Haqiqiy cho’kish odatda, suzishni bilmagan kishilarda ro’y beradi.
Asfiksiya yoki «quruq» cho’kish hiqildoqning reflektor spazmi tufayli, suv o’pkaga kirmay qolishi bilan kechadi. Yuqori nafas yo’llari suvdan ta’sirlanganda hiqildoq yoki traxeyaning yo’li butunlay bekilib qoladi va cho’kkan odam bo’g’ilib (asfiksiya bo’lib) o’lib qoladi. Iflos, xlor konsentrasiyasi ko’p, kimyoviy moddalar, eritma zarrachalari bor bo’lgan qumli suvda ham bo’g’ilib cho’kish xollari kuzatilgan. Bunday cho’kkan odamniyag rangi oqarib ketadi. Cho’kishning bu turi ko’pincha (5-20 foizgacha) bolalar va ayollar o’rtasida uchraydi.
Sovuq (16 dan past) suvda cho’milgan kishi sovuqlik shoki yuz berishi natijasida cho’kib ketishi mumkin. Ma’lumki, odam sovuq suvga tushganida teridagi qon tomirlar torayadi. Qon tana yuzasidan ichki a’zolarga kochib ketadi va shuning uchun ularning faoliyati anchagina tezlashadi. Bu esa moddalar almashinuvining ortishiga, oksidlanish jarayonini tezlashishiga, binobarin, issiqlik xosil bo’lishining ko’payishiga olib keladi. Yurak faoliyati ham ancha tezlashadi. Shuning uchun qonning tomirlar bo’ylab harakatlanishi kuchayadi, teriga juda ko’p iligan qon keladi va teri yuzasi qattiq sovub ketmaydi. Agar odam uzoq-vaqt sovuq suvda cho’milsa, yoki sovuq suvga tushib ketsa, dastlabki paytda yuragini «to’xtab qolganday» his etadi. Chunki yurak faodiyati bir necha sekundgacha nixoyatda sekinlashib qoladi. Teri reseptorlaridan boshlangan intensiv impzls katta yarimsharlar po’stlog’iga borishi natijasida bosh miya tomirlari torayadi, miyada spastik anemiya ro’y beradi va yurak reflektor ravishda to’xtab qoladi.
Boshqacha bo’lishi, ham mumkin. Masalan, kuyish nurining kuchli ta’siridan haddan tashqari issiqlab ketgan suvga cho’milganda, og’ir ish qilganida yoki mast xolatda (tana Harorati 37° ga yana aroqning 40° si qo’shilib, shu harorat bilan sovuq suvga tushganda) cho’milganida suvda sovuqlik shoki yuz berishi mumkin.
Bundan tashqari, agar odam uzoq vaqt sovuq (20°dan iast) suvda cho’milsa (chiniqmagan bo’lsa) sovqotadi, sovuqlik shoki rivojlanmasada, u cho’kib ketishi mumkin. Bunday suvda issiqlikni tashqariga chiqarish keskin ravishda kuchayib, gavdaning harorati pasayib ketadi, markaziy nerv sistemasi asta-sekin susayib, skelet mushaklari og’riydi va tirishib qisqarib, tomirlar tortishadi. Tezlik bilan yordam ko’rsatilmasa, ba’zan ko’ngilsiz xodisa yuz beradi. Sovuq suvga cho’kkan odamda klinik o’lim xolati uzoq (20 minutgacha) cho’zilib, cho’kkanga hatto 20 minut bo’lgan bo’lsa ham, tiriltirish mumkinligini esda tuting.
Do'stlaringiz bilan baham: |