi tibbiy yordam ko’rsatish uchun feldsher va hamshiralar ajratiladi. Yangi kelgan brigadalarni o’z boshqaruviga olib, bosh vrach bilan birgalikda jarohatlanganlarni gospitalizatsiya qilish va ko’rsatmalar bo’yicha profilli kasalxonalarga evakuatsiya qilishtartibinianiqlaydi. O’choqda ishlar tugaganidan so’ng voqea sodir bo’lgan o’choqni shaxsan tekshiradi va obyekt rahbariga hamda tez tibbiy yordam stansiyasi mas’ul navbatchi vrachiga axborot beradi, ularning ruxsati bilan voqea sodir bo’lgan joydan eng keyin jo’nab ketadi.


  1. Download 24,27 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish