Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

\

 

Dyurvilning halokatiga oz  qolgan «Astrolyabiya» va 



«G'ayratli»  kemalari  ochgan  yo'ldan  bormayotgan 

edi.  Suvosti  kemasi  ancha  shimolroqdan  yo‘l  tut- 

di  va  Myorrey  orolini  ortda  qoldirgandan  keyingi- 

na Kumberlendga kiradigan yo'lga  -   janubi  g'arbga 

qaytdi.  Men  endi  kapitan  Nemo  «Nautilus»ni 

yo'ldan  to'g'ri  olib  o ‘tsa  kerak,  deb  o'ylab  turga- 

nimda suvosti kemasi to'satdan shimoli g'arbga bu- 

rilib,  son-sanoqsiz  orollar va  orolchalar oralab,  Ta- 

unda oroli va Xavfli kanal tomon suzib ketdi.

Men hayratlanib  o'zimdan  o'zim,  nahotki,  kapi­

tan  Nemo  shu  qadar  ehtiyotsizlik  bilan  Dyumon- 

Dyurvilning  har  ikki  kemasi  sayozlikka  tiqilib /qol­

gan  kanalga  kirsa,  deb  so'rardim.  Ammo  shu  vaqt 

«Nautilus»  yo'nalishini  yana  o'zgartirib,  garb  to­

mon -  Gveboroar oroli tomon suza boshladi.  \

Kunduz  soat uchlarga yaqinlashgan edi.  Suv qu- 

yilish  joyiga  yetib  qolgan  edik.  To'lqinlanish  tin- 

di.  «Nautilus»  Gveboroarga  yaqinlashdi.  Biz  palma 

daraxtlari  bilan  qoplangan  sohildan  bor-yo‘g‘i  ikki 

milya masofada edik.

Birdan  qattiq  silkinish  meni  palubaga  otib  yu- 

bordi.  «Nautilus» qoyaga urilib,  o‘ng tomonga xiyol 

qiyshayib to'xtadi.

0 ‘rnimdan  tursam,  palubaga  kapitan  Nemo  bi­

lan  uning  yordamchisi  chiqishibdi.  Ular  kemani 

ko'zdan kechira turib, menga noma’lum tilda qisqa- 

qisqa jumlalarda fikr almashishar edilar.

Ahvol  mana  shunaqa  edi.  Shtirbort  ortida  ko'­

rinib  turgan  Gveboroar  oroli  shimoldan  janubga 

ulkan  qo'lday  yastanib  yotardi.  Suv  kamayganidan 

sharqda qoyalarning uchlari chiqib turar edi.

Biz  sayozlikka  yaxshigina  tiqilgan  edik.  Buning 

ustiga  suv unchalik ko'tarilmaydigan yerda.  Ammo

197



kema  korpusi  shu  qadar  mustahkam  ediki,  bu  uri- 

lishdan  zarracha  ham  shikastlanmadi.  Biroq  bordi- 

yu,  «Nautilus» bu sayozlikdan chiqolmasa, unda bir 

umr  shu  qoyaga  qadalib  qolaverish  xavfi  bor  edi. 

Bu: kapitan Nemo kemasi tamom, degan gap.

Kapitan  Nemo  o‘z  odaticha  tashvishsiz  va  oso- 

yishta  holatda  menga  yaqinlashib  kelayotganida, 

xayolimdan  shu  fikr  o'tayotgan  edi.  Uning  yuzida 

na sarosima, na hayajon bor edi.

-  Halokatmi? -  so'radim men undan.

-  Yo‘q, arzimagan ishkal,- deya javob berdi u.

-   Har holda bu voqea  sizni  hamisha qochib yur- 

gan yerda yashashga majbur qilishi mumkin.

Kapitan  Nemo  menga  g'alati  bir  qarab  qo‘yib, 

bosh  chayqab  rad  javobini  berdi.  Aftidan,  menga, 

hech  narsa,  hech  qachon  uni  yerga  qaytishga  m aj­

bur  qilolmaydi,  degan  ma’noni  uqtirmoqchi  edi 

shekilli.

Shundan so‘ng u menga bunday dedi:

-   Nima  deyapsiz,  professor!  «Nautilus»  sira 

nochor  ahvolda  qolmaydi.  U  hali  sizni  okean 

mo'jizalari bilan  tanishtirishni  davom ettiradi.  Biz- 

ning  sayohatimiz  endigina  boshlandi  va  sizning 

hamrohingiz  bo‘lish  sharafidan bu  qadar  tez  bena- 

sib qolishni istamayman!

-   Ammo,  kapitan,  -   deya  e ’tiroz  bildirdim  men 

uning  so'zlaridagi  kinoyani  tushunmaganday  b o'­

lib,  -   «Nautilus»  suv  eng  ko'tarilib  turgan  paytda 

sayozlikka tiqilib qoldi. Tinch okeanda suv ortiqcha 

ko'tarilmasligiga  e’tibor  bergandirsiz;  «Nautilus»ni 

qanday  bo'lmasin  yengillashtirish  chorasini  ko‘r- 

masangiz  uni  qaysi  yo‘l  bilan  suvga  tushirishingiz- 

ga aqlim yetmay turibdi.

-   Siz  haqsiz,  professor,  -   deb  javob  berdi 

Nemo,  -   Tinch  okeanda  suvning ko'payish  miqdori

198



juda  oz,  ammo  shunga  qaramay,  Torres  bo‘g‘ozida 

suv  bir  yarim  metrgacha  ko'tarilib  tushadi.  Bugun 

to‘rtinchi  yanvar.  Besh  kundan  keyin  oy to'lishadi. 

Yerning  sodiq yo'ldoshi  hisoblangan  oy  dengiz  su- 

vini yetarli miqdorda ko'tarib,  o'zining arzimas shu 

xizmati bilan  og'irimni yengil  qilmasa,  qoyil  emas- 

man.

Kapitan shu so'zlarni aytdi-yu, uni kuzatib chiq­



qan yordamchisi bilan «Nautilus» ichiga kirib ketdi.

Suvosti  kemasi  yer  tagidan  chiqqan  kabi,  mar- 

jonlarning  yemirib  bo'lmas  sement  singari  mod- 

dalari  bilan  qoyaga  jipslashtirib  qo'yilganday qimir 

etmay turardi.

-  Xo‘sh, bu y o g i nima bo'ldi,  janob professor? -  

so'radi  kapitan  ketishi  bilan  yonimga  kelib  turgan 

Ned Lend.

-  Gap bunday, do'stim Ned: biz tinchgina o'tirib, 

to'qqizinchi  yanvarda  suvning  ко' 

miz.  Aftidan,  oy  bizni  sayozlikdan 

o'xshaydi.

-  Faqat shuning o'zimi?

-  Shuning o‘zi!

-   Kapitan  ham  sayozlikdan  chiqish  uchun  lan- 

garlarni  ko'tarib,  mashinani  jadallab  ishga  solishni 

o'ylamayotgan ekan-da?

-   Bizni  sayozlikdan  suvning  o‘zi  olib  chiqadi- 

gan bo'lgach, bu tashvishlarning nima hojati bor? -  

deya loqaydlik bilan javob berdi Konsel.

Kanadalik  norozi  qiyofada  Konselga  qarab  oldi- 

da,  yelkasini  qisdi.  Unda  tahqirlangan  dengizchi- 

ning holati namoyon bo'lib turar edi.

-   Meni  bir  aytdi  deysizlar,  janob  professor,  -  

deya  menga  murojaat  qildi  u,  -   mana  shu  temir 

tog'ora  endilikda  hech  qachon  suvda  ham,  suv  os­

tida  ham  suzmaydi!  Endi  u  temir-tersak  qilib  so-

payi>hini  kuta- 

ch^qaradiganga

199



tishgagina  yaraydi,  xolos.  Shuning  uchun  kapitan 

Nemoni davramizdan mahrum etish vaqti yetdi deb 

o'ylayman!

-   Bilasizmi,  do'stim  Ned,  -   deb  javob  berdim 

men,  -   hamma ham siz  singari bu ajoyib kemaning 

istiqboliga  bu  qadar  umidsizlik  bilan  boqmaydi. 

To‘rt  kun  sabr  qiling  -   biz  Tinch  okeanda  suvning 

ko'tarilish kuchining qay darajada ekanini bilib ola- 

miz.  Kezi  kelganda  shuni  ham  aytib  qo'yayki,  qo- 

chish  Angliya  yoki  Provans  sohillari  ko'ringanda 

o'rinli edi. Ammo Yangi Gvineya sohillari yonida bu 

masalada shoshilish yaramaydi. Axir «Nautilus» sa- 

yozlikdan  chiqolmay  qolgan  taqdirda  ham  bu  ishni 

amalga oshirish uchun kech bo‘lmaydi-ku.

-   X o‘p,  loaqal yerga ham tushib bo'lmaydimi? -  

xafa  bo'lib  so'radi  Ned  Lend.  -   Mana,  orol.  Orolda 

daraxtlar  o'sadi.  Ularning  ostida  quruqlik  jonivor- 

lari  kezib yuribdi  -   tirik kotletlar,  rostbiflar va bif- 

shtekslar...  Bir burdagina go'shtni  qanchalik rohat- 

lanib yerdim!

-   Mana  bu  masalada  Ned  h aq ,-  dedi  Konsel.- 

Men  uning  bu  fikriga  to‘la  qo'shilaman.  Xo'jam 

do‘stlari  kapitan  Nemodan,  loaqal  qattiq yerda yu- 

rishni  unutmaslik  uchun  bo'lsa-da,  sohilga  borib 

kelishimizga ruxsat ololmaydilarmi?

-   Men  undan  ruxsat  so'rashim  mumkin,  ammo 

ruxsat bermasligiga imonim komil. Shunga qaramay 

xo'jam  bir  urinib  ko'rsinlar,  -   dedi  Konsel,  -   juda 

bo'lmaganda biz kapitan Nemoning iltifoti qancha­

lik ekanligini bilib olamiz-ku.

Hayratlanganimni  yashirib  o'tirmayman,  kapi­

tan  Nemo  iltimosimni  o'sha  zahoti  astoydil  qabul 

etdi.  U  hatto  kemaga  qaytishga  va’da  berishimni 

ham  talab  etmadi.  Sirasini  aytganda,  Yangi  Gvi­

neya  oroli  bo'ylab  sayohat  qilish  shu  qadar  xavf-

200



li  ishki,  men  Ned  Lendga  u  yoqqa  borishga  masla- 

hat  ham  bermas  edim.  Mahalliy  aholi  -   papuaslar 

qo'liga  tushgandan ko'ra  «Nautilus»da bandi bo'lib 

qolish ming marta afzal edi.

Men  kapitan  Nemoning  biz  bilan  borish-bor- 

inasligini  so‘rashga  jur’at  etolmadim.  Ochig'i,  biz 

bilan  borishga  matroslardan  hech  biriga  javob  be- 

rilmasligiga  imonim  komil  edi,  binobarin,  qayiqni 

Ned Lendning o‘zi boshqarishi kerak bo'ladi. Ammo 

yer  bizdan  nari  borsa  ikki  milya  masofada  va  yax­

shi dengizchi hisoblangan kanadalikning yengilgina 

qayiqni  katta  kemalar  uchungina  halokatli  qoyalar 

orasidan osongina olib borishi hech gap emas edi.

Ertasi  kuni,  5-yanvarda,  qayiqni  uyasidan  ajra- 

tib, suvga tushirishdi.

Bu  ishni  ikki  matros  osonlik  bilan  bajardi. 

Eshkaklar  qayiqning  ichida  edi.  Bizning  o'tir- 

g'ichlardan joy olishimizgina qolgan edi, xolos.

Ertalab soat sakkizda biz miltiq va boltalar bilan 

qurollanib, «Nautilus» bortidan suzib ketdik.

Dengiz  ancha  sokin  edi.  Sohildan yengil  shaba- 

da  esib  turardi.  Konsel  bilan  men  eshkakda  edik. 

Biz  jon-jahdimiz  bilan  qayiqni  haydardik,  Ned  esa 

uni qoyalar orasidagi tor yo'llardan olib о ‘tar edi.

Qayiq  rulga  to'la  bo'ysunib,  o'qday  uchib  borar 

edi.


Ned  Lend  hayajonini  yashirmayotgan  edi.  U 

o'zini erkinlikka chiqqan bandiday his etar, tez ora- 

da yana qamoqxonaga qaytishini oylam as edi.

-  


Biz  hozir  go'sht  yeymiz!  -   bu  so'zlarni  u  de- 

yarli  ashula qilib aytdi.  -  Yana qanaqa go'sht deng! 

Haqiqiy,  chinakam  yowoyi  qush  go'shti!  Faqat 

nonsiz...  Men  baliq  bemaza  taom  deyolmayman, 

ammo  o'zlaring  o'ylanglar,  doim  faqat  baliq,  yana 

baliq yeyaverish  ham  bo‘lmaydi-da!  Qovurilgan bir



201


burdagina  toza  go'sht  me’daga  tekkan  bir  xildagi 

dasturxonni ko'rkam bezaydi!

-   Yuxo!  -   dedi  Konsel.  -   Shu  gaplarning  o ‘zi- 

danoq so'laklarim oqib ketdi...

-   Faqat  bu  o'rmonlarda  qush  bor-yo‘qligini 

bilish-u,  basharti,  bo'lganda  ham  ovchining  o‘zi 

uni  ko'rganida  qushga  aylanadigan  darajada  katta 

emasligini  aniqlash qoldi,  xolos,  -   deb luqma tash- 

ladim men.

-   Bo'lmagan gap,  janob professor,  -   deya e’tiroz 

bildirdi  Ned  Lend  bolta  tig'iday  o'tkir  tishlarini 

ko'rsatib.  -   Men  hatto  sherni  ham  yeyishga  tay- 

yorman,  ha,  bu orolda boshqa  jonivor bo'lmasa,  bir 

burda yaxshi qovurilgan sher go'shtini!

-   Ned  shunchaki  meni  qo'rqitmoqchi,  -   dedi 

Konsel.


-   Birinchi ko'ringan jonivor qaysi  naslga taalluqli 

bo'lmasin,  u  xoh  tetapoya  bo'lgan  to'rt  oyoqli,  xoh  - 

ikki  oyoqli  parranda  -   uni  miltigimdan  mo'ljallab 

otilgan o‘q bilan kutib olishga tayyorman!

-   0 ‘h-ho‘!  -   xitob  qildim men.  -   Lend yana tel- 

balikni boshlayapti!

-   Tashvishlanmang,  professor,  -   e ’tiroz  bildirdi 

kanadalik,  -  eshkakni dadilroq haydang! Yarim soat 

ham o'tmay oldingizga did bilan tayyorlangan taom 

qoyaman.


Soat sakkiz yarimda «Nautilus»ning qayig'i  Gve­

boroar  orolini  o‘rab  olgan  marjon  halqadan  o'tib, 

qumloq sohilga kelib to'xtadi.


Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish