Suv resurslarini havzaviy rejalashtirish va boshqarish


SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH I bob. Suv resurslarini boshqarishning turlari va



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#780052
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   100
Bog'liq
bce1e38198591cc537490d6061333c7a

15
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
I bob. Suv resurslarini boshqarishning turlari va 
darajalari
1.1 Suv resurslarini boshqarish tushunchasi
Suv resurslarini boshqarish tushunchasi ostida suv resursla
-
rini vaqt va hududlar bo‘yicha qayta tarqatish, ekologik barqa
-
rorlik talablarini hisobga olgan holda atrof-muhit barqarorligini 
ta’minlash va iqtisodiyot sohalarining suv resurslariga bo‘lgan 
(tabiatning ekologik va jamiyatning iqtisodiy) talablarini op
-
timal ravishda qondirish uchun suv resurslarini kerak bo‘lgan 
joyga, talab etilgan miqdor va sifat bilan zarur bo‘lgan vaqtida 
yetkazish tushuniladi. Yana ham qisqaroq qilib, suv resurslarini 
boshqarishni suv resurslarining vaqt va makonda tabiiy tarqali
-
shi hamda sifat ko‘rsatkichlari rejimini iste’molchilarning talab
-
lariga moslashtirish jarayoni deb talqin etilishi mumkin. 
Ko‘pincha suv resurslarini boshqarish – bu suvni imkon dara
-
jasida kerakli vaqtda va kerakli miqdorda kerakli nuqtaga yetka
-
zishdan iborat, degan sodda tushunchaga duch kelamiz. Ammo 
suv resurslari hamda ularga bo‘lgan talablarning shakllanishida 
bo‘ladigan tabiiy va antropogen, tashqi va ichki omillar ta’siri 
oqibatida dunyoda shakllanayotgan tendensiyalarni inobatga 
oladigan bo‘lsak, hozirgi davrda suv resurslarini boshqarish an
-
cha murakkab jarayondir. Shunday qilib, “Suv resurslarini bosh
-
qarish” – tabiat va jamiyatning zaruriy sifatdagi va miqdordagi 
suvga bo‘lgan ehtiyojlarini doimiy tarzda, barcha vaqt davrlari 
(operativ, yillik, ko‘p yillik va istiqbolli) bo‘yicha ta’minlashi 
lozim. Boshqacha qilib aytganda, suv resurslarini boshqarish 
suv resurslari va suvga bo‘lgan talablar o‘rtasidagi doimiy muvo
-
zanatni ta’minlashdan iboratdir.
Mazkur muvozanat yuzaki qaraganda juda sodda va chuqur
-
roq qaraganda juda murakkab bo‘lishi mumkin. Ushbu murakkab 


16
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
tizimda quyidagilarni alohida ajratib ta’kidlash mumkin: 
• 
tabiiy suv resurslari (yog‘inlar, yer usti va yer osti suv
-
lari oqimlari) hamda insoniyatning antropogen ta’sirlari ostida 
vujudga keluvchi qaytuvchi suvlar. Mazkur resurslar iqlimning 
o‘zgarishi oqibati ta’sirida o‘zgarishi mumkin; 
• 
iqtisodiyot tarmoqlarining suvga bo‘lgan (ularning 
qaytmas suv iste’molini hisobga olgan holdagi) talablari; 
ekologik sharoit va talablar
• 
ijtimoiy muhit va iqtisodiy taraqqiyot; 
• 
siyosiy muhit. 
• 
Shu bilan birga, quyidagilarni nazarda tutish lozim: 
• 
mavjud suv resurslari suvga bo‘lgan talablar bilan mos 
kelmaydi; 
• 
turli iste’molchilarning suv iste’moli muddatlari turlicha 
bo‘lib, bir-biriga mos kelmaydi (masalan, sug‘orish va energeti
-
ka; rekreatsiya va baliqchilik va h.k.); 
• 
suv sifati yomonlashuvi. Mazkur holat amalda jami
-
yat uchun mavjud toza suv resurslarining miqdorini keskin 
kamaytiradi. 
Eng muhimi shundaki, suv resurslari boshqaruvda alohida, 
o‘ziga xos resurs bo‘lib, ularning xossalari suvga bo‘ladigan har 
qanday ta’sirlar yoki undagi o‘zgarishlarni barcha o‘zaro bog‘liq 
bo‘lgan muhitlar va sohalarga vaqt va makonda tarqalishiga olib 
keladi. 
Albatta, suv resurslarini barqaror boshqarishda suvga bo‘lgan 
iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ekologik talablar, boshqaruvda av
-
valdan qo‘llanib kelingan deklaratsiyalar hamda boshqarishni 
tashkil etishning qat’iy tartibiga asosan barcha suv resurslari
-
ni jalb etish, ularning shakllanish sharoitlarini yaxshilash, bir 
vaqtning o‘zida suv resurslari bilan birga suvga bo‘lgan talablar
-
ni boshqarish imkoniyatlarini kengaytirishda katta rol o‘ynay
-
di. Suv resurslari tizimidagi murakkab o‘zaro bog‘liqliklarning 


17
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
barcha jihatlari o‘zaro uzviy birlikda ko‘rilganda muammolar 
nisbatan yengilroq hal etiladi. Shuning uchun har bir mamlakat 
doirasida suv resurslarini boshqarish bilan bog‘liq harakatlarni 
muvofiqlashtirish, birlashtirish va bog‘lash bo‘yicha zaruriyat 
tug‘iladi. Inson va tabiat o‘rtasidagi raqobatning oldini olish va 
barqaror iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash uchun quyidagi ishlar 
amalga oshirilishi zarur. Jumladan: 
− vaziyatni, trendlar va potensialni baholash uchun:

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish