Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ekologiyasi, kelib chiqishi va ahamiyati


Suvda va quruqlikda yashovchilarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi



Download 112,87 Kb.
bet3/8
Sana09.06.2022
Hajmi112,87 Kb.
#648595
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Mustaqil ish

3. Suvda va quruqlikda yashovchilarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi.
Amfibiyalarning kelib chiqishi evolyutsion jarayonda katta ahamiyat kasb etadi. Bu holatda biz faqat yangi bir sinf paydo bo’lishini emas, balki umurtqali hayvonlarning yangi muhit sharoitiga, quruq-likka chiqishini ko’ramiz. Umurtqalilarning suv muhitidan quruqik muhitiga chiqishi ularning yangi turli-tuman sharoitga duch kelishiga sabab bo’ldi. Bu holat murakkab evolyutsion taraqqiyot yo’liga va o’z navbatida, yuqori umurtqalilar: sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilarning paydo bo’lishiga olib keldi.
Umurtqali hayvonlarning suv muhitidan quruqlikka yashash uchun o’tishi ularning ikki asosiy yo’nalishga moslashishini talab qilar edi: atmosfera kislorodi bilan nafas olish va qatgiq substratda harakat qilish. Boshqacha aytganda, jabra bilan nafas olish o’pka bilan nafas olishga, suzgich qanotlar bilan harakat qilish organlari qattiq substratda tayanishga moslashgan ko’p richagli besh barmoqli harakat organlariga aylanishi zarur bo’lgan.
Atmosfera kislorodidan foydalanish baliqlar ichida suvda kislorod yetishmaganda har xil yo’llar bilan borgan, lekin bu hol devon davrida yashagan kaftqanotli baliqlar tomonidan samarali hal qilinadi, ya’ni o’pka hosil bo’ladi, ikkinchi qon aylanish doirasining murtagi, juft suzgich qanotlari asosining go’shtdorligi, uning skeletining o’ziga xosligi, xoanalarning paydo bo’lishi shular jumlasidandir.
Devon davrida yashagan kaftqanotli baliqlar nisbatan katta baliqlar bo’lgan (uzunligi 50-150 sm) va yirtqich hayot kechirgan. Bu baliqlarning kuchli muskulga ega bo’lgan juft suzgich qanot-lari, ularning o’ziga xos ichki skeleti suv qurib yoki sayoz bo’lib qolganda ularning boshqa suv havzalariga o’tishiga imkon yaratib byergan.
Ustki devon davrida chuchuk suvlarda yashovchi kaftqanotli baliqlar-dan eng birinchi amfibiyalar — ixtiostegidlar ajralib chiqqan. Ularning qoldiqlari Grenlandiyada ustki devon qatlamlaridan topilgan. Bu hayvonlar tashqi ko’rinishiga ko’ra hozirgi dumli amfibiyalarga ancha o’xshab ketadi. Bular baliqlar bilan amfibiyalar o’rtasida oraliq o’rinni egallagan hayvonlar bo’lgan. Ixtiostegidlarning oldingi va keyingi oyoqlari besh panjali tipda bo’lgan, har bir panjasi 5 ta barmoq bilan tugagan. Oddingi oyoqlarining kamar skeleti bosh skelet bilan bog`lanmagan, chanoq kamari hali umurtqa pog`onasi bilan qo’shilmagan. Bu hayvonlarda o’pka bo’lib, og`iz-halqum yordamida havo yutilgan.
Ixtiostegiddar quruqlikda yashashga moslashishi bilan bir qatorda, hali baliqlarga xos belgilarni ham saqlab qolgan: bosh skeleti kaftqanotli baliqlar bosh skeleti singari kuchli qoplovchi suyaklar bilan qoplangan, dumlari baliq dumiga o’xshash, dum bo’laklarini suyak nurlar ushlab turgan. Jabra qopqog`ining rudimenti saqlangan. Shuning uchun ham shved paleontologi Ye.Yarvik ixtiostegidlarni «to’rtoyoqli baliqlar» deb atagan.
Bu xususiyatlar ixtiostegidlarga devon davrining oxirida kaft-kanotli baliqlarni chuchuk suvlardan siqib chiqara boshlashiga va suv bo’yidagi nam joylarni egallab olishiga imkon berdi.
Devonning oxiri, toshkumir davrining boshlarida qandaydir ix-tiostegidlardan antrokozavrlar turkumi ajralib chiq-qan. Perm davrining boshlariga kelib bular qirilib ketadi, lekin toshko’mir davrining o’rtalariga kelib bulardan seymuriyamorflar ajralib chiqadi. Bulardan sudralib yuruvchilar kelib chiqqan, deb faraz qilinadi.
Shunday qilib, perm davrida stegotsefallarning ko’pchilik guruhlari qirilib ketadi va ba’zi guruhdari triasning oxirigacha yashaydi. Stegotsefallarning bunday tez qirilib ketishiga biotopik sabablar bo’lgan. Pastki perm va toshko’mir davrlarida issiq va nam iqlim bo’lgan. Faqatgina ustki perm va triasda iqlim biroz quruq va issiqlashgan. Avval aytganimizdek, toshko’mir davrining o’rtalarida birinchi sudralib yuruvchilar - seymuriyamorflar paydo bo’lgan. Bular murakkab fe’l-atvorga ega bo’lgan, shu sababli stegotsefallarni siqib chiqara boshlagan va ular yashagan muhitni (biotopni) egallagan.
Hozirgi amfibiyalar boshdan kechirgan eng muhim o’zgarishlardan biri qorin va bosh kosalarining ko’pchilik suyaklarini yo’qotishidir.
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar birinchi to‘rt oyoqlilar hisoblanadi. Ular suvdan quruqlikka chiqqan dastlabki hayvonlardir. Nisbatan 300 dan ko‘proq. Salamandralar to‘rt oyoqlab harakatlanadi. Qurbaqalar yer atrof muhitining qutb va quruq cho‘llarida yashaydi.
Oyoqsiz amfibiyalar Janubiy Amerikaning tropik qismida yashaydi. Oziqlanishida: xarakatchang tili yordamida oziqasiga ta’sir o‘tkazadi va qo‘lga tushuradi. Amfibiyalar ikkilamchi suvga qaytgan hayvonlar. Murtag pardasiz tuxumlar qoyadi.Har qanday qurbaqa itbaliqdan boshlanadi. Ularning metamorfozida: almashinish orqali hayvonlarning tashqi ko‘rinish o‘zgaradi .U taxminan itbaliqning har bir organiga tasir o‘tkazadi.

2-ish


Download 112,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish