Gidrografik rayonlashtirish
– mamlakat hududining gid
-
rografik birliklar – daryo, irrigatsiya tizimlari havzalari va sub
-
havzalarga bo‘linishi;
Gidrografik birlik
– daryo, irrigatsiya tizimlari havzasi yoki
daryo havzasining asosiy daryosiga qo‘shiluvchi subhavzasi;
10
Suv ob’yektlarining davlat monitoringi
– davlat, turli tash
-
kilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida bo‘lgan suv
ob’yektlarining holati o‘zgarishini kuzatish, baholash va bashorat
qilish tizimi;
Davlat suv reestri
– davlat, turli tashkilotlar, yuridik va jis
-
moniy shaxslar tasarrufida bo‘lgan suv ob’yektlari, ulardan foy
-
dalanish holati, daryo havzalari va havza tumanlari to‘g‘risidagi
tizimlashtirilgan ma’lumotlar to‘plami;
Suvlarning barvaqt kamayib ketishi
– yer usti va yer osti
suvlari zaxiralarining doimiy kamayib va sifatining yomonlashib
borishi;
Suv sifati
– suvning muayyan maqsadlarga yaroqliligini
ko‘rsatuvchi tarkibi va xossalari xarakteristikasi;
Transchegaraviy suv ob’yektlari
– ikki va undan ortiq dav
-
latlar chegaralarini kesib o‘tadigan yoki shunday chegaralarda
joylashgan suv ob’yektlari;
Transchegaraviy suvlar
– ikki va undan ortiq davlatlar che
-
garalarini kesib o‘tadigan yoki shunday chegaralarda joylashgan
har qanday yer usti yoki yer osti suvlari.
11
KIRISH
Nazariy jihatdan qaralganda, suv resurslari tuganmasdir,
chunki ularning umumiy miqdori (sifatini e’tiborga olmagan
-
da) mavjud talablarga nisbatan ancha katta hamda chuchuk
suv resurslari suvning tabiatdagi aylanma harakati jarayonida
tiklanib, yangilanib turadi. Ammo suvni iste’mol qilish shunday
jadal sur’atlar bilan o‘smoqdaki, insoniyat bugungi suv resurs
-
lari taqchilligi va ularning sifati yomonlashib borishi sharo
-
itida kelajakda o‘zining suvga bo‘ladigan ehtiyojlarini qanday
ta’minlashi kerakligi haqida chuqur o‘yga tolmoqda. Bugungi
kunga kelib suv resurslarini barqaror boshqarish va ular-
dan samarali foydalanishni ta’minlash – dunyoda butun boshli
mintaqalar va mamlakatlarning barqaror iqtisodiy taraqqiyoti
-
da hal qiluvchi ahamiyat kasb etuvchi masalalardan biriga ay
-
landi. Mazkur masala suv resurslari cheklangan, iqtisodiyoti va
aholisi tez o‘sib borayotgan (demak, suvga bo‘lgan talabi ortib
borayotgan), iqlim o‘zgarishi ta’sirlari tobora ko‘proq sezila-
yotgan (ya’ni suv bilan ta’minlanish sharoiti murakkabroq
bo‘lgan) Markaziy Osiyo mintaqasidagi yangi iqtisodiy, ijtimoiy,
siyosiy va ekologik realliklar sharoitida o‘ta dolzarb va yanada
muhimroq ahamiyat kasb etmoqda. Cheklangan suv resurs
-
laridan ham iqtisodiy va ham ekologik talablar barqarorligini
ta’minlagan holda foydalanish samaradorligini oshirish zamon
-
ning dolzarb muammosidir.
Istiqboldagi rivojlanish imkoniyatlari ko‘p jihatdan mavjud
suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish dara
-
jasiga, jamiyatning suvdan foydalanishga bo‘lgan munosabatiga
bevosita bog‘liqdir. Yaqin kelajakda suvga o‘sib borayotgan ta
-
lablarni suv resurslari boshqaruvini takomillashtirish, ulardan
foydalanishni oqilonalashtirish va ichki zaxiralarni topish hiso
-
biga qondirish mumkin.
12
Ta’kidlash lozimki, suv resurslarini barqaror boshqa
-
rish va ulardan samarali foydalanish nafaqat davlat tash
-
kilotlarining, balki jamiyatning har bir a’zosi tomonidan doi-
miy e’tibor talab etadigan o‘ziga xos murakkab jarayondir.
Bugungi kunda muqobili bo‘lmagan eng muhim hayotiy resurs
hisoblangan suv resurslarining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana
biri – ularning “umumfoydalanuvchi resurs” ekanligidir. Ya’ni
suvdan foydalanish jarayonida bir vaqtning o‘zida millionlab suv
iste’molchilari ishtirok etadilar. Suv resurslaridan foydalanish
-
ning umumiy samaradorligini ta’minlashga erishish uchun faqat
suv xo‘jaligi yoki unga tegishli bo‘lgan tashkilotlarning samarali
faoliyatigina emas, balki har bir sohada va har bir suvdan foyda
-
lanuvchi tomonidan suvdan yuqori samara bilan foydalanishga
erishilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Suv xo‘jaligining asosiy vazifalari – xalq xo‘jaligi barcha tar
-
moq va sohalarining, shuningdek, atrof-muhitning talablaridan
kelib chiqqan holda ularni zaruriy miqdordagi va sifatdagi suv
bilan ta’minlash, suv bilan bog‘liq salbiy oqibatlarning oldini ol
-
ishni o‘z ichiga oladi. Suv resurslaridan oqilona foydalanish va
ularni muhofaza qilishni boshqarish turli mexanizmlar, jum
-
ladan, texnik, iqtisodiy, tashkiliy va ijtimoiy mexanizmlar yor
-
damida amalga oshiriladi.
Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish
-
ning asosiy yo‘nalishi suv resurslari va suvga bo‘lgan ta-
lablarni barqaror boshqarish, suv xo‘jaligi majmuasi qa
-
tnashchilari, ya’ni xalq xo‘jaligi sohalarida samarasiz suv
iste’moli miqdorini qisqartirishga yo‘naltirilgandir. Mazkur
masalada ikkinchi yo‘nalish – suvdan foydalanishning bar
-
cha bosqichlarida katta miqdordagi suv yo‘qotilishla-
riga barham berishdan iboratdir. Bugungi kunda suv yo‘qoti
-
lishi holati suv xo‘jaligi majmuasining barcha qatnashchilari
tizimlarida ham uchraydi. Suv resurslarini boshqarish zaruriyati
13
quyidagi holatlar bilan belgilanadi:
- mavjud suv resurslarining cheklanganligi va notekis
tarqalganligi;
- suvga bo‘lgan talabning keskin ortib borishi;
- suv resurslari miqdorining, ularning shakllanish sharoitlari
va manbalariga bog‘liq ravishda vaqt davomida o‘zgaruvchanligi
va o‘zgarish amplitudasining kattaligi;
- tabiiy va antropogen omillar ta’sirida suv resurslari
ifloslanishining kuchayib borishi;
- suv ob’yektlarining tabiatga va xalq xo‘jaligi ob’yektlariga
salbiy ta’siri (suv toshqini, suv bosishi va b.).
BMT tomonidan qabul qilingan va 2030-yilgacha bo‘lgan davr
-
ga mo‘ljallangan barqaror taraqqiyot sohasidagi rivojlanish kun
tartibini amalga oshirishda suv resurslarini integral boshqarish
(SRIB)ga erishilishi muhim ahamiyat kasb etadi. SRIBning asosiy
maqsadi barcha mamlakatlarning barqaror rivojlanishi uchun
chuchuk suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdan iborat. SRIB har
bir alohida holatda o‘ziga xos xususiyatlarga ega jarayon sifatida
ko‘riladi. SRIBning asosi suvdan foydalanishning barcha turlari
o‘zaro bog‘liqligini tan olishdan iborat. SRIBda suv resurslari
taqsimoti va boshqaruvi bo‘yicha qabul qilinadigan hamda bar
-
cha manfaatdor tomonlar tomonidan ma’qullanadigan qarorlar
-
da, suvdan foydalanish har bir turining boshqasiga bo‘lgan ta’siri
hamda havzalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik rivojlanish
maqsadlari hisobga olinadi.
Shu tariqa SRIBning asosiy maqsadi – barcha darajada suv
resurslarini barqaror boshqarish va rivojlantirishdir. Havzaviy
rejalashtirishni qo‘llash esa SRIBni ta’minlashning eng muhim
shakli bo‘lib, ushbu qo‘llanmaning asosini tashkil etadi.
14
Ushbu o‘quv qo‘llanmasi Havzaviy rejalashtirish bo‘yicha
qo‘llanma va Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi
(MOMEM) tomonidan tayyorlangan Havzaviy Rejalashtirish
bo‘yicha Trenerlar uchun mintaqaviy trening materiallari asosida
ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |