TORRES BO'G'OZI
27-dan 28-dekabrga o‘tar kechasi «Nautilus»
Vanikorodan chiqib, juda katta tezlik bilan janubi
g'arb tomon yo'l oldi. U uch kunda Vanikoro bilan
Yangi Gvineyaning janubi sharqiy qismi oralig'idagi
masofani, ya’ni uch ming kilometrdan ortiq yo'lni
bosib o'tdi.
1863-yilning birinchi yanvarida erta tongda,
Konsel men bilan «Nautilus» palubasida uchrashdi.
- Xo'jam yangi yilda baxt-saodat tilasam ruxsat
beradilarmi? - deb so'radi.
- Bo'lmasam-chi, Konsel, albatta, sening bu ti-
laklaringni Parijda Botanika bog'idagi kabinetimda
o'tirgan paytlarimdagiday qabul qilaman. Tabrikla-
ganing uchun rahmat, o'zingni ham tabriklayman.
Faqat bir narsani so'rab olishimga ruxsat bersarig:
yangi yilda baxt-saodat tilashingni qaysi ma’noda
tushunish kerak? Sen bu baxtni asirlikning tuga-
shida debmi yoki shu ajoyib sayohatning davom eti-
shida deb tushunasanmi?
- Ochig'ini aytsam, xo'jamga nima deb javob
berishimni ham bilmayman. Biz juda ajoyib nar-
salarni ko'rayotganimiz va bu yerda o'tkazilgan
ikki oy davomida zerikishga qo'l tegmaganiga
shubhalanmasa ham bo'ladi. Keyingi paytlarda
ko'rinayotgan har bir manzara g'oyat hayratlanarli.
Agar shu zaylda davom etsa, oxiri nima bo'lishini
tasaw ur qilish juda qiyin! Menimcha, hech qachon
bunday imkoniyatga boshqa ega bo'lolmasak ke
rak...
- Hech qachon!.. Haq gapni aytding, Konsel.
- Bundan tashqari, kapitan Nemo o'zining lo-
tincha Hech kim degan ismiga juda monand odam
192
ekan: uning bu dunyoda bori-yo‘g‘i bizga sira bi-
linmaydi!
- To'g'ri aytasan, Konsel.
- Shuning uchun xo'jamga biz uchun hamma
narsani ko'rib olishga imkoniyat beradigan yilni
baxtli deb aytishga jur’at etar edim!
- Hamma narsani ко‘rib olishga deysanmi, Kon
sel? Bunisini oshirib yubordingmi, deyman. Ayt-
ganday, bu borada Nedning fikri qanday ekan?
- Ned Lend, albatta, buning aksini oylaydi, -
deb javob berdi Konsel. - U juda yuzaki o'ylaydi-
gan odam, qorin bandasi. Hamisha baliqlarga qa-
rayverish va baliqdan tayyorlangan taom yeyish j'o-
niga tegdi. Seli oqib turgan qovurilgan go‘shtlar-u,
kunda ma’lum miqdorda viski, jin yoki brendilarga1 ’
o'rganib qolgan bu anglo-saksga non, go‘sht, vino-
ning yo‘qligi juda og‘ir kechyapti.
- Men esa bundan sira xafa emasman, - de
dim men. - Men «Nautilus» qoidalaijga yaxshigina
ko'nikib oldim.
/
- Men ham xuddi shunday, -Id eb javob berdi
Konsel. - Shuning uchun Ned Lend bu yerdap^q6-
chib ketishni jon-dilidan qanchalik'TStayotgan
bo'lsa, men shunchalik jon-dilimdan qolishga tay-
yorman. Shunday qilib, boshlanayotgan yil men
uchun baxtsizlik keltirsa, unga baxt keltiradi yoki bu
ning aksi. Xullas, bizdan birontamiz, albatta, mam-
nun bo'lamiz. Xo'jamga esa men uning ko'ngliga ni-
maiki xush kelsa, shuni istashga xayrixohman.
- Rahmat, Konsel. Faqat yangi yil sovgalari
masalasini hal etishni hozircha unutib, qattiq
qo‘l qisishish bilangina chegaralanib qolishimizni
so‘rayman. Men bundan bo'lak taklif kiritishga qo-
dir emasman.
Do'stlaringiz bilan baham: |