182
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
va ijodiy variantlarni ochib beradi. Taraflar manfaatlariga javob
beradigan kelishuvga erishishlari uchun manfaatlar bo‘yicha
muloqot va muzokaralar ochiq bo‘lishi kerak.
Manfaatlarga asoslangan muzokaralar eng yaxshi natijalarga
olib kelishi mumkin bo‘lgan yo‘l hisoblansa-da, ayrim hollarda
tomonlar bu usulni qo‘llamasliklari ham mumkin. Bunday hollar
-
da muzokaralar ko‘pincha “huquqlarga asoslangan” yoki “kuch
-
ga asoslangan” muzokaraga aylanadi. Tomonlar o‘rtasidagi mu
-
zokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchraganda,
tomonlar ularning
huquqlari deb hisoblangan harakatlarni majburan bajarishga
urinadilar. Bu esa oxir-oqibat sudga shikoyat qilishni anglatadi
hamda masalani qonun ustuvor xususiyatga ega bo‘lgan qonuniy
jarayonga olib keladi. Muzokaralar, odatda, nizolarni hal qilishda
birinchi qadam sifatida qabul qilinadi. Agar ular muvaffaqiyatsiz
bo‘lsa yoki tomonlar muzokaralarga kirisha olmasalar, nizolarni
hal etishning mavjud boshqa vositalariga murojaat qilinadi.
Bunday vositalar neytral uchinchi tomon ishtirokiga asoslanadi.
Maslahatlashuv
Muzokara
turlaridan
biri
maslahatlashuvlardir.
Maslahatlashuvlar an’anaviy ravishda odatiy holga aylangan,
lekin ular shartnomada institutsional
mexanizm doirasida
yoki nizolarni hal qilish tartibida ham aks ettirilishi mumkin.
Maslahatlashuvlarni odatda turli darjadagi rejalangan, shu
-
ningdek umumiy bo‘lgan suv ob’yekti havzasida joylashgan
boshqa davlatlarning manfaatlariga ta’sir ko‘rsatishi
mumkin
bo‘lgan tadbirlar bo‘yicha o‘tkazish ko‘zda tutiladi. Tomonlar
o‘rtasida “avvalgi o‘tkazilgan maslahatlashuvlar” manfaatdor
tomonlarga taklif etilayotgan faoliyatning suvdan foydalanishga
ta’sirini birgalikda muhokama qilish va baholash imkonini bera
-
di. Nizolarning oldini olish mexanizmi sifatida maslahatlashuv,
odatda, loyihani rejalashtirishdan
avval loyihani asoslash va
183
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
amalga oshirish uchun imkoniyat yaratadi.
1997-yilgi xalqaro suv konvensiyasida maslahatlar o‘tkazish
tavsiya etiladigan o‘nlab holatlar keltirilgan. Nil daryosi havzasi
tashabbusi deb nomlanadigan ko‘p tomonlama jarayonda ham
turli yo‘nalishdagi va norasmiy xususiyatga ega bo‘lgan bir qan
-
cha maslahatlashuvlar namunalari berilgan. Jarayon Nil daryosi
havzasidagi ekspertlarni, shuningdek, xalqaro va tashqi yordam
agentliklarini (donorlarni) birlashtiradi va mintaqa mamlakat
-
lariga havzaning suv resurslariga doir rejalar haqida fikr al
-
mashish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: