Muloqot ma’lumot, fikr



Download 23,58 Kb.
bet1/4
Sana12.07.2022
Hajmi23,58 Kb.
#784259
  1   2   3   4
Bog'liq
Muloqot ma’lumot, fikr



  1. Muloqot ma’lumot, fikr yoki g‘oyaning bir odamdan boshqasiga uzatilish yo‘li bo‘lib, u odamlar orasida va jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni o‘rnatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Muloqot samarali bo‘lishi uchun uchta asosiy omil talab qilinadi: vosita, sabab va imkoniyat. Topshiriq: huquqshunoslar faoliyatida muloqotning samarali tashkil etilishidagi omillarni konkret biror misol yordamida ko‘rsatib, uning vositasi, sabab va imkoniyatlarini sharhlab bering.

Javob:





    1. Muloqot deganda nimani tushunamiz?




    1. Vosita, sabab va imkoniyatning muloqot samaradorligidagi o'rni qay darajada?

    2. Huquqshunoslar faoliyatida qanday misollar orqali uchta omilni ko'rish mumkin?

  1. Muloqot deganda nimani tushunamiz? Dastlab, muloqot tushunchasiga ta'rif berib o'tamiz. Muloqot - bu odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan vujudga keladigan axborot almashinuvi jarayoni. Demak, odamlar o'zlarining ehtiyojlarini qondirish uchun boshqa shaxslar bilan fikr almashadi. O'zidan bilimliroq insondan tavsiya, yo'l-yo'riq oladi. Turli xil kelishuvlarga erishadi. Ya'ni yangidan yangi axborotlarni uzatadi va qabul qiladi. Muloqot barchaga xos. Ammo u insonlar nutqi orqali yanada ko'rkamlashadi. Muloqot orqali kimdir yangi lavozimni egallaydi (og'zaki suhbat), kimdir esa imtihon topshiradi. Yana kimdir moddiy manfaatdor bo'ladi. Ya'ni hayotimizni muloqotsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Inson o'z ongi bilan hayvonlardan farq qilar ekan, qiyin vaziyatlarda ham yaqin insonlari bilan muloqot qilib, masalaga yechim topadi.

Ko'pincha inson biror narsa haqida birinchi eshitgan axborotiga ishonadi. Keyin boshqalar tomonidan shu haqida o'zgacha fikr aytilsa ham birinchi eshitgan ma'lumotiga qarab ish tutadi. Bu ham muloqotga oid bo'lgan bir fakt. Shuningdek, insonlar muloqot orqali bir-birlarining qanday inson ekanligini, xarakterini, dunyoqarashini bilib oladi. Inson bor ekan, inson bilan muloqot qiladi. Usiz hayotning mazmuni yo'qoladi.

  1. Vosita, sabab va imkoniyatning muloqot samaradorligidagi o'rni qay darajada? Uchta asosiy omil muloqotni yanada ko'rkamlashtiruvchi, uning

samaradorligini oshiruvchi mezon bo'lib xizmat qiladi. Bular : vosita, sabab va imkoniyat. Xo'sh, bular o'zi nima? Ularning samarasi nimalarda ko'rinadi? Har bir narsaning vositasi bo'ladi. Masalan, o'quvchining asosiy vositasi - bu kitob, gilamdo'zniki esa gilam. Shunday ekan, muloqotning ham asosiy vositasi bor. Bular chiroyli nutq, so'z boyligi, improvizatorlik, hozirjavoblikdir. Bu sifatlar nutqning ta'sirchanliginini oshiruvchi, tinglovchiga yanada tushunarliroq qilib yetkazishda, uni aytayotgan so'zlariga butun vujudi bilan his qilishida ko'maklashuvchi vositalardir. Kishi har qanday qiyin vaziyatdan chiroyli nutqi bilan chiqib keta olishi mumkin. Hattoki, insonning tili uni o'limdan ham asrab qolishi mumkin. Shu o'rinda "Qobusnoma"dan o'rin olgan bir ibratli hikoyani aytib berish o'rinlidir. Xalifa Xorun ar-Rashid tush ko'radi. Tushida barcha tishlari to'kilib ketgan bo'ladi. Xalifa ta'bir qiluvchidan tushining ma'nosini so'raydi. Shunda u: "Sening barcha yaqinlaring erta olamdan o'tadi. Barcha yaqinlaringdan ayrilib qolasan"-, deydi. Shunda Xalifaning g'azabi kelib, unga yuz darra urishni buyuradi. So'ng yana boshqa ta'birchini chaqirib, tushining ta'birini so'raydi. U shunday deydi: " Sening umring barcha qarindoshlaring umridan uzun bo'ladi". Shunda Xalifa "Barcha aqlning yo'li birdir va ikkala ta'birning negizi bir yerga boradi, ammo, bu ibora bilan u iboraning orasida farq bag'oyat ko'pdir"-, deydi va unga yuz tillo berishni buyuradi. Yuqorida aytilgan hikoyada muloqotning asosiy vositasi sifatida ifodalanadigan chiroyli nutq, so'zlarni o'z o'rnida qo'llash, qiyin vaziyatlarda topqirlik bilan yetti o'lchab bir kesish namoyon bo'ldi. Bugungi kunda bunday holatlarni kuzatmaymiz, albatta. Ammo shunday qiyin vaziyatlar bo'ladiki, muloqot jarayonida nima deyishni ham bilmay qolasan kishi. Bunday vaziyatlarda tezkorlik bilan eng to'g'ri qarorni qabul qilish kishidan talab qilinadi. Chiroyli nutqqa ega bo'lishda nafaqat gapning mazmuniga, balki ohangiga ham e'tibor qaratish muhim hisoblanadi. Tasavvur qiling, siz hamkorlar bilan shartnoma imzolash uchun taqdimotingizni himoya qilyapsiz. Shu jarayonda tez gapirish ularning nima
demoqchiligingizni anglay olmasligiga olib kelishi mumkin. Yoki o'ta sekin gapirish ham asablarni taranglashtirishi mumkin. Shunday vaziyatlarda qanday ohangda gapirish kerakligini oldindan tayyorlab, mashq qilib olish eng yaxshi usul hisoblanadi. Eng asosiysi, tabiiylikni yo'qotmagan holda samimiy ohangda gapirish kishilarda sizga nisbatan mehr uyg'onishiga sabab bo'ladi. Bularning barchasi muloqotning vositasiga misol bo'la oladi. Keyingisi, ya'ni muloqotning yana bir asosiy omillaridan biri - bu sabab. Ya'ni yuqoridagi misolda tomonlarning shartnoma imzolashi jarayonida asosiy sabab - bu ikkala tomonga ham manfaat keltiradigan hamkorlik o'rnatish uchundir. Shu orqali ishlab chiqarishni kengaytirish, mahsulotning sifatini oshirish mumkin. Yoki boshqa bir misol keltirsak. Tergov jarayonida ham ayblanuvchi va tergovchi o'rtasida suhbat bo'ladi. Buni ham muloqot deyishimiz mumkin. Ushbu muloqotning sababi jinoyatchini aniqlash va uni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish. Yoki ish beruvchi va ish izlab kelgan xodim o'rtasidagi muloqotning sababi - ish beruvchi uchun bo'lajak xodimning bilim, ko'nikma va mehnatga layoqatliligini aniqlash, ish izlab kelgan shaxs uchun esa - o'ziga mos ish topish, bandligini ta'minlash. Shunday ekan, har bitta muloqotning o'z sabablari mavjud bo'ladi. Qisqa qilib aytganda, muloqotning asosiy sababi - biron axborot haqida ma'lumotga ega bo'lish, tavsiya yoki maslahat olish, ish yoki o'qishga kirish, shartnomalar tuzish va hokazo
Muloqotning oxirgi vositasi - bu imkoniyat. Agarda muloqot samarali tashkil etilgan, tomonlarning ilgari surgan fikrlari bir-birlariga manzur kelgan bo'lsa, muloqot natijasida ular bir qancha imkoniyatlarga ega bo'ladi. Masalan, mehnat shartnomasi tuziladi, ish yok o'qishga qabul qilinadi, muayyan masala bo'yicha kerakli ma'lumotga ega bo'lish mumkin, terovchi faoliyatida esa jinoyatchini aniqlashi va shu kabi imkoniyatlar yuzaga keladi.

  1. Huquqshunoslar faoliyatida qanday misollar orqali uchta omilni ko'rish mumkin? Uchinchi savolga yuzlansak. Ya'ni misollar orqali. Masalan,

advokat o'z mijozlari bilan ishlash jarayonida ham ular bilan muloqot qiladi. Aytaylik, qarz shartnomasi masalasida. Ularning vositasi sifatida ashyo va dalillarni keltirish mumkin. Ya'ni qarz oluvchi pulni olishdan oldin bir oy ichida qaytarishi bo'yicha tilxat yozib bergan bo'lsin. Muloqotning sababi esa qarzni undirish va ma'naviy zararning ham o'rnini qoplash. Muloqot jarayonida advokat va da'vogarning barcha masalalarga oydinlik kiritib olishi, advokatning vaziyat nima bo'lganligini batafsil tushunishi, da'vogarning esa qanday huquqlari borligini bilib olishi imkoniyat sifatida namoyon bo'ladi.
Xulosa qilib aytganda, muloqotning samarali bo'lishi uchun zarur bo'lgan omillar deb vosita, sabab va imkoniyatlarni aytishimiz mumkin. Vosita deb muloqot uchun zarur bo'lgan predmetlarni, yuqorida aytganimizdek, chiroyli nutq, hozirjavoblik, samimiylikni tushunish mumkin. Sabab deganda esa muloqotni nima uchun amalga oshirayotganligimizni, nima maqsadni oldimizga qo'yganligimizni anglaymiz. Imkoniyat deb, muloqot natijasida qanday qulayliklarga va foydaga ega bo'lishimiz mumkinligini tushunamiz. Har qanday muloqot ham ma'lum maqsadlarga xizmat qiladi. Uni mazmunli qilish insonning o'z qo'lida. Shunday ekan, har bir aytmoqchi bo'lgan gapimizni yaxshilab o'ylab, keyin aytishimiz lozim.

Download 23,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish