Suv resurslarini boshqarish – jamiyat va tabiatninig
kerakli sifat va miqdordagi suvga bo‘lgan ehtiyojini bar-
cha makon va vaqt kesimlarida muntazam qondirish
(operativ, yillik, ko‘p yillik va istiqbolli miqyoslarda)dan ibo-
rat. Boshqacha aytganda, suv resurslarini boshqarish – suv
resurslari va unga bo‘lgan ehtiyojlarning muvozanatini
muntazam saqlashdir.
1.3 Suv resurslarini boshqarishning gidrologik jihatlari
Nazariy va amaliy jihatdan ma’lumki, suv xo‘jaligi sohasining
barcha mutaxassislari barcha turdagi suv resurslarini – modda
-
larning harakatlanishi va muvozanati qonuniga asosan gidrogra
-
fik havzalar doirasidagi gidrologik sikllarga bog‘liqligini yaxshi
bilishadi. Ammo ularning hammalari ham buni o‘z faoliyatlarida
inobatga olmaydilar. Suv resurslari gidrografik havzalar doirasi
-
da shakllanadi, harakat qiladi, qaytadi va qayta foydalaniladi. Bu
jarayonlarning barchasi uzviy o‘zaro bog‘liqlikda kechadi.
Har bir gidrografik havza o‘zining asosiy daryo o‘zani, uning
daryogacha yetib boruvchi va yetib bormaydigan irmoqlari,
yer osti suvlarining dinamik zaxiralari hamda shakllanadigan
qaytuvchi suv resurslariga ega. Daryoning tabiiy suvliligi uning
30
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
havzasiga yog‘uvchi yog‘ingarchilik va mazkur havzadan amal
-
ga oshadigan bug‘lanish, oqim moduli shakllanishi, muzliklar va
qor qatlamlaridan shakllanadigan oqimlar hamda yer osti suv
-
lari oqimlariga bog‘liq bo‘ladi.
Havza hududida mavjud bo‘lgan suv resurslarining umu
-
miy balansi suvning tabiiy oqib keladigan va oqib ketadigan
oqimlari hamda inson tomonidan tabiatga qaytarilayotgan
oqimning antropogen tashkil etuvchi qismlaridan iborat bo‘ladi.
Suv balansining mazkur tashkil etuvchilari shu qadar turli dara
-
jadaki, ularni sanab o‘tish mushkul, biroq ularning bari mavjud
va ular o‘zlari bilan bog‘liq muhitlarga ta’sir etadi.
Ularni tizimlashtirishga harakat qilamiz:
O‘zgarish, natija, oqibat:
− suv yig‘ilishi havzasida o‘rmonlarning ko‘payishi (yoki
kamayishi)
− grunt suvlari sathining pasayishi (ko‘tarilishi)
− suv hajmi va oqimining yil davomidagi tarqalishi o‘zgarishi;
− eroziyaning ko‘payishi (yoki kamayishi);
− suv resurslarining shakllanish zonasida dehqonchilik, shu
jumladan sug‘orma dehqonchilik miqyosining kattalashuvi;
− yerlar mahsuldorligining oshishi;
− suv loyqaligining ortishi;
− pastki gorizontlarga suv oqimining ortishi va quyida joy
-
lashgan yerlarda yer osti suvi sathining ko‘tarilishi;
− sug‘orish va boshqa maqsadlar uchun yer usti suvlarini
olishning ko‘payishi;
− suv olish nuqtalaridan pastda suv oqimining kamayishi;
− daryoda suv sifatining yomonlashishi;
− qaytuvchi suvlarning shakllanishi;
− grunt suvlari oqimining ko‘payishi va ularning sifati
o‘zgarishi;
− tuproq sifatining o‘zgarishi;
31
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
− deltaga yetib boruvchi yer usti suvlarining kamayishi;
− deltaga yetib boruvchi yer usti suvlarining kamayishi −
grunt suvlari sathining pasayishi;
− infiltratsion yog‘inlar miqdorining ortishi;
− oqim modulining o‘zgarishi;
− aeratsiya zonasi va suv iste’moli hajmining ortishi;
− ifloslangan suvlarning daryolarga tashlanishi − daryolarda
suv sifatining yomonlashuvi;
− to‘g‘onlar qurilishi − suv havzalari sathidan bug‘lanish
miqdorining ortishi;
− suv havzalarida suvning turib qolish hodisalari;
− loyqa bosishi;
− daryoda suv loyqaligining kamayishi;
− suv oqimi rejimining o‘zgarishi;
− daryolarning qishki rejimi yomonlashuvi;
− grunt suvlariga oqimning ortishi;
− suv bosgan zonalarning hosil bo‘lishi;
− kanallarda suv bilan yuvilish hodisasining ko‘payishi.
Biroq suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish
bo‘yicha qaror qabul qilishda gidroekologik barqarorlik shar
-
tidan kelib chiqib aniq mezonlar ishlab chiqilsa va unga amal qi
-
linsa, yuqorida sanab o‘tilgan o‘zgarish va ta’sirlarning barchasi
muayyan darajada tartibga solinishi mumkin. Bunda:
• daryo va uni to‘yintiruvchi suv yig‘iluvchi hudud o‘rtasida
suv va tuz almashinuvi minimumga intilishi lozim;
• aeratsiya zonasi va grunt suvlari o‘rtasida suv va tuz al
-
mashinuvi nolga intilishi lozim;
• daryodan olinadigan jami suv resurslari miqdori, ularning
tabiat talablariga (daryo deltasi, suv botqoqli hududlar va h.k.)
zarar yetkazmaydigan limitidan ortib ketmasligi lozim.
Mazkur barcha mezonlarga nafaqat o‘rtacha suv
-
li, balki kam suvli va ko‘p suvli yillarda ham amal qilinishi
32
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
ma’lumotlar, bashorat va modellarning aniqligini, shuning
-
dek havza va uning alohida qismlarida suv resurslarini bosh
-
qarish va ulardan foydalanishda qat’iy tartibni talab eta
-
di. Afsuski, amalda ko‘pincha hatto alohida mamlakatlar
miqyosida ham maqsadli ravishda disbalans va suv ta’minoti-
ning o‘zgarishi holatlari vujudga kelmoqda.
Tabiiy va antropogen noaniqliklar parametrlari havzalarni
gidrografik boshqarishda sezilarli darajadagi murakkabliklar
keltirib chiqarmoqda. Amalda gidrografik noaniqlikning uchta
turi mavjud:
• oqimning tabiiy o‘zgaruvchanligi;
• bilimlarning yetarli emasligi, ma’lumotlardagi noaniqlik
-
lar yoki ularning yetishmasligi tufayli yo‘l qo‘yilgan xatoliklar;
• modellarning yetishmasligi va ulardagi xatoliklar
miqdori;
• o‘lchov tizimining rivojlanmaganligi, ulardagi xatoliklar,
aproksimatsiyada qo‘llanilgan noto‘g‘ri shakllar va h.k.;
• daryo yoki uning havzasini boshqarish bo‘yicha qa
-
bul qilingan qarorlardagi daryo yoki havzaning boshqa
bo‘limlaridagi o‘zgarishlarga, jumladan yer usti yoki yer osti suv
-
laridagi o‘zgarishlarga olib keluvchi noaniqliklar.
So‘nggi davrda mintaqada informatsion ta’minot darajasi
hatto milliy miqyoslarda ham bir oz pasaydi. Hatto yirik daryo
-
larda ham gidrometeorologik postlar soni kamaydi. Suv sifati
to‘g‘risidagi ma’lumotlar esa juda kam. Ma’lumot almashinuvi
nafaqat mamlakatlar o‘rtasida, balki mamlakatlar ichida ham
yetarli emas. Bularning barchasi boshqaruvdagi noaniqlik
-
lar oshishiga sabab bo‘lmoqda. Natijada mintaqada 2000-yilgi
qurg‘oqchilikni (kam suvlilikni) oldindan aniqlash imkoni
bo‘lmadi hamda Sirdaryo va Amudaryo havzalarining ayrim
hududlarida katta zarar ko‘rildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |