Suv resurslarini havzaviy rejalashtirish va boshqarish


Gidrografik rayonlashtirish



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#780052
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   100
Bog'liq
bce1e38198591cc537490d6061333c7a

Gidrografik rayonlashtirish
– mamlakat hududining gid
-
rografik birliklar – daryo, irrigatsiya tizimlari havzalari va sub
-
havzalarga bo‘linishi; 
Gidrografik birlik
– daryo, irrigatsiya tizimlari havzasi yoki 
daryo havzasining asosiy daryosiga qo‘shiluvchi subhavzasi;


10
Suv ob’yektlarining davlat monitoringi
– davlat, turli tash
-
kilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida bo‘lgan suv 
ob’yektlarining holati o‘zgarishini kuzatish, baholash va bashorat 
qilish tizimi; 
Davlat suv reestri 
– davlat, turli tashkilotlar, yuridik va jis
-
moniy shaxslar tasarrufida bo‘lgan suv ob’yektlari, ulardan foy
-
dalanish holati, daryo havzalari va havza tumanlari to‘g‘risidagi 
tizimlashtirilgan ma’lumotlar to‘plami;
Suvlarning barvaqt kamayib ketishi
– yer usti va yer osti 
suvlari zaxiralarining doimiy kamayib va sifatining yomonlashib 
borishi;
Suv sifati
– suvning muayyan maqsadlarga yaroqliligini 
ko‘rsatuvchi tarkibi va xossalari xarakteristikasi;
Transchegaraviy suv ob’yektlari
– ikki va undan ortiq dav
-
latlar chegaralarini kesib o‘tadigan yoki shunday chegaralarda 
joylashgan suv ob’yektlari;
Transchegaraviy suvlar
– ikki va undan ortiq davlatlar che
-
garalarini kesib o‘tadigan yoki shunday chegaralarda joylashgan 
har qanday yer usti yoki yer osti suvlari.


11
KIRISH
Nazariy jihatdan qaralganda, suv resurslari tuganmasdir, 
chunki ularning umumiy miqdori (sifatini e’tiborga olmagan
-
da) mavjud talablarga nisbatan ancha katta hamda chuchuk 
suv resurslari suvning tabiatdagi aylanma harakati jarayonida 
tiklanib, yangilanib turadi. Ammo suvni iste’mol qilish shunday 
jadal sur’atlar bilan o‘smoqdaki, insoniyat bugungi suv resurs
-
lari taqchilligi va ularning sifati yomonlashib borishi sharo
-
itida kelajakda o‘zining suvga bo‘ladigan ehtiyojlarini qanday 
ta’minlashi kerakligi haqida chuqur o‘yga tolmoqda. Bugungi 
kunga kelib suv resurslarini barqaror boshqarish va ular-
dan samarali foydalanishni ta’minlash – dunyoda butun boshli 
mintaqalar va mamlakatlarning barqaror iqtisodiy taraqqiyoti
-
da hal qiluvchi ahamiyat kasb etuvchi masalalardan biriga ay
-
landi. Mazkur masala suv resurslari cheklangan, iqtisodiyoti va 
aholisi tez o‘sib borayotgan (demak, suvga bo‘lgan talabi ortib 
borayotgan), iqlim o‘zgarishi ta’sirlari tobora ko‘proq sezila-
yotgan (ya’ni suv bilan ta’minlanish sharoiti murakkabroq 
bo‘lgan) Markaziy Osiyo mintaqasidagi yangi iqtisodiy, ijtimoiy, 
siyosiy va ekologik realliklar sharoitida o‘ta dolzarb va yanada 
muhimroq ahamiyat kasb etmoqda. Cheklangan suv resurs
-
laridan ham iqtisodiy va ham ekologik talablar barqarorligini 
ta’minlagan holda foydalanish samaradorligini oshirish zamon
-
ning dolzarb muammosidir.
Istiqboldagi rivojlanish imkoniyatlari ko‘p jihatdan mavjud 
suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish dara
-
jasiga, jamiyatning suvdan foydalanishga bo‘lgan munosabatiga 
bevosita bog‘liqdir. Yaqin kelajakda suvga o‘sib borayotgan ta
-
lablarni suv resurslari boshqaruvini takomillashtirish, ulardan 
foydalanishni oqilonalashtirish va ichki zaxiralarni topish hiso
-
biga qondirish mumkin. 


12
Ta’kidlash lozimki, suv resurslarini barqaror boshqa
-
rish va ulardan samarali foydalanish nafaqat davlat tash
-
kilotlarining, balki jamiyatning har bir a’zosi tomonidan doi-
miy e’tibor talab etadigan o‘ziga xos murakkab jarayondir. 
Bugungi kunda muqobili bo‘lmagan eng muhim hayotiy resurs 
hisoblangan suv resurslarining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana 
biri – ularning “umumfoydalanuvchi resurs” ekanligidir. Ya’ni 
suvdan foydalanish jarayonida bir vaqtning o‘zida millionlab suv 
iste’molchilari ishtirok etadilar. Suv resurslaridan foydalanish
-
ning umumiy samaradorligini ta’minlashga erishish uchun faqat 
suv xo‘jaligi yoki unga tegishli bo‘lgan tashkilotlarning samarali 
faoliyatigina emas, balki har bir sohada va har bir suvdan foyda
-
lanuvchi tomonidan suvdan yuqori samara bilan foydalanishga 
erishilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Suv xo‘jaligining asosiy vazifalari – xalq xo‘jaligi barcha tar
-
moq va sohalarining, shuningdek, atrof-muhitning talablaridan 
kelib chiqqan holda ularni zaruriy miqdordagi va sifatdagi suv 
bilan ta’minlash, suv bilan bog‘liq salbiy oqibatlarning oldini ol
-
ishni o‘z ichiga oladi. Suv resurslaridan oqilona foydalanish va 
ularni muhofaza qilishni boshqarish turli mexanizmlar, jum
-
ladan, texnik, iqtisodiy, tashkiliy va ijtimoiy mexanizmlar yor
-
damida amalga oshiriladi.
Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish
-
ning asosiy yo‘nalishi suv resurslari va suvga bo‘lgan ta-
lablarni barqaror boshqarish, suv xo‘jaligi majmuasi qa
-
tnashchilari, ya’ni xalq xo‘jaligi sohalarida samarasiz suv 
iste’moli miqdorini qisqartirishga yo‘naltirilgandir. Mazkur 
masalada ikkinchi yo‘nalish – suvdan foydalanishning bar
-
cha bosqichlarida katta miqdordagi suv yo‘qotilishla-
riga barham berishdan iboratdir. Bugungi kunda suv yo‘qoti
-
lishi holati suv xo‘jaligi majmuasining barcha qatnashchilari 
tizimlarida ham uchraydi. Suv resurslarini boshqarish zaruriyati 


13
quyidagi holatlar bilan belgilanadi:
- mavjud suv resurslarining cheklanganligi va notekis 
tarqalganligi;
- suvga bo‘lgan talabning keskin ortib borishi; 
- suv resurslari miqdorining, ularning shakllanish sharoitlari 
va manbalariga bog‘liq ravishda vaqt davomida o‘zgaruvchanligi 
va o‘zgarish amplitudasining kattaligi;
- tabiiy va antropogen omillar ta’sirida suv resurslari 
ifloslanishining kuchayib borishi;
- suv ob’yektlarining tabiatga va xalq xo‘jaligi ob’yektlariga 
salbiy ta’siri (suv toshqini, suv bosishi va b.). 
BMT tomonidan qabul qilingan va 2030-yilgacha bo‘lgan davr
-
ga mo‘ljallangan barqaror taraqqiyot sohasidagi rivojlanish kun 
tartibini amalga oshirishda suv resurslarini integral boshqarish 
(SRIB)ga erishilishi muhim ahamiyat kasb etadi. SRIBning asosiy 
maqsadi barcha mamlakatlarning barqaror rivojlanishi uchun 
chuchuk suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdan iborat. SRIB har 
bir alohida holatda o‘ziga xos xususiyatlarga ega jarayon sifatida 
ko‘riladi. SRIBning asosi suvdan foydalanishning barcha turlari 
o‘zaro bog‘liqligini tan olishdan iborat. SRIBda suv resurslari 
taqsimoti va boshqaruvi bo‘yicha qabul qilinadigan hamda bar
-
cha manfaatdor tomonlar tomonidan ma’qullanadigan qarorlar
-
da, suvdan foydalanish har bir turining boshqasiga bo‘lgan ta’siri 
hamda havzalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik rivojlanish 
maqsadlari hisobga olinadi.
Shu tariqa SRIBning asosiy maqsadi – barcha darajada suv 
resurslarini barqaror boshqarish va rivojlantirishdir. Havzaviy 
rejalashtirishni qo‘llash esa SRIBni ta’minlashning eng muhim 
shakli bo‘lib, ushbu qo‘llanmaning asosini tashkil etadi.


14
Ushbu o‘quv qo‘llanmasi Havzaviy rejalashtirish bo‘yicha 
 
qo‘llanma va Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi 
(MOMEM) tomonidan tayyorlangan Havzaviy Rejalashtirish 
 
bo‘yicha Trenerlar uchun mintaqaviy trening materiallari asosida 
ishlab chiqilgan.



Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish