Suv resurslarini havzaviy rejalashtirish va boshqarish


Yaxshi idora va vositachilik



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#780052
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   100
Bog'liq
bce1e38198591cc537490d6061333c7a

Yaxshi idora va vositachilik
 
Yaxshi idoralar
Odatda o‘zaro ziddiyatli holatda bo‘lgan davlatlarga 
maslahatlashuvlarni o‘tkazish uchun yaxshi idoralar taklif qilish, 
ularni muzokaralarga kirishga ko‘ndirish yo‘lida o‘rtada uchinchi 
tomon xizmat qiladi. Uchinchi tomon rolida neytral davlatlar, 
qo‘shma organlar va xalqaro tashkilotlar, shuningdek, jismoniy 
shaxslar faoliyat ko‘rsatishlari va tomonlarga yaxshi idoralar 
taklif qilishlari mumkin. Tomonlar odatda muzokaralar bosh
-
langanidan keyin yaxshi idoralarning vazifalari tugallanishini 
ko‘zda tutadilar. Masalan, Jahon banki Hindiston va Pokistonga 
Hind daryosi suvlaridan birgalikda foydalanish masalasidagi zid
-
diyatli masalalar bo‘yicha masalahatlashuvlarni boshlash uchun 
dastlab “yaxshi idoralar”ni taqdim qildi. Keyinchalik uning roli 
asta-sekin kengayib bordi va ko‘p jihatdan qat’iyatli bo‘lib, nizoni 
hal qilishda ishtirok etdi.
Vositachilik
Vositachilik “yaxshi idoralar”ga nisbatan muzokaralarda 
uchinchi shaxslarning faol ishtirokiga asoslangan va jarayon
-
ni ijobiy tomonga siljitishda yana bir olg‘a qo‘yilgan qadamdir. 


184
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
Vositachilik qiluvchi – tomonlarga masalhatlashuv davomida 
maqbul yechim topishda yordam beradi. Isroil-Iordaniya ikki to
-
monlama muzokaralarida Amerika va Rossiya diplomatlarining 
“homiy” va “vositachilar” sifatida faoliyat yuritgani natijasida to
-
monlar norasmiy bahslar atrofida birlashtirildi. Vositachilar o‘z 
yechimlarini majburlab tiqishtirmadilar, balki “halol vositachi
-
lar” bo‘lishga harakat qildilar, tomonlardan biri yoki har ikkala 
tomon ulardan vaqti-vaqti bilan norasmiy yordam so‘radilar. 
Vositachilik jarayonlari moslashuvchan, norasmiy bo‘ladi, maxfiy 
va majburiy bo‘lmaydi. Vositachilik jarayonlari sud jarayonlariga 
nisbatan tezroq va arzonroq bo‘lishi ehtimol tutiladi. Vositachilik 
tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashi mumkin. 
Tomonlar va/yoki vositachi bu jarayonni istalgan nuqtasidan 
tark etish erkinligiga ega.
Ushbu jarayonni boshqarishda yordam berish uchun ishga 
yollanadigan, tayinlangan yoki ko‘ngilli bo‘lib kelgan vositachilar 
nizo va uning oqibatlaridan bevosita manfaatdor va qaror qa
-
bul qilish bo‘yicha hech qanday vakolatga ega bo‘lmasligi kerak. 
Amalda vositachilar natijani emas, balki jarayonni nazorat qili
-
shadi. Vositachilarning roli katta bo‘lib, ular tomonlarga yangi va 
innovatsion yo‘llar bilan fikr yuritishga va ularning manfaatlarni 
ko‘zlab, qattiq pozitsiyalarni qabul qilish yo‘llaridan qochish
-
lariga yordam berishlari kerak. Ular munozaralarni behuda 
o‘tkazadigan tomonlar o‘rtasida dushmanlik mavjud bo‘lganda 
bahs-munozaralarni davom ettirishlari kerak va, umuman, jara
-
yonni salbiy natijalardan uzoqlashish va birgalikda erishiladigan 
yutuqlar tomon yuz burishga qarab boshqarishlari lozim.
Yevropa hamjamiyati Vengriya va Slovakiya o‘rtasida Dunay 
daryosi masalasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni ular o‘za
-
ro ikki tomonlama muzokaralar yo‘li bilan hal qila olmaganlari-
da vositachilik qilishni taklif etdi. Qarama-qarshi davlatlar bilan 
o‘rtaga vositachilarni jalb etish yuzasidan oldindan kelishuvga 


185
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
erishish shart emas, lekin ularning roziligisiz vositachilik hech 
qachon muvaffaqiyatli bo‘lmaydi. Yaxshi idoralar, vositachilik va 
yarashuv o‘rtasidagi chegaralar ba’zida aniq belgilanmaydi va 
bir jarayon odatda boshqasiga olib kelishi mumkin. 

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish