Muloqot ma’lumot, fikr



Download 23,58 Kb.
bet3/4
Sana12.07.2022
Hajmi23,58 Kb.
#784259
1   2   3   4
Bog'liq
Muloqot ma’lumot, fikr

Xulosa qilib aytganda, manfaatlar to'qnashishi va uning natijasida yuzaga keladigan qonunbuzarliklar jarayonida nafaqat shaxs, yoki davlatga zarar yetadi, balki odamlar ongida qonunlarga nisbatan hurmat, adolatga esa ishonch yo'qoladi. Shunday ekan, manfaatlar to’qnashuviga barham berishdan ko’ra, uni oldini olgan ma’qul. Yuqorida aytilgan misolda mansabdor shaxslarning o'zlari navbatsiz kirib, boshqalarga qonun buzilishida "namuna" bo'lib qolyabdi. Shuning uchun, eng avvalo, davlat organlari, mansabdor
shaxslar qonunlarga og'ishmay, so'zsiz rioya etishda fuqarolarga namuna bo'lishlari kerak. Kerak bo'lsa, fuqarolar ham bunday korrupsiyaviy holatlarni ko'rganida ular bilan murosasiz kurashishlari, o'z huquqlarini talab qilishlari, yoki tegishli organlarga xabar berishlari lozim.


2-nazariy savol.




Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nega ba’zan yaxshi mutaxassisning qobiliyatlarini, imkoniyatlarini uning boshlig‘i yoki kasbdoshlari sezmaydi, ko‘rmaydi. Nega ayrim bilimli va ilmi keng insonlar doim ham muvaffaqiyatga erisha olmaydi, ishida “o‘smaydi”. Bu omadsizlikmi yoki layoqatsizlikmi? Aslo unday emas. Buning bosh sabablaridan biri – kishi o‘ziga mos imij yarata olmagani! Savol: Professional imij qanday yaratiladi? Uning aniq texnologiyalari yoki qoidalari mavjudmi?


Yaxshi obro‘ orttirishning eng ma’qul usuli tasavvuringizdagi yaxshi insonga o‘xshashga intilishdir.
Suqrot


Javob:


Shunday insonlar borki, bilim va malakalari yetarli, o'z kasbining ustasi. Ammo o'z qobiliyatlarini, iqtidorlarini yuzaga chiqara olmaydi. Yoki o'z karyerasini yaratishda muvaffaqiyatsizliklarga uchraydi. Bunday holatni biz omadsizlik yoki layoqatsizlik deb baholay olmaymiz. Omad ham inson qancha ko'p o'z ustida ishlab, mehnat qilsa keladi. Yuqoridagi toifaga mansub insonlar layoqatsiz bo'lganida shuncha bilim va ko'nikmalarga ham ega bo'lolmas edi. Shunday ekan, bu yerda boshqa narsa haqida gap ketmoqda. Ya'ni imij haqida. Inson har qancha ko'p bilimli bo'lmasin, o'ziga mos imij yarata olmasa, ichki imkoniyatlarini boshqalarga namoyon qila olmaydi. Shuning uchun, avvalo, kishi o'ziga mos imij yaratib, so'ng ish faoliyatini olib borsa, albatta, muvaffaqiyatlarni qo'lga kirita oladi. Shu o'rinda bir savol tug'iladi. Imij o'zi nima? Uni qanday yaratish mumkin? Dastlab, "imij" so'zini lug'aviy ma'nosiga e'tibor bersak. “Imij” inglizcha so‘z bo‘lib, tarjimada obraz, siymo, siyrat ma’nolarini beradi. Bu uchchala so‘z ham tabiatan berilgan, o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan qiyofaga nisbatan kengroq ma’noni anglatadi. Bu ko‘pincha sun’iy ravishda tuzilgan, obyektni (xoh u inson, tashkilot yoki biror-bir mahsulot bo‘lsin) to‘g‘ri qabul qilishga yo‘naltirilgan butun bir tizimdir2.Ya'ni faqatgina tashqi ko'rinishi, kiyinish madaniyati qay darajada ekanligi emas, balki insonning xarakteri, nutq odobi, kasbiy faoliyati, muomala




2 Shaxsiy rivojlanish. Mualliflar jamoasi.Darslik. T.:2019-176-bet
madaniyati, yurish-turishi va boshqa muhim belgilari birlashib, imijni tashkil etadi. Inson karyerasini to'g'ri yo'lga qo'yishi uchun o'ziga professional imijni yaratishi kerak. Bu bo'yicha turli olimlarning turlicha fikr va qarashlari mavjud. Psixologlarning tadqiqotlariga ko‘ra, 85 foiz insonlar boshqa odamlar to‘g‘risidagi ilk fikrini tanishuvning dastlabki 10–20 soniyasida hosil qiladilar. Dastlabki taassurot uzoq vaqt turadi va uni o‘zgartirish uchun ancha harakat qilishga to‘g‘ri keladi3. Shunday ekan, inson tashqi ko'rinishiga ham ahamiyat berishi kerak. Har bir joyning o'z qonun-qoidasi bor. Ishxonada o'zining ish kiyimi, hamkorlar bilan uchrashuvda ham ust-boshiga alohida e'tibor qaratib, soch turmaklarini ham shunga yarasha moslashtirish talab etiladi. Professional imijni yaratish chog'ida har bir detalga alohida e'tibor qaratib, ijobiy tomonga o'zgartirish lozim. Frederik X.Vents o‘zining “Ajoyib ko‘nikmalarga o‘rgatish” kitobida tabassum ham inson imijiga ta’sir ko‘rsatadi, deb ta’kidlaydi. Tabassumning ham bir qancha darajalari bor. Hiringlash, jilmayish, kulish, qah-qah otish, va shu kabi. Ularni ham ijobiy va salbiy guruhlarga ajratish mumkin. Va har birining o'z o'rni bor. Masalan, hamkorlar bilan bo'lgan muloqotda nim tabassum, yoki jilmayish orqali kulguli vaziyatlardan chiqish mumkin. Agarda handon otib kuladigan bo'lsak, ularning g'ashiga tegishimiz mumkin. Bu ham professional imijni shakllantirish uchun amal qilishimiz kerak bo'lgan kichik, yozilmagan qoidalardan biri.
Yuqorida aytib o'tganimizdek, bilimli o'z kasbining ustalari hamkasb va rahbarlariga har doim ham ma'qul bo'lavermasligi mumkin. Negaki, ular etika qoidalarini yaxshi tushunmaydigan, odamlar bilan muloqotni to'g'ri yo'lga qo'yolmaydigan bo'lishlari mumkin. Inson inson sifatida dunyoga kelgan ekan, jamiyatdan ajralgan holda, alohida yashay olmaydi. Shunday yozilmagan qonunlar borki, ularni kitobdan emas, hayotdan o'rganish mumkin.


3 Shaxsiy rivojlanish. Mualliflar jamoasi. Darslik.T.:2019-178-bet.
Bevosita savolga qaytadigan bo'lsak, professional imij qanday yaratiladi? Uning aniq texnologiyalari yoki qoidalari mavjudmi? Shu haqida so'z ketadi. Professional imij har kimning kasbiy faoliyatidan, ichki imkoniyatlaridan, tashqi ta'sirlardan kelib chiqib yaratiladi. Professional imijni yaratuvchi har qanday aniq texnologiya ham barchaga birdek mos kelmasligi mumkin. Chunki hammaning yashash tarzi, muhiti turlicha. Ammo olimlarning bu boradagi olib borgan tadqiqotlarini asos qilib, shu asosida o'zimizga mos imijni yaratishimiz mumkin.
A.Maslouning ehtiyojlar piramidasida inson e’tirof va o‘zligini namoyon qilishga oliy maqsad sifatida qaraydi. Rivojlanishning ushbu bosqichida o‘z imiji ustida ishlash amalga oshiriladi. Bundan kelib chiqadiki, imijning rivojlanishi majburiy hodisa emas, balki rivojlanishning tabiiy jarayonidir. Bu borada yana turli olimlarning turlicha qarashlari bor.
Inson o'z-o'zini rivojlantirishi, boshqalarda iliq taassurot qoldirishi uchun birinchi navbatda vaqtni to'g'ri taqsimlashi lozim. Vazifalarini darajalarga ajratgan holda dastlab eng muhimlarini, so'ng ikkinchi darajali vazifalarini bajarishi kerak. Har doim ham boshqalarga yordam qo'lini cho'zaverish bu o'zining vazifalarini vaqtida bajarishiga to'sqinlik qilishi mumkin. Shuning uchun, yo'q deya olishni ham o'rganish zarur. Vaqtni to'g'ri yo'lga qo'yish boshqalarning bizga nisbatan tartibli inson sifatida qarashiga, eng asosiysi, ko'zlagan maqsadimizga vaqtida erishishimizga asos bo'ladi. Yana bir muhim omil - inson o'zini kundalik tahlil qilishi. Ya'ni bugun qanday foydali ish qildim, xarakterimdagi qaysi kamchiliklarim uchun pand yedim, qanday yomon odatimdan voz kecha oldim, kabi. O'ziga tanqidiy ruhda qarab, kamchiliklarni bartaraf etish har doim ham foydali deb aytolmaymiz. O'ta keskin tanqid orqali inson o'ziga bo'lgan ishonchini yo'qotib qo'yishi mumkin. Shunday vaziyatda erishgan yutuqlari bilan o'zini ruhlantirishi ham yana yangi marralarni zabt etish sari undaydi.
Hayotdan ta'lim olgan inson har qanday vaziyatda, har qanday sharoitda boshqalardan ustun turadi. Ular odamlarning xatti-harakatlari, erishgan natijalarini kuzatib, o'ziga eng maqbul yo'lni tanlaydi. Ularning hayotidan xulosa chiqaradi. Shuning uchun ham, inson kuzatuvchanlik qobiliyatiga ham ega bo'lishi, boshqalar yo'l qo'ygan xatolarni takrorlamaslikka harakat qilishlari lozim. Bejizga buyuk bobolarimiz:

Download 23,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish